Konstitutsiyaviy huquqqa kirish - predmeti va mazmuni

Konstitutsiyaviy huquqqa kirish - predmeti va mazmuni

O'quvchilarga / Huquq
Konstitutsiyaviy huquqqa kirish - predmeti va mazmuni - rasmi

Material tavsifi

Konstitutsiyaviy huquqqa kirish: predmeti va mazmuni Reja: 1.Konstitutsiyaviy huquq tushunchasi 2.Konstitutsiyaviy huquqning predmeti 3.Konstitutsiyaviy huquq - huquqning yetakchi sohasi. 4.Konstitutsiyaviy huquq normalari, institutlari, munosabatlari va ularning subyektlari. 5. Konstitutsiyaviy huquq manbalari. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi - mamlakatning konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, jamiyat va shaxs munosabatlarining (jamiyatning iqtisodiy negizi, jamoat birlashmalari, oila, ommaviy axborot vositalari) asoslarini, mamlakatning davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishi asoslarini, davlat hokimiyatini tashkil etish asoslarini belgilovchi, o'rnatuvchi huquqiy normalar yig'indisidir. Konstitutsiyaviy huquq normalari jamiyatdagi eng muhim masala inson va davlat munosabatlarini tartibga soladi. Buni eng muhim masala deb hisoblanishi, jamiyatni rivoji yoki aksincha inqirozi inson va davlat munosabatlarini to'g'ri o'rnatilganligiga bog'liqdir. Konstitutsiyaviy huquq o'z normlari orqali inson, uning huquq va erkinliklarini oliy qadriyat darajasiga ko'taradi, shaxs va davlat munosabatlarida shaxs manfaatlarini ustuvorligini belgilaydi, ijtimoiy adolat prinsipini bosh prinsip darajasiga ko'taradi, hokimiyat tuzilmalarini tashkil qilishini aniq tartibini belgilaydi va ularning faoliyatini qonun doirasida chegaralaydi. Konstitutsiyaviy huquqning predmeti - konstitutsiyaviy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlardir. Konstitutsiyaviy huquqning predmetiga xos yana bir xususiyat shundaki, u tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlar, boshqa huquq tarmoqlari tartbga soladigan ijtimoiy munosabatlarning vujudga kelishi uchun asos, baza bo'lib xizmat qiladi, masalan, fuqarolik huquqi, ijtimoiy ta'minot huquqi, ma'muriy huquq va boshqalar. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi predmeti uchta ijtimoiy munosabatlar guruhidan tashkil topgan: Birinchi guruh - konstitutsiyaviy tizimni tashkil etish, ta'minlash va himoya qilish bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlar Ikkinchi guruh - insonlarning huquq va erkinliklarini tartibga solish, himoya qilish, qo'riqlash va kafolatlash bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlarUchinchi guruh - shaxs-jamiyat-davlat o'rtasidagi eng muhim munosabatlarni tartibga soladi Uchinchi guruh - shaxs-jamiyat-davlat o'rtasidagi eng muhim munosabatlarni tartibga soladi Inson va davlat munosabati konstitutsiyaviy huquq tartibga soladigan asosiy munosabatlardir. Lekin shuni ham bilish kerakki, inson va davlat munosabatlari juda keng va ko'p qirrali, shuning uchun bu munosabat faqat konstitutsiyaviy huquq bilangina tartibga solinmay, boshqa huquq tarmoqlari bilan ham tartibga solinadi (mehnat huquqi, fuqarolik huquqi, ma'muriy huquq, moliya huquqi va boshqalar). Lekin konstitutsiyaviy huquq asos, baza bo'lish xarakteriga ega huquqiy normalardan iborat bo'lib, ular shaxsning huquqiy holatini belgilaydi. Konstitutsiyaviy huquq mamlakat huquq sohasining yetakchi huquq sohasi hisoblanadi. Chunki, Birinchidan, konstitutsiyaviy huquqning Konstitutsiyada mustahkamlangan huquq va normalar, konstitutsiyaviy qonunlarda jamlangan qoidalar asosida o'ta muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq sohasidir. Ikkinchidan, Konstitutsiya mamlakatimizda amal qiluvchi barcha huquq tarmoqlarining o'zagini tashkil etadi. Konstitutsiyaviy huquqning yetakchilik roli boshqa huquqlarning konstitutsiyaviy normalar orqali vujudga kelishida ham ko'rinadi va nihoyat, konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbai konstitutsiya ekanligi ham uning yetakchiligini ko'rsatadi. Konstitutsiyaviy huquq shaxs va davlat munosabatlarining asoslarini, shaxsning huquqiy holati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 100.03 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:30 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 100.03 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga