Konstitutsiya nazariyasi

Konstitutsiya nazariyasi

O'quvchilarga / Huquq
Konstitutsiya nazariyasi - rasmi

Material tavsifi

Konstitutsiya nazariyasi Reja: 1. Konstitutsiya tushunchasi 2. Konstitutsiyaning mohiyati 3. Konstitutsiyalarni turkumlarga (turlarga) bo'lish (klassifikatsiyalash) 4. Formal va moddiy Konstitutsiya. Yuridik va amaliy Konstitutsiya 5. Konstitutsiyaning yuridik xususiyatlari 6. Konstitutsiyaning yuridik mazmuni 7. Konstitutsiyaning funksiyalari 8. Konstitutsiyaning tuzilishi 9. Konstitutsiya loyihalarini tayyorlash 10. Konstitutsiyani qabul qilish usullari 11. Konstitutsiyani o'zgartirish tartibi 12. Konstitutsiyani himoya qilish. Konstitutsiyaviy nazorat 1. Konstitutsiya tushunchasi Konstitutsiya tushunchasi XVII asr oxirida paydo bo'lib, Konstitutsiyaga juda ko'p ta'riflar berilgan. Konstitutsiyaga turli xil ta'riflar berilgan bo'lib, ulardan bir necha misollar keltiramiz. Birinchi ta'rif: fransuz davlatshunos olimi J.Byurdoning Konstitutsiyaga bergan ta'rifi: Konstitutsiya - siyosiy hokimiyatlarni tayinlash, tashkil etish va faoliyat ko'rsatishga oid qoidalar yig'indisidir. Ikkinchi ta'rifda esa ushbu (yuqoridagi) ta'rifga amerikalik olim K.Berd Fuqarolar erkinliklari tushunchasini qo'shadi. Uchinchi ta'rif sifatida Nigeriyalik konstitutsiyashunos B.Nvabuyezening ta'rifini berashimiz mumkin: Konstitutsiya - bu qonun kuchiga ega bo'lgan formal hujjat bo'lib, uning yordamida jamiyat o'z-o'zini boshqaradi hamda o'zining turli idoralari bilan shuningdek, bu idoralarning fuqarolar bilan munosabatlarini o'rnatadi. Ko'pchilik hollarda konstitutsiyaga u tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlar predmetiga qarab tushuncha beriladi. Shu ma'noda, Konstitutsiya - davlatning Asosiy Qonuni bo'lib, davlat hokimiyatini tashkil etishni va hokimiyat, jamiyat va shaxsning o'zaro munosabatlarini tartibga soladi. 2. Konstitutsiyaning mohiyati Konstitutsiya tushunchasini ochib berishda uning mohiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Turli mamlakatlardan turli huquqiy oqimlar vakillari Konstitutsiya mohiyatini turlicha ta'riflaydilar. Masalan, tabiiy huquq maktabi vakillari Konstitutsiya -xalq (millat) ning umumiy irodasini ifodalovchi o'ziga xos ijtimoiy shartnomadir deydilar. Normativ huquq nazariyasi vakillari esa Konstitutsiya bu oliy huquqiy normaning ifoda bo'lishidir deb tushunadilar. Marksizm-leninizm Konstitutsiyani sinfiy kurashning mahsuli sifatida baholaydi. Bizning fikrimizcha, Konstitutsiya - umuminsoniy huquqiy qadriyatlarni eng umulashgan in'ikosidir. 3. Konstitutsiyalarni turkumlarga (turlarga) bo'lish (klassifikatsiyalash) Turli mamlakatlardagi konstitutsiyalarni turli mezonlarga (kriteriyalarga) asoslanib, har xil guruhlarga (turlarga) bo'lish mumkin. Birinchidan, konstitutsiyalarni ularning mohiyatiga ko'ra quyidagi turlarga bo'lish mumkin: Yuridik Konstitutsiya (formal) - davlatning Asosiy Qonuni. Ijtimoiy (sotsial) Konstitutsiya (amaliy) - amaldagi real ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi. Tirik Konstitutsiya - AQSH Oliy Sudi bu Konstitutsiyani o'zgarayotgan ijtimoiy mezonlariga moslab kelmoqda. Fiktiv (soxta) Konstitutsiya - SSRning 1936 yil Konstitutsiyasi. Moddiy Konstitutsiya - konstitutsiyaviy tuzum va inson huquqlarini tartibga soluvchi qonundir. Formal Konstitutsiya - Asosiy Qonun bo'lib, alohida tartibda qabul qilinadi va oliy yuridik kuchga ega. Ikkinchidan, konstitutsiyalarni shakliga ko'ra quyidagi turlarga bo'lish mumkin: Yozma konstitutsiyalar. Og'zaki (yozilmagan) konstitutsiyalar - Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Butan kabi davlatlar Konstitutsiyalari. Yaxlit konstitutsiyalar - Konstitutsiya matni yaxlit bo'lib, bir vaqtda qabul qilinadi. Masalan, O'zbekiston, Rossiya, Braziliya Konstitutsiyalari yaxlit Konstitutsiyalarga misol bo'la oladi. Yaxlit bo'lmagan (noyaxlit) konstitutsiyalar - bunday ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.28 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.28 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga