Konstitutsiya tushunchasi va mohiyati

Konstitutsiya tushunchasi va mohiyati

O'quvchilarga / Huquq
Konstitutsiya tushunchasi va mohiyati - rasmi

Material tavsifi

Konstitutsiya tushunchasi va mohiyati RYeJA: Konstitutsiya to'g'risidagi ta'limotlar 2. Konstitutsiya - davlatnining asosiy qonuni 3. Konstitutsiya shakllari 4. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartirish kiritish tartibi. Konstitutsiya to'g'risidagi ta'limotlar «Konstitutsiya» tushunchasi lotincha «Constitytio» so'zidan kelib chiqqan bo'lib, o'rnatish joriy etish manosini bildiradi. Qadimgi vaqtlarda «konstitutsiya» atamasi bilan huquqiy tomondan belgilab qo'yilgan davlat tuzumini atay boshlaganlar. Shu manoda XII-XIX asrlarda Movarounnahrda malum darajada ta'sir ko'rsatib kelgan Chingizxon yusunlari va Amir Temur tuzuklari sharqona madaniyatga monand konstitutsiyaviy hujjatlar edi. Konstitutsiyalarning kelib chiqishi burjuaziya sinfining tarixan shakllanishi va kuchayib borishi bilan chambarchas bog'liqdir. Feodal iqtisodiy sharoit zamirida paydo bo'lib, rivoj topgan burjuaziya sinfi Qirolning davlat va jamiyatni o'zboshimchalik bilan boshqarishiga qarshi chiqib, uning hokimiyatini konstitutsiyaviy aktlar bilan, parlament faoliyati bilan cheklashga muvaffaq bo'ldi. Natijada davlatning Respublika shakli elon qilindi, mulkdorlar alohida tabaqalarining huquqiy holati konstitutsiyaviy aktlarda mustahkamlab qo'yildi. 1781 yilda AQSH davlati tashkil topganidan keyin, «Konfederatsiya moddalari» kuchga kirdi. 1787 yilda AQSHning Konstitutsiyasi qabul qilindi va u shu kungacha amal qilib kelmoqda. Burjua davlatlari o'zlarining siyosiy maydonga chiqqanligini fuqarolari va butun dunyoga deklaratsiya orqali malum qilganlar. Jumladan AQSHning 1776 yilgi Mustaqillik deklaratsiyasi; Fransiya burjua revolyutsiyasini 1793 yilgi Fuqaro va insonlarning huquqlari deklaratsiyasi shunday deklaratsiyalardan bo'lib hisoblanadi. Bu deklaratsiyalar aslida konstitutsiyalar tuzilishining dastlabki ko'rinishi bo'lib keyinchalik konstitutsiyalar qabul qilinganida ular konstitutsiyalarning tarkibiga kiritilgan. Konstitutsiya - bu nafaqat asosiy qonun, shu bilan birga u muhim va alohida olingan huquqiy akt hamdir. Konstitutsiyaning ushbu xususiyati uni boshqa qonunlardan yaqqol ajratib turadi. 2. Konstitutsiya - davlatnining asosiy qonuni. Davlat va huquqning paydo bo'lganiga 300 yilga yaqin vaqt o'tdi. Davlatlarning konstitutsiyalari esa 200 yillik tarixga ega. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining huquqiy ramzi, xalq xohish irodasining oliy ifodasi bo'lmish Konstitutsiya qabul qilinganiga 19 yil to'ldi. Konstitutsiya davlatning mustaqilligini qonuniy tarzda ifodalovchi muhim tarixiy hujjatdir. U fuqarolarimiz siyosiy va huquqiy erkinligining buyuk madhiyasi sifatida yangramoqda, yashamoqda va amal qilmoqda. Konstitutsiya deganda davlat va jamiyat rivojining asosiy yo'nalishlarini va ularning tuzilishini belgilab beruvchi asosiy qonun tushuniladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov Konstitutsiyaga qisqa, lekin sermazmun va ifodali ta'rif bergan: «Bu Konstitutsiya o'zining tub mohiyati, falsafasi, g'oyasiga ko'ra yangi hujjatdir» - deb takidlaydi u. - «Unda kommunistik mafkura, sinfiylik, partiyaviylikdan asar ham yo'q, jamiki dunyoviy nematlar orasida eng ulug'i - inson degan fikrni ilgari surdik va shu asosda fuqaro - jamiyat - davlat o'rtasidagi o'zaro munosabatning oqilona huquqiy yechimini topishga intildik»». Konstitutsiya to'g'risida olimlarimiz turli xil fikr bildirganlar. Akademik Sh.O'razaev adolatli ravishda takidlaganidek, Konstitutsiya Asosiy Qonun va malum manoda jamiyat hayotining ko'zgusi hisoblanadi. U ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.34 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.34 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga