Korrupsiya jamiyat inqirozining sabablaridan biri sifatida

Korrupsiya jamiyat inqirozining sabablaridan biri sifatida

O'quvchilarga / Huquq
Korrupsiya jamiyat inqirozining sabablaridan biri sifatida - rasmi

Material tavsifi

KORRUPSIYA JAMIYAT INQIROZINING SABABLARIDAN BIRI SIFATIDA Korrupsiya Korrupsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilikka va axloqqa zid ravishda ozining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir. Atama odatda siyosiy apparatga nisbatan ishlatiladi. Aksariyat davlatlarda korrupsiya jinoyat sifatida qaraladi. Korrupsiya Keyingi paytlarda bir qator xorijiy davlartlarda, jumladan MDHga a'zo bo'lgan ayrim davlatlar rahbariyati tomonidan korrupsiyaga qarshi jiddiyroq kurash olib borish maqsadida bir qator choralar ko'rilmoqda. Bunday kurashning boshlanishi tabiiy bo'lib, chunki ancha vaqtdan buyon ko'plab fuqarolar, jamoat tashkilotlari tomonidan korrupsiyaviy qilmishlar to'g'risida davlat hokimmiyati oliy organlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaatlar bo'lardi. Biroq, MDHga a'zo aksariyat davlatlardagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralarni o'zlarining ham korrupsiyaga aloqador xodimlari to'g'risida OAVda ma'lumotlar tarqatilardi. Rossiyada faoliyat ko'rsatayotgan Demokratiya uchun informatika jamg'armasi mamlakatdagi korrupsiyaning ahvoli to'g'risida o'n yil davomidagi islohotlar mobaynida poraxo'rlik darajasi pasaymaganligini, Rossiya korxonalari va fuqarolari har yili kamida 37 milliard dollarni pora uchun sarflashlarini e'lon qilgan edi Korrupsiya Transparency International xalqaro tashkiloti tomonidan keyingi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlarda MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozog'iston, Gruziya, Ozarboyjon, Ukraina va Moldoviya davlatlarida korrupsiya darajasi yuqori ekanligi ko'rsatiladi. Hozirgi paytda bu davlatlar tomonidan korrupsiyaga qarshi qator chora-chora-tadbirlar ko'rilmoqda. Jumladan, bu davlatlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash, uni oldini olishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatilar qabul qilingan. Misol uchun, Ukrainada «Korrupsiyaga qarshi kurash to'g'risidagi Qonun mavjud bo'lib davlat boshlig'i mazkur qonun normalarini hayotga joriy etilishi uchun jiddiy ahamiyat beradi. Ukraina Prezidenti 1997 yil 10 apreldagi 319-sonli farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurash milliy dasturi tasdiqlangan. Ukrainaning «Korrupsiyaga qarshi kurash to'g'risidagi Qonuni 9-moddasida mansabdor shaxslarning daromadlari, qimmatli qog'ozlari, ko'chmas mulk va boshqa qimmatbaho buyumlari, shuningdek bankdagi omonatlari to'g'risida rasmiy nashrlarda ma'lumotlar berib borilishi belgilangan. Korrupsiyaga qarshi kurash borasida qator chora-tadbirlar Respublikamizda ham korrupsiyaga qarshi kurash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi faoliyat yuritayapti. 2001 yilda Bosh prokuratura huzurida Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti tashkil etildi, 2002 yilda departament Soliq va valutaga oid jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti etib qayta tashkil etildi. Qonun himoyasida jurnalida berilgan ma'lumotga ko'ra 2002 yilda Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi tomonidan jinoyat natijasida yetkazilgan zarar va to'lanmagan soliq to'lovlarining 1,007 mlrd. so'mi hamda 31.221.680 AQSH dollari tergov davrida undirilgan, aybdor shaxlar esa sud hukmi bilan tegishli javobgarlik choralariga tortilgan. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, davlat boshqaruvi organlari va Respublika ahamiyatidagi yirik kompaniyalar rahbariyati tomonidan Respublikamiz manfaatlariga zid bitimlar tuzish va boshqa korrupsiyaviy qilmishlar huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan aniqlanib aybdor shaxslar javobgarlik choralariga tortilayotgan bo'lsada, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 186.36 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:30 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 186.36 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga