Kontrabanda jinoyatlarini tergov qilish

Kontrabanda jinoyatlarini tergov qilish

O'quvchilarga / Huquq
Kontrabanda jinoyatlarini tergov qilish - rasmi

Material tavsifi

Kontrabanda jinoyatlarini tergov qilish Reja: 1. Kontrabandaning kriminalistik tavsifi 2. Kontrabanda ishini tergov qilish So'nggi yillar O'zbekiston hududiga xom-ashyo, sanoat mollari, badiiy va bebaho qadriyatlar, savdodan chiqarilgan tovarlarni kontrabanda yo'li bilan olib kirish va olib chiqish keng avj olganligi bilan ajralib turadi. Bunga: - MDH Respublikalari bilan mavjud ochiq chegaralar; - O'zbekiston iqtisodiy tizimining o'zgarishi va Bojxona nazoratining faoliyati yetarlicha takomil emasligi; - suveren hududlar huquqni muhofaza qilish organlarining o'zaro munosabatlari va xatti-harakatlarini yo'lga soluvchi huquqiy-shartnoma bazasining kamchiliklari keng yo'l ochib beradi. Hozirgi sharoitda kontrabanda juda keng ko'lamga yoyilgan bo'lib, u uyushgan jinoyatchilik tomonidan korxona rahbarlari, bojxona xodimlari, mahalliy ma'muriyat vakillari va hatto huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini o'z faoliyatiga jalb etish yo'li bilan amalga oshirilmoqda. Hozirda giyohvand moddalarning yangi turlari (kokain, LSD), qurol-yarog', qalbaki pul va xalq iste'moli mollari kontrabandasi amalga oshirilmoqda. Jumladan, boshqa MDH mamlakatlariga tranzit uchun hujjat rasmiylashtirish orqali kontrabanda olib kirilishi keng tus olgan. Buning natijasida har yil davlatga o'nlab milliarddan ziyod zarar yetkazilmoqda. Kontrabandaning bu usuli juda oddiy: tovar tranzit sifatida hujjat rasmiylashtirish orqali olib kiriladi va soxta firmalar orqali sotiladi. Ba'zan chegaradagi manfaatdor bojxona xodimlari esa pora evaziga yuk chegarani kesib o'tishiga ko'maklashadilar. Kontrabandaning xuddi shunday usullari mahsulot va xom-ashyoni O'zbekistondan olib chiqishda ham ishlatiladi. Ko'pincha oziq-ovqat va neft mahsulotlari bilan to'ldirilgan avtomashinalar rasmiylashtirilmay, tashqariga olib ketiladi. Keyingi yillarda rangli metallarni kontrabanda yo'li bilan olib chiqib ketish keng tus olmoqda. Bu usul ham soxta hujjatlar yoki pora berish orqali yukni transport vositalarida ko'rinishini o'zgartirish yo'llari bilan amalga oshiriladi. Kontrabandaning «an'anaviy» usuli ham katta hajmda saqlanib qolgan, ya'ni qimmatbaho buyumlar va valyutani yashirin joylarda O'zbekistonga olib kirish va olib chiqish. Kontrabandaning bu usulida ko'plab xorijiy fuqarolar ishtirok etadi. Hozirgi vaqtda kontrabandani tergov qilishning oddiy holatlari quyidagilar: 1. Chegara yoki bojxona nazoratida soxta hujjatlar bilan kontrabanda qilgan shaxslarni qo'lga olish. 2. Hujjatlarni taftish qilish, shuningdek tezkor-qidiruv tadbirlar chog'ida xom-ashyo yoki tayyor mahsulotni kontrabanda yo'li bilan olib chiqish holatini aniqlash. Birinchi holatda tergovchilarning xatti-harakatlari qo'lga olish holatini rasmiylashtirishga va kontrabanda mahsulotini musodara qilishga qaratilgan bo'lishi kerak. Bunda musodara qilinayotgan mahsulotning miqdori, markalanganligi, o'ralganligi, ilova qilingan hujjatlari, maxfiy joylarning mavjudligi kontrabanda ko'rinishini aniq fiksatsiya qilish juda ham muhimdir. Bularning hammasini bayonnomalarda aniqlik bilan qayd etish kerak. Qo'lga olish va musodara qilishni aniq fiksatsiyalash uchun videotasmaga olish maqsadga muvofiq bo'lib, alohida e'tibor kontrabanda va kontrabandani olib kirish yoki olib chiqishga harakat qilgan shaxs o'rtasidagi aloqani aniqlashga qaratilishi kerak. Ba'zan, qo'lga olingan shaxsning his-tuyg'ularini - (so'qish, haqorat, do'q-po'pisa, pora berishga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.75 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.75 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga