Korporativ huquq rivojlanishining qiyosiy va tarixiy jihatlari Reja: Korporativ huquqning paydo bo'lish va rivojlanish tarixi Kontinental va anglosakson huquq tizimida korporatsiyalar Turkistondagi korporatsiyalar 1.Korporativ huquqning paydo bo'lish va rivojlanish tarixi Rim xususiy huquqida shirkat deyilganda o'z mulki, shaxsiy faoliyati yoki mulkiy badali orqali umumiy ishda ishtirok etadigan, umumiy ishlarni yuritish asosida olingan daromad yoki zararni shartnomada ko'rsatilgan tartibda ulushli yoki teng ravishda taqsimlaydigan ikki yoki undan ortiq shaxsning ruxsat etilgan xo'jalik faoliyatini hamkorlikda amalga oshirish maqsadida birlashishi tushunilgan. Garchi bu shirkatlar korporatsiyalarning barcha belgilarini o'zlarida aks ettirmagan bo'lsa-da, keyinchalik subyektlar jamoasi - kompaniyaning vujudga kelishi uchun namuna bo'lib xizmat qildi. Davlat mulki huquqi bilan bir qatorda istemol mahsulotlariga nisbatan shaxsiy mulk huquqi ham vujudga keldi. Ushbu davrda xuddi Sovet hokimiyatiga qadar bo'lgan davrda bo'lgani singari kichik mahsulot ishlab chiqaruvchilar - kosib va hunarmandlar, dehqonlarning ishlab chiqarish qurol va vositalariga nisbatan xususiy mulki ham mavjud edi. Kompaniya o'zining ichki korporativ masalalarini hukumatning aralashuvisiz mustaqil hal etardi. Dastlab umumiy yig'ilishlarni o'tkazishning quyidagi qoidalari o'rnatildi: umumiy yig'ilishlar barchaga malum joyda o'tkazilishi kerak edi; bir ishtirokchi faqat bitta ovozga ega edi; yig'ilishda ishtirok etish majburiy bo'lib, kelmaganlarga nisbatan jarima solinar edi. Yig'ilishlar navbatdagi va navbatdan tashqari guruhlarga bo'linardi. Aynan shu qoidalarga ko'ra a'zolarning ishtirok etish shakllari va miqdori hamda daromadlarni taqsimlash kabi masalalar hal etilar edi. Ko'rinib turibdiki, korporatsiyalar vujudga kelishining aynan mana shu bosqichida birgalikdagi kapitalga asoslangan faoliyatni tartibga soluvchi korporativ nizom va boshqa korporativ hujjatlar ko'rinishidagi korporativ huquqning yozma asoslari vujudga keldi. Angliyada korporativ tizim shakllanishi va rivojlanishida o'z qoida va odatlariga ko'ra amal qiladigan, kompaniya va davlatdan mustaqil bo'lgan birja katta ahamiyatga ega bo'ldi. Qonun chiqaruvchi tomonidan kompaniyaning yuqori darajadagi oshkoraligini ta'minlaydigan va suiiste'molchiliklarning oldini olishga imkoniyat beradigan, ular sodir bo'lgan va boshqa aksiyadorlar qo'llabquvvatlamagan hollarda esa aksiyadorning sudga murojaat etishi mumkinligi haqidagi qoidalarning kiritilishi ingliz korporativ huquqidagi muhim yangilik bo'lib hisoblandi. Begona tajribadan, avvalambor, Gollandiya tajribasidan foydalangan Fransiya ham faol tarzda xususiy tadbirkorlikni kirita boshladi. Korporatsiyalar tashkil etishda hukumatning haddan tashqari aralashishi va Hindistonga ekspeditsiyalarning yuborilishi (1601, 1604, 1611, 1615 yillarda) muvaffaqiyatsiz yakun topdi. Ushbu holatni yaxshilash maqsadida fransuz hukumati 1791 yil 2 martda hunarmandchilikning erkinligini elon qilgan va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining tartibga solinishi masalasi ochiq qoldirilgan qonunni qabul qildi. Nizom jamg'armasi erkin beriladigan aksiyalarga bo'lingan jamiyat tuzish qonunda taqiqlandi. Kompaniyalarni tashkil etishga faqat qonunchilik yig'ilishining roziligi bilangina yo'l qo'yilar edi. 1802 yili Savdo kodeksining qabul qilinishi mavjud qoidalarga bir qancha o'zgartirishlar kiritdi. Kodeks savdo huquqi tizimini aksiyadorlik jamiyati singari ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
70.25 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
70.25 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:30 ]
Arxiv ichida: docx