Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari

Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari

O'quvchilarga / Huquq
Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari - rasmi

Material tavsifi

Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari Reja: 1. Korrupsiyaga qarshi kurashishda jahon tajribasi 2. Korrupsiyaga qarshi kurashda davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari 3. Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining roli. KIRISH Davlat va jamiyatning barqarorligi va taraqqiyotiga tahdid soladigan omillardan biri korrupsiyadir.O'quvchi yoshlarning mustaqil hayotga qadam qo'yish arafasida korrupsiya va uning salbiy oqibatlari to'g'risida muayyan tushunchaga ega bo'lishlari ,kelgusida ular tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish immunitetini shakllantirishda o'ziga xos ahamiyat kasb etadi.Maxsus kursni o'qitish orqali o'rta-maxsus,kasb-hunar ta'limi muasasalarinig o'quvchilarida bu illatga qarshi kurashish to'g'risida huquqiy va ijtimoiy tushunchalarni shaqlantirish nazarda tutilgan. O'quv dasturining maqsad va vazifalari Maxsus kursning maqsadi- o'quvchilar ongida ushbu salbiy illatni kelib chiqish sabablari va unga qarshi kurashishning ijtimoiy va huquqiy asoslari haqida tushuncha hosil qilishdan iborat Maxsus kursning vazifasi- korrupsiyaning ijtimoiy va huquqiy tushunchasi, uning kelib chiqish sabablari va oqibatlari va bu boradagi qonunchilik va javobgarlik masalalari haqida umumiy tushunchalarni o'rgatish,o'quvchilar ongida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy va ijtimoiy jihatlari to'grisida tushuncha hosil qilish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida bilim, ko'nikma, malakani shakllantirishdir. O'quvchilarning bilimi ,ko'nikma va malakasiga qo'yilgan talablar Korrupsiya tushunchasi ,oqibatlari va unga qarshi kurashishning ijtimoiy ,huquqiy asoslari va javobgarlik to' g'risidagi tushunchalar bo'yicha bilimga ega bo'lish; Korrupsiyani anglash, uni salbiy illat sifatida qabul qilish ,unga qarshi huquqiy normalar asosida kurashishni his qila olish ko'nikmalariga ega bo'lishi; Korrupsiyaning mohiyati va uning salbiy jihatlari haqida tushuncha bera olish va umumiy bilim orqali korrupsiyaviy qilmish va uning oqibatlarini anglash malakasiga ega bo'lishi lozim MAXSUS KURSNING O'QUV REJADAGI BOSHQA FANLAR BILAN O'ZARO BOG'LIQLIGI, USLUBIY JIHATDAN UZVIYLIGI VA KETMA-KETLIGI O'zbekiston Konstitutsiyasi va Huquqshunoslik fanlari maxsus kurs bilan huquqiy jihatdan bog'liqligini bildirsa ,Tarix, Ma'naviyat asoaslari,Oila psixologiyasi ,Shaxs va jamiyat, Dinshunoslik va Estetika fanlari esa maxsus kurs bilan ijtimoiy va uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma- ketligini namoyon qiladi. ZAMONAVIY AXBOROT VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR Zamonaviy axborot texnologiyalari :maxsus kurs o'quvchilarga slaydlar ,multimedia vositalaridan foydalangan holda o'qitiladi . Zamonaviy pedagogik texnologiyalar :maxsus kursni o'qitish jarayonida aqliy hujum ,Keys -stadi, amaliy o'yin,mumoli vaziyat, nima uchun va boshqalar qo'llaniladi NAZARIY, SEMINAR MASHG'ULOTLARI VA MUSTAQIL ISHLARI tashkil ETISH BO'YICHA KO'RSATMALAR Nazariy mashg'ulotni tashkil etish:o'qituvchi huquqiy adabiyotlar,tegishli huquqiy normativ hujjatlar, OAVmateriallaridan foydalangan holda, mavzu yuzasidan tushunchalarni reja asosida taqsimlab bilim beradi. Seminar mashg'ulotini tashkil etish:savol-javob; asosiy tushunchalarni ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan mustahkamlash; mustaqil topshiriqlar berish; tadbirlar tashkil etish. Mustaqil ishlarni tashkil etish:o'qitivchi o'tilgan mashg'ulotlar xususiyatidan kelib chiqqan holda mustaqil ish mavzulari ro'yhatini shakllantiradi 1-mavzu:Korrupsiya tushunchasi, kelib chiqish sabablari va ijtimoiy xa vfliligi va unga qarshi kurashishning ijtimoiy -huquqiy asoslari Korrupsiya tushunchasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 52.09 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:30 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 52.09 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga