Korrupsiyaga qarshi kurashish

Korrupsiyaga qarshi kurashish

O'quvchilarga / Huquq
Korrupsiyaga qarshi kurashish - rasmi

Material tavsifi

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH Korrupsiyaga qarshi kurashda Finlandiya tajribasi O'zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega. xalqaro Transparensy International tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra korrupsiya darajasi eng past bo'lgan davlatlardan biri Finlandiya hisoblanadi. Mazkur davlat korrupsiya darajasi eng past bo'lgan davlatlar kuchli beshtaligiga kirib keladi. Hozirgi kunda Finlandiyada yiliga 3 yoki 4 ta poraxo'rlik bilan bog'liq jinoyat ishlari ko'rilar ekan. Ushbu holatni 1980-1989-yillar oralig'idagi davr bilan taqqoslaydigan bo'lsak, mazkur yillarda 81 nafar shaxslar pora olganlik uchun, 49 nafar shaxslar pora berganlik uchun jazolangan. E'tiborli jihati shundaki, Finlandiya Jinoyat kodeksida korrupsiya degan tushuncha mavjud emas. Unda mansabdor shaxslarning poraxo'rligi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo'lib, bunday jinoyatni sodir etgan mansabdor shaxslar uchun qilmishning ijtimoiy xavfliligiga qarab jarima yoki 4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi. Finlandiyada boshqa davlatlardagi kabi korrupsiyaga qarshi kurash haqida maxsus qonun mavjud emas, korrupsiyaga qarshi kurashuvchi maxsus organ ham tuzilmagan. Korrupsiyaga umumiy jinoyatchilikning bir qismi qabilida kurash olib boriladi. Finlandiya Konstitusiyasi, Jinoyat kodeksi, Fuqarolik xizmati to'g'risidagi qonun, ma'muriy boshqaruvga oid yo'riqnomalar va boshqa qonunosti hujjatlar korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan hujjatlar hisoblanadi. Bularning orasida eng muhimi Axloq qoidalaridir. Finlandiyada korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan hujjatlar ijrosi ustidan nazorat mamlakat Prezidenti tomonidan tayinlanadigan, biroq, mutloq mustaqil faoliyat yurituvchi Adliya kansleri va parlament vakili Ombudsman tomonidan olib boriladi. Ular butun hokimiyat tarmoqlari faoliyatini nazorat qilish vakolatiga egalar. Yuqori martabali mansabdor shaxslarni ayblash haqidagi jinoyat ishlari maxsus tashkil etilgan Davlat sudi tomonidan ko'rib chiqiladi. Bu sud hattoki davlat rahbariga nisbatan bo'lgan ishlarni ham ko'rib chiqishi mumkin. Unga - Adliya kansleri, parlament vakili Ombudsman, hukumat vakillari, Oliy sud va ma'muriy sud sudyalari a'zo bo'lishi mumkin. Ikkinchi jahon urushidan keyin Davlat sudi bor - yo'g'i bir marta chaqirilgan xolos. Davlat xizmatchilari soni unchalik ko'p emas. Ayniqsa, 90-yillardan keyin davlat xizmatchilari soni deyarli teng yarmiga, ya'ni 230.00 dan 127.00 ga qisqartirilgan. Finlandiyada davlat xizmatchilarini korrupsiyalashuvidan saqlovchi muhim omillardan biri - ularning moddiy va ijtimoiy ta'minlanganligidadir. Alohida ta'kidlash lozimki, Finlandiyada ommaviy axborot vositalari ijtimoiy nazoratning muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi. Hukumat esa, ommaviy axborot vositalariga nafaqat erkinlik yaratib bergan, balki har bir e'lon qilingan korrupsiya holati bo'yicha aniq choralarni ko'rib boradi. Finlandiya korrupsiyaga qarshi bir qancha xalqaro hujjatlarga qo'shilgan, xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini faol olib boradi. Finland Corruption Index 2013-2022 Finlandiyada nega ommaviy korrupsiya yo'qligi va hech qachon bo'lmasligi haqida 5 tushuntirish 1. Finnlar aslo hashamat va dabdabaga o'ch emaslar. Dabdabayu as'a'sa - degenerat (tug'ma jismoniy va ruhiy nuqsonlarga ega inson) lar uchun o'rta asrlar sharqiga xos ko'ngilxushlikdir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 10.1 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:30 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 10.1 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga