Konstitutsiyaning yuridik funksiyalari, konstitutsiyaning klassifikatsiyasi va turlari

Konstitutsiyaning yuridik funksiyalari, konstitutsiyaning klassifikatsiyasi va turlari

O'quvchilarga / Huquq
Konstitutsiyaning yuridik funksiyalari, konstitutsiyaning klassifikatsiyasi va turlari - rasmi

Material tavsifi

Konstitutsiyaning yuridik funksiyalari, konstitutsiyaning klassifikatsiyasi va turlari Konstitutsiyaning funksiyalari Konstitutsiya ijtimoiy hayotning barcha sohalariga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Shu sohalarga qarab Konstitutsiyaning quyidagi turli funksiyalarini ko'rsatish mumkin. Yuridik funksiyalari - huquqning asosiy manbai. Siyosiy funksiyalari davlat hokimiyatining tashkil etilishining asoslarini o'rnatadi. Mafkuraviy funksiyalari jinoyatning eng asosiy ma'naviy-g'oyaviy qadriyatlarini mustahkamlaydi. Konstitutsiyaning yuridik mazmuni Konstitutsiyalarning yuridik mazmuni uning tarkibini tashkil etuvchi normalarda ifodalanib, ushbu konstitutsiyaviy normalar shaxs, jamiyat va davlat uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yuridik mazmunini quyidagi konstitutsiyaviy normalar tashkil etadi: a) qonun chiqaruvchi; b) ijroiya; v) sud organlari faoliyatini konstitutsiyaviy asoslarini yaratuvchi; Fuqarolik jamiyati asoslarini tashkil etuvchi; Tashqi siyosat asoslarini tashkil qiluvchi; Moliya, mudofaa, xavfsizlik masalalarini tashkil etuvchi; Inson huquqlari va erkinliklarini tartibga soluvchi normalar; Bugungi kunga kelib Konstitutsiyalarning konstitutsiyaviy tartibga solish predmeti doirasining kengayib borishi esa hozirgi zamon Konstitutsiyalariga xos alohida xususiyat sifatida e'tirof etiladi. Konstitutsiyaning yuridik hususiyatlari Konstitutsiya eng muhim yuridik hujjat, oliy normativ - huquqiy akt sifatida quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi. Konstitutsiya davlatning Asosiy Qonunidir. Konstitutsiya - oliy yuridik kuchga ega. Konstitutsiya alohida tartibda qabul qilinadi va o'zgartiriladi. Konstitutsiya muhim siyosiy hujjatdir. Konstitutsiya muhim mafkuraviy hujjatdir. Konstitutsiya muhim yuridik hujjatdir. Konstitutsiya milliy huquqiy tizimning o'zagini tashkil etadi. Konstitutsiya - huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyatning asosi Konstitutsiyaviy huquq fanida Konstitutsiya tushunchasi ikki xil ma'noga ega deb qaraladi. Shu ma'noda formal va moddiy Konstitutsiya farqlanadi. Hozirgi zamon konstitutsiyaviy huquq fanida formal Konstitutsiya deganda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo'lgan, qabul qilinishi va o'zgartirilishi alohida tartibda amalga oshiriladigan qonun tushuniladi. Moddiy ma'nodagi Konstitutsiya deganda esa davlat hokimiyatini tashkil etishni tartibga soluvchi normalar yig'indisi tushuniladi. Bundagi asosiy narsa tartibga solish predmeti va ijtimoiy munosabatlarni mazmunidir. Fransuz olimi F.Ardan: Konstitutsiya - davlat hokimiyatining sinonimidir. Shuning uchun hatto yozma hujjat bo'lmaganda ham davlat o'z Konstitutsiyasiga ham ega bo'ladi. Agar davlat yozma hujjat ega bo'lganda ham Konstitutsiyani o'zida aks ettirmaydi, -deb yozgan edi. Zamonaviy konstitutsiyaviy huquq fanida moddiy yoki amaliy Konstitutsiya deganda davlat hokimiyatini hayotdagi amalga oshirilishi tushiniladi. Moddiy Konstitutsiya-real harakatdagi amaliy Konstitutsiyadir. Formal yoki yuridik Konstitutsiya-davlatning asosiy qonunidir. Yuridik Konstitutsiya davlat hokimiyatini tashkil etish va shaxsni huquqiy maqomini belgilash asoslarini mustahkamlaydi. Konstitutsiya klassifikatsiyasi va turlari Turli asoslarga ko'ra konstitutsiya quyidagilarga bo'linadi: Kodеkslashtirilgan va kodеkslashtirilmagan; Tirik va o'lik; Huquqiy (yuridik) va daliliy; Haqiqiy va soxta; Egiluvchan va qat'iy. Zamonaviy ko'pgina konstitutsiyalar kodеkslashtirilgan shaklda qabul qilinadi. Bu dеgani konstitutsiya, qoidaga binoan yagona, tizimlashtirilgan va mantiqiy mohiyatga ega bo'lgan hujjat ekanligidan dalolat bеradi. Lekin dunyoda kodеkslashtirilmagan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 532.71 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:30 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 532.71 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga