Konstitutsiyaviy nazorat instituti Reja: Konstitutsiviy nazorat tushunchasi va oboekti. Konstitutsiyaviy nazorat tushunchasi va oboektlari. Konstitutsiyaviy nazorat organlari. Konstitutsiyaviy nazorat - Davlatning huquqli nazorat qilish faoliyatining o'ziga xos turi, davlatdagi va boshqa normativ aktlar qonunga muvofiqligini tekshirishdan iborat. Konstitutsiyaviy nazorat. a). Umumiy tomondan (masalan, AQSH, Argentina, Danie, Meksika, Norvegiya, Yaponiya); b). Oliy sud instinsiyasi hisoblangan oliy sudlar (masalan, Avstraliya, Boshviya, Hindiston, Irlandiya, Kanada, Finlyandiya, Shveytsariya); v). Maxsus konstitutsiyaviy sudlar tomonidan (masalan, O'zbekiston Respublikasi, Avstriya, Germaniya, Italiya, Turkiya, Kipr); g). Sud ko'rinishda bo'lmagan alohida organ (masalan, Fransiya konstitutsiyaviy kengash) tomonidan amalga oshiriladi. Ko'plab mamlakatlarning davlat huquqida «konstitutsiya» deb ataladigai aktlarning mavjud ekanligiga guvox bo'lamiz, lekin konstitutsion tuzum o'rnatilgan mamlakatlarning soni unchalik ko'p emasligini ham, bilamiz. Mana shu xolning o'zi konstitutsiya titulidagi aktlarning ko'pchiligi konstitutsion mazmunda emasligini bildiradi. Yuridik nazariya va amaliyotda «asosiy qonun» degan tushuncha ham qo'llaniladi. Lekin bu to'g'ri emas. Bunday anglashilmovchilik AQSHning XVII-XIX asr oralig'ida Angliya ustidan mustaqillik uchun kurashda g'alaba qozonganidan so'ng yuz berdi. Amerikaliklar o'z konstitutsiyalari bilan faxrlanishgan, lekin Amerika Konstitutsionalizmining ingliz ildizlarini unutishdan edi. Ular albatta yana Asosiy qonunga ega bo'lmay turib yuz yillar davomida konstitutsion tuzum barpo qilgan kichkinagina Shveytsariyani ham unutishgan ko'rinadi. Yasperning «Smo'sli naznachenie istorii» M.1994 kitobini o'qib chiqsangiz siyosiy erkinlikning klassik tipi Angliyada bundan VII asr oldin shakllanganiga va mana shu ma'naviy siyosiy asnoda Amerikada erkinlikning yangi tipini vujudga keltirilganiga hamda eng kichkina bo'lgan territoriyada bu erkinlikni o'z federalizmi doirasida Shveytsariya barpo etilganligiga amin bo'lasiz. Agar konstitutsiya va asosiy qonunni aynan deb bilsak, unda Buyuk Britaniyaga konstitutsion davlat deb atash noto'g'ri bo'lardi, zero Buyuk Britaniyada asosiy qonunlarning o'zi yo'q. Lekin konstitutsiyaning vatani sifatida Angliyaga konstitutsion ijodkorligida birinchilikni berishga to'g'ri keladi. Har doim ham Konstitutsiya tushunchasi bilan yuridik ustivorlikni bog'lash noto'g'ridir, chunki yuridik ustivorlik asosiy qonunga xosdir. Masalan, Eronda konstitutsiya deb nomlangan akt qabul qilingan. Biroq oliy yuridik kuchga Qur'oni Karimgina ega. Demak, konstitutsiya va asosiy qonun tushunchalari bir-biriga mos kelmaydi, lekin ular kesishadilari Konstitutsiya iborasini qadimgi davlatlardayoq ishlatishgan. Antik dunyoda konstitutsiyaning mazmuni hozirgidan sal boshqacha bo'lgan. Qadimgi Gretsiyada kostitutsiya deganda idora qilish, o'rnatishni tushunishgan. Qadimgi Rimda esa konstitutsiya deb turli mazmun va ahamiyatga ega bo'lgan huquqiy manbalarga aytishgan. Yustinian kodekslari konstitutsiyalar deb yuritilgan. So'nggi Rim davrida ijro hokimiyatining aktlari, yani dekretlar, ediktlar, reskrintlar konstitutsiyalar deb atalgan. hozirgi konstitutsiya manosidagi ibora o'rta asrlarda qo'llanilib, o'rta asr Angliya hududlaridan o'sib chiqqan. Konstitutsionizmga o'sish harakatida Angliya yolg'iz emas edi, chunki reformatsiyaning o'chog'i bo'lgan Germaniya, ozodlik kurashi negizida konstitutsiya qo'llab-quvvatlangan Niderlandiya, konstitutsiyaning nazariy jihatdan rasmiylashishiga xissa qo'shgan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.87 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.87 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:30 ]
Arxiv ichida: doc