Konstitutsiyalarning shakllari, turlari va tuzilishi Reja: Konstitutsiyalarning shakllari: yozma, yozilmagan va aralash. Konstitutsiya tuzilishi: muqaddima, asosiy qism, xulosa, qo'shimcha va ilovalar. Konstitutsiyalarning ishlab chiqilishi, qabul qilinishi, o'zgarishlar, qo'shimchalar kiritish va bekor qilish tartiblari. Konstitutsiyalarning turlari. Xorijiy mamlakatlarda konstitutsiyalarni qabul qilish, o'zgartirish va bekor qilish tartibi. Konstitutsiya turlari. Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyalari turli mezonlarga ko'ra tasniflanadi. «Ijtimoiy xususiyatiga ko'ra konstitutsiyalar quyidagi turlarga bo'linadi: yarimfeodal - teokratik konstitutsiyalar (masalan, Bruney, Qatar, Saudiya Arabistoni konstitutsiyalari), rivojlangan kapitalistik jamiyatlar konstitutsiyalari (AQSH, Fransiya, Yaponiya), totalitar sotsializm konstitutsiyalari (XXR, Kuba) va postsotsialistik konstitutsiyalar ( Ruminiya, Ukraina )». Yuridik xususiyatiga ko'ra konstitutsiyalar tasnifining bir ko'rinishi haqida yuqorida to'xtalib o'tildi. Bu ularning strukturasi nuqtai - nazaridan bo'linishi bo'lib, unga ko'ra konstitutsiyalar konsolidatsiyalangan, konsolidatsiyalanmagan va kombinatsiyalashgan konstitutsiyalarga bo'linadi. Yuridik tuzilishiga ko'ra konstitutsiyalar instrumental va sotsial konstitutsiyalarga ajratiladi. Instrumental konstitutsiyalar faqat davlat qurilishi, uning organlari, davlat hokimiyatini amalga oshirish tartibi, inson huquqlarini tartibga soladi va ijtimoiy vaziyatni deyarli yoki umuman nazarda tutmaydi. Hozirgi vaqtda bu turdagi konstitutsiyalarga yuz yillar ilgari qabul qilingan eski konstitutsiyalar yoki ayrim rivojlanayotgan davlatlarning konstitutsiyalari kiradi. Sotsial konstitutsiyalar esa zamonaviy konstitutsiyalardir. Shakliga ko'ra konstitutsiyalar ikki turga bo'linadi: yozilgan va yozilmagan. Yozilgan konstitutsiya bu asosiy qonun hujjati yoki turli vaqtlarda qabul qilingan bir qancha aktlar (masalan, Isroil, Shvetsiya)dir. Yozilmagan konstitutsiya bu turli qonunlar to'plami, sud pretsedentlari va odatlar. Bunday aktlar va normalar o'z majmuasida qaysidir darajada amaldagi tuzum asoslarini mustahkamlaydi, lekin rasmiy ravishda asosiy qonun sifatida qabul qilinmaydi (B.Britaniya, Yangi Zellandiya). Qabul qilish tartibiga ko'ra xorijiy mamlakatlar konstitutsiyalari quyidagi turlarga bo'linadi: oktroirlangan (hadya qilingan), vakillik organlari (ta'sis yig'ilishi, parlament) tomonidan qabul qilinadigan, referendum yo'li bilan qabul qilinadigan konstitutsiyalar. «O'zgartirish va qo'shimcha kiritish tartibiga ko'ra «yumshoq» va «qattiq» konstitutsiyalar ajratiladi. Yumshoq konstitutsiyalar deb boshqa oddiy qonunlar kabi o'zgartirish kiritiladigan konstitutsiyalarga aytiladi (B.Britaniya konstitutsiyasi). Qattiq konstitutsiyalarga o'zgartirish kiritish uchun esa bir qancha shartlar talab qilinadi ya'ni, alohida tartib. Masalan, belgilangan ko'pchilik ovoz, ikki marta ovozga qo'yish, referendumda tasdiqlash va boshqalar». Amal qilish muddatiga ko'ra konstitutsiyalar doimiy va vaqtinchalik bo'ladi. Doimiy konstitutsiya bu shunday konstitutsiyadirki, unda ushbu konstitutsiyaning amal qilish muddati ko'rsatilmaydi yoki belgilanmaydi. Vaqtinchalik konstitutsiyada esa uning amal qilish muddati chegaralanadi va doimiy konstitutsiya qabul qilingandan keyin bekor qilinadi. Masalan, Yaman Arab Respublikasining 1974 yilgi konstitutsiyaviy deklaratsiyasi. Shuningdek, konstitutsiyalar original va o'zlashtirilgan konstitutsiyalarga bo'linadi. Konstitutsion an'analarga ega bo'lgan va bundan konstitutsiyani yaratishda foydalangan mamlakatlar original konstitutsiyalarga ega bo'lishadi. Bular Angliya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, AQSH, Shveytsariya, Skandinaviya mamlakatlari. Boshqa mamlakatlar o'z davlatchiligini alternativ yo'l bilan rivojlantirganlar va o'zlarining konstitutsion nazariya va ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
87.88 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
87.88 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:29 ]
Arxiv ichida: doc