Konstitutsiyaviy huquq asoslari

Konstitutsiyaviy huquq asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari - rasmi

Material tavsifi

Konstitutsiyaviy huquq asoslari Reja: 1. Konstitutsiya tushunchasi, mazmuni va mohiyati. 2.O'zbekiston Respublikasining 1992 yilgi Konstitutsiya sining yaratilishini asosiy tamoyillari. Konstitutsiyada elon qilingan umuinsoniy qadriyatlar. Konstitutsiya lotincha «Konstitutsion» so'zidan olingan bo'lib, «urnatish», «tuzilish», «yaratish» degan manolarni biliradi. Bu atamaning lotinchadan olinganiga sabab kadimga Rim imperiyasi davrida davlat boshligi -imperatorlar tomonidan xuddi shu nom bilan ataladigan va qonunga teng bo'lgan normativ hujjatlar kabul qilingan. Masalan: qadimgi vaqtlarda Konstitutsiya so'zi siyosiy tuzumni bildirgan. Buyuk Fratstsuz inkilobi arafasida Konstitutsiya atamasi bilan davlatni tuzulishini ifodalay boshlaganlar. hozirgi Konstitutsiya tushunchasi XVII asr oxirida paydo bo'lgan va dunyoda birinchi Konstitutsiya sifatida 1787 yilda kabul qilingan AKSh Konstitutsiyasi bilan bog'liq. Konstitutsiya hozirga qadar kupgina nazariyotchilar tomonidan ta'riflanib kelingan. Konstitutsiya - bu prinsipial ahamiyatga ega bo'lgan huquqiy normalarni uzida mujassam etgan va davlat hokimiyatini amalga oshirish me'yorini belgilovchi davlatning asosiy qonuni bo'lib, unda davlatning qurilishi, huquqiy tizimi hamda eng asosiysi davlat bilan shaxslar o'rtasidagi munosabatlar aks etgan yuridik hujjatdir. Konstitutsiyaga ta'rif berishda uning mohiyatiga ko'ra turlicha yondashuvlar mavjud. Birinchidan, Konstitutsiyalar shunday jamiyatda kabul kilinadiki, bu jamiyatlar ijtimoiy tuzumida inkilobiy o'zgarishlar ruy berib, davlat hokimiyatiga egalik kiladigan bir ijtimoiy guruh vakillari o'rnini boshqa ijtimoiy guruh egallab olganda Konstitutsiya asosiy muvozanatni , kuchlar nisbatini saklab turish (masalan: Kirol hokimiyati cheklanib, parlamentning mavkei oshganda). Ikkinchidan, kupincha Konstitutsiyalarda ular kabul qilingan paytdagi davlat hokimiyatiga ta'siri katta bo'lgan siyosiy kuchlarning manfaatlari kpurok aks etgan bo'ladi. (masalan, Fransiyaning 1946 yilgi Konstitutsiyasida fashizm ustidan kozonilgan galaba, siyosiy maydonda millatchilik kayfiyatiga qarshi kuchlar, harakatlaring ta'siri oshgani o'z ifodasini topgan). Uchinchidan, Konstitutsiyalar real hayotda davlat hokimiyatiga xalq egalik kiladigan jamiyatlardagina kabul kilinadi. Bunday jamiyatlar kupincha demokratik jamiyat sifatida etirof etiladi. Turtinchidan, Konstitutsiya davlatning o'z hokimiyatini amalga oshirishda malum bir chegarani belgilaydigan, davlat va uning fuqarolari o'rtasidagi munosabatdan kelib chikadigan shartlashilgan hujjatdir. Davlat fuqarolarning huquq va erkinliklarini amlag oshirishning kafili bulsa, o'z navbatida fuqarolar davlat oldidagi burchlarini bajarishlari shart. Zamonaviy Konstitutsiyalarning mohiyati umuminsoniy huquqiy qadriyatlarning va umumdemokratik asaolarni mustahkamlashdaifodalanadi. O'zbekiston Respublikasida amal kiladigan Konstitutsiya o'z mohiyatiga ko'ra demokratik huquqiy davlat ko'rish Konstitutsiyasi sifatida O'zbekiston xalqi irodasining ifodasidir va bu iroda umumdemokratik prinsiplarni uzida mujassam etuvchi , insonni, uning huquq va erkinliklarini oliy qadriyat deb elon qilib, davlat va jamiyat hayoti asoslarini mustahkamlashag yo'naltirilgandir. jahon sivilizatsiyasi uzining tarixiy rivojlanish bosqichida bugungi kunda amal qilayotgan ikki guruhdagi Konstitutsiyalarni yuzaga keltiradi. Birinchi guruhga: bugungi kundan keskin farq ikladigan sharoitlarda kabul qilingan Konstitutsiyalar tashkil etadi. Bunday Konstitutsiyalarni eng yorkin namoyondasi 1787 yilda AKShda kabul qilingan Konstitutsiyadir. Bu Konstitutsiya brkarorlik namunasi hisoblanadi. Bu Konstitutsiyaga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.56 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.56 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga