Konstitutsiyaning paydo bo'lish tarixi va jahon konstitutsiyalari

Konstitutsiyaning paydo bo'lish tarixi va jahon konstitutsiyalari

O'quvchilarga / Huquq
Konstitutsiyaning paydo bo'lish tarixi va jahon konstitutsiyalari - rasmi

Material tavsifi

Konstitutsiyaning paydo bo'lish tarixi va jahon konstitutsiyalari «Konstitutsiya» atamasi uzining uzoq tarixiga ega. Masalan, qadimgi davrlarda konstitutsiya so'zi siyosiy tuzumni bildirgan. Yunoncha manosiga ko'ra esa, huquq bilan belgilanadigan davlat tuzilishini ifodalagan. XIV- XV asrlarda esa markaziy xalqlarida davlatning holatiga xal qiluvchi ta'sir o'tkazgan Amir Temurning tuzuklari Shariat bilan bir katorda amal kilgan sharq madaniyatiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat bo'lgan. huquqshunos olimlar A.Saidov va U.Tojixonovlar konstitutsiyalarni 2 guruhga bo'ladi: bugungi kundagi konstitutsiyalardan keskin farq kiladigan sharoitlarda kabul qilingan konstitutsiyalar. Bularga 1787 yilgi AQSH. 1831 yilgi Belgiya, 1874 yilgi Shveytsariya konstitutsiyalari misol bula oladi; XX asrning ikkinchi yarmida kabul qilingan Yangi avlod konstitutsiyalari. 20- yillar boshida sharq mamlakatlari (Turkiya, Eron, Misr, Afg'oniston) davlat mustaqilligining shakllanish jarayoni Yevropaning konstitutsiyaviy shakllari, barcha etirof etgan huquqiy qadriyatlar hamda fuqarolik huquqiy me'yorlari rivojlangan majmuaga an'anaviy musulmon huquqini uyg'unlashtirishga harakat kilgan konstitutsiyaviy qurilish tipini vudujga keltirdi. Undan keyin konstitutsiyaviy qurilishda aralash yani Britaniya-fransuz yondashuvi vujudga keldi. Shuningdek, Afrikaning Saxroyi Kabirdagi davlatlar, hamda Markaziy va sharqiy Yevropamamlakatlarida konstitutsiyaviy islohotlar davrini vujudga keltirdilar. Bugungi kunda juda ko'p davlatlarda xar tomonlama rivojlangan konstitutsiyalar vudujga keldi va kelmokda. jahon davlatlarining konstitutsiyalarini IIV Akademiyasi tomonidan tuzilgan va chop etilayotgan «Konstitutsii Mira» nomli to'plamidan foydalanib o'rganish mumkin. 1-6-tomlarida 45 ta davlatning konstitutsiyalari berilgan. Bu davlatlarning konstitutsiyalari urganib chikilsa, u davlatlar haqida tulik ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin. Masalan, Avstriya Konstitutsiyasi - Federal Konstitutsiyaviy qonun deb ataladi. (1920y, 10 noyabrda kabul qilingan). Davlat boshlig'i - federal Prezident. Davlat boshqaruvi - Respublika. Davlat tuzilishi - federativ. Siyosiy tartibi - demokratik. Qonun chikaruvchi hokimiyati - Parlament (milliy palata 183 ta deputat va federal palata 63 ta deputatdan iborat). Ijro etuvchi hokimiyati - federal Prezident va federal hukumat. Siyosiy partiyalari: «Avstraliya xalq partiyasi»; «Avstraliya Ozodlik partiyasi»; «Avstraliya sotsial-demokratik partiyasi»; «Mukobil yashil». Ozarbayjon Kostitutsiyasi (1995y, 12 noyabrda kabul qilingan, 1995y 27 noyabrda kuchga kirgan). Davlat boshlig'i - Prezident. Davlat boshqaruvi - Respublika. Davlat tuzilishi - unitar. Siyosiy tartibi - demokratik. Qonun chikaruvchi hokimiyati - Milliy Majlis. Ijro etuvchi hokimiyati - Ministrlar Kabineti. Siyosiy partiyalari: «Ozarbayjon xalq fronti»; «Milliy mustaqil partiyasi»; «Ozarbayjon sotsial demokratik partiyasi»; «Musavat»; «Ishonch yo'li partiyasi»; «Ozarbayjon xalq partiyasi»; «Ozarbayjon dehqon partiyasi». Konstitutsiya - oliy yuridik kuchga ega bo'lgan, vakolat berilgan, organlar tomonidan berilgan tartibda, yoxud xalq referendumi orqali kabul qilingan, eng barqaror va muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi davlatning asosiy qonuni. Konstitutsiya quyidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi: Inson huquqlari va erkinliklari; Davlat tuzilishi; Davlat hokimiyatining tashkil topishi (strukturasi, davlat organlarining shakllanish tartibi va ular ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.61 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.61 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga