Ko'rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish taktikasi Reja: 1. Ko'rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish tushunchasi va vazifasi 2. Ko'rsatuvni hodisa bo'lgan joyda tekshirishga tayyorgarlik ko'rish 3. Ko'rsatuvlarni hodisa joyida tekshirishning protsessual tartibi va taktikasi 4. Ko'rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish natijalarini rasmiylashtirish Mazkur tergov harakati mustaqil bo'lib, tergov va sud amaliyotida uzoq vaqtlardan buyon qo'llanilib kelayotgan bo'lsada, nazariy jihatdan o'tgan asrning 60-yillaridan buyon mukammal asoslantirildi, O'zbekistonning qonunchiligida dastlab 1976 yilda tan olindi va hozirgi kunda amalda bo'lgan jinoyat protsessual kodeksida mustahkamlandi, shu bilan birga mustaqil tergov harakati maqomiga ega bo'ldi. Mustaqil tergov harakati sifatida ko'rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish mavzusi bo'yicha nazariyada turli fikrlar bo'lib, ba'zi mualliflar mazkur tergov harakatini hodisa joyini ko'zdan kechirish doirasida o'tkazishni taklif qilganlar. Jinoyat protsessual qonunida belgilangan tergov eksperimenti harakatining ba'zi xususiyatlari ko'rsatuvni hodisa joyida tekshirishga o'xshash bo'lganligi sababli bu tergov harakati eksperimentning bir ko'rinishi sifatida qaralgan, shuningdek, ba'zi mualliflar ko'rsatuvni tekshirishni hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish tergov harakati doirasida tushuntirgan. Bunday fikr ko'rsatuvni hodisa joyida tekshirish harakatini o'tkazish yo'li bilan jinoiy voqeaning joyi va holati haqida ayblanuvchining xabardor ekanligini aniqlanishi, xuddi shuningdek, uning xolislar ishtirokida ko'rsatuv berishi fakti ushbu shaxs tergov yuritilayotgan jinoyatni sodir qilgan degan noto'g'ri xulosa chiqarishga olib kelishi mumkin. Ko'rsatuvni hodisa joyida tekshirish ko'zdan kechirish, tergov eksperimenti, tanib olish uchun ko'rsatish kabi tergov harakatlarining ba'zi alomatlarini o'z ichiga olgan murakkab tergov harakati hisoblanadi. Mazkur tergov harakatining o'ziga xos bo'lgan sifat va mohiyati bilan boshqa protsessual harakatlardan farq qiladi. Hodisa joyini ko'zdan kechirishda sodir bo'lgan jinoiy faktning oqibati, jinoyatchining maqsadi, uning qoldirgan izlari, ashyoviy dalillarni, izlarni qidirib topishdan iboratdir. Tergov eksperimentini o'tkazishdan maqsad ishning ayrim holatlari yuzasidan mavjud bo'lgan faktlarni, shuningdek, hodisa joyidan olingan ma'lumotlarni, so'roqda olingan ko'rsatuvlardagi ba'zi holatlarni sinov tajriba yordamida tekshirishdan iborat. Eksperimentda tajriba qilib ayrim qismlarini tiklab, haqiqiy sodir bo'lgan hodisaga maksimal yaqinlashtirgan holda tekshiriladi. Ko'rsatuvlarni hodisa joyida tekshirishda ma'lumotlar taxminan 4 manbadan olinadi. 1) So'roq qilingan shaxsning ko'rsatuvidan; 2) Hodisa joyidagi faktik holatlardan; 3) Hodisa joyida ko'zdan kechirish jarayonida so'roq qilish bilan olinadigan ma'lumotlardan; 4) Ko'zdan kechirish natijasida olinadigan axborotlardan. Mana shu manbalardan olingan ma'lumotlarni tekshirishda quyidagi bir qancha ishlar amalga oshiriladi. Dastlab so'roq qilingan ayblanuvchi, gumon qilinuvchi, guvoh, jabrlanuvchilar, haqiqiy jinoyat sodir bo'lgan joydan to'la xabardor bo'lmasliklari natijasida qisman noto'g'ri ma'lumotlar beradilar. Ko'rsatuvlarni hodisa joyida tekshirishda esa real hodisa sodir bo'lgan joydagi sharoitni-holatni ko'rib avval bergan ko'rsatuvlarini to'ldiradi, aniqroq qilib oydinlashtiradilar. Tergov amaliyoti shuni ko'rsatadiki, hodisa joyiga olib borilgan shaxslar noto'g'ri yoki to'la bo'lmagan ko'rsatuvlar bilan joydagi holat-sharoitni solishtiradilar. Bu ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.51 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.51 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:29 ]
Arxiv ichida: doc