Korruptsiyaga qarshi kurashning xalqaro-huquqiy asoslari MUNDARIJA KIRISh3 I Bob. KORRUPTSIYAGA QARShI KURAShNING NAZARIY ASOSLARI7 1.1.Korruptsiya tushunchasi va yuridik tabiati7 1.2. Korruptsiya sabablari va uning oldini olish masalalari15 II Bob.KORRUPTSIYAGA QARShI KURAShNING xalqaro-HUQUQIY ASOSLARI22 2.1. BMT doirasida korruptsiyaga qarshi kurashning universal xalqaro huquqiy asoslari22 2.2.Korruptsiyaga qarshi kurashishning mintaqaviy xalqaro huquqiy asoslari31 2.3. O'zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashning xalqaro va milliy huquqiy asoslari42 XULOSA50 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati54 K i r i sh Mavzuning dolzarbligi. Korruptsiya qonun ustuvorligiga, demokratiya va inson huquqlariga, samarali davlat boshqaruviga tahdid soladi, tenglik va ijtimoiy adolat prinsipini buzadi, demokratik institutlar faoliyati va jamiyatning axloqiy normalarini izdan chiqaradi. Korruptsiya bora-bora transmilliy korruptsiyaga aylanadi va dunyo hamjamiyatiga katta xavf tug'diradi. Korruptsiyaga qarshi kurashishdadavlatlarning BMT, YevropaIttifoqi, YevropaKengashi, Afrika ittifoqi, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OESR), MDH, doirasida bir qator harakatlar amalga oshirilganini takidlash lozim. Zamonaviy xalqaro huquqda korruptsiyaga qarshi hamkorlik instituti shakllandi. Bu institutning normalari korruptsiya subyektlarining harakatlari, huquqiy yordam va hamkorlik choralari, yurisdiksiya masalalarini o'z ichiga oladi. Korruptsiyaga qarshi kurash to'g'risidagi xalqaro-huquqiy normalarni samarali bajarishning muhim omili xalqaro normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, ichki davlat mexanizmlarini tashkil qilish hisoblanadi. Ko'pgina davlatlar xalqaro korruptsiyaga qarshi kurash normalarini o'z milliy huquqiy tizimlarida aks ettirganlar. O'zbekiston ham mustaqillikka erishgan ilk kunlaridan boshlab korruptsiyaga qarshi kurshish masalasiga umumdavlat miqiyosida vazifa sifatida qarab, uning oldini olish va davlat apparatini korruptsionerlardan tozalash bo'yicha izchil va muntazam ishlar olib bormaqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o'zining «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarida mamlakatimiz va dunyo xaritasidagi yangi mustaqil davlatlarning barqarorligi va xavfsizligi yo'liga tahdid solib turgan korruptsiya va jinoyatchilikning ildizlari hamda ularning kelib chiqish sababi, shart-sharoitlarini chuqur tahlil etib, korruptsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurash strategiyasini belgilab berganlar. «Korruptsiya, eng avvalo uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo'lish yoki to'g'ridan-to'g'ri yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanadi», - deb takidlaydi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. Yurtboshimizning g'oyalari va bevosita tashabbuslari hamda rahbarligida mamlakatimizda istiqlolning ilk kunlaridayoq, «korruptsiya - jamiyat xavfsizligi va barqarorligiga to'gridan-to'g'ri tahdid», deb etirof etilib, unga qarshi kurash masalasi davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishi darajasiga ko'tarilgan. Bizning davlatimizda korruptsiyaga qarshi tizimli, muntazam va uzluksiz kurash olib borilmoqda. Eng avvalo, mamlakatimizda istiqlolning ilk kunlaridayoq, hukumatimiz tomonidan iqtisodiy choralar ko'rildi, yani iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning eng muhim ustuvor vazifalari qatoriga bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, halol tadbirkorlik uchun chinakam erkinlikni ta'minlash masalalari ko'tarilib, mazkur vazifalar bugungi kunda muvaffaqiyatli ravishda izchil amalga oshirilmokda. Lekin shunga qaramasdan korruptsiyaga qarshi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.06 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.06 MB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:30 ]
Arxiv ichida: doc