Kriminal viktimologiya asoslari Reja: «Kriminal viktimologiya» tushunchasi va uning ahamiyati Viktimlik va uning turlari Viktimlikning oldini olish «Kriminal viktimologiya» tushunchasi va uning ahamiyati «Viktimologiya» iborasi lotincha victima - «jabrlanuvchi» va yunoncha logos - «ta'limot» so'zlari birikishidan tashkil topgan bo'lib, jabrlanuvchi haqidagi ta'limot degan ma'noni anglatadi. Viktimologiya o'z ichiga jabrlanuvchilar haqidagi umumiy ta'limotni, ya'ni nafaqat jinoyatlardan jabrlanganlar haqidagi, balki har xil salbiy holatlar, baxtsiz hodisalar, tabiiy ofatlar, urushlar va hoka'zolardan jabrlanganlar haqidagi ta'limotni ham qamrab oladi. Kriminal viktimologiya jinoyat qurbonlari to'g'risidagi ta'limotdir. Jabrlanuvchisiz jinoyat bo'lishi mumkin emas. Hech shubha yo'qki, har qanday jinoyat jabrlanuvchiga moddiy, jismoniy yoki ma'naviy zarar yetkazadi. Muayyan shaxs, kishilar jamoasi, jamiyat, davlat va hatto xalqaro huquq-tartibot organlari ham jinoyat qurboni bo'lishi mumkin. Jinoyat qurbonlarining jinoyat sodir etilishiga aloqadorligi xususidagi fikrlar hozirgi kunda yangilik emas. Ushbu g'oya ko'p sonli adabiy manbalarda va huquq ijodkorligi yodgorliklarida o'z aksini topgan. Insonparvarlik, kechirimlilik, bag'rikenglik xalqimizga xos bo'lgan azaliy qadriyatlardir. Shu bois ham jinoyat sodir etgan shaxs bilin jabrlanuvchining o'zaro kelishuvi davlatchiligimiz asoslari ham keng qo'llanilgan. Bunda jinoyat sodir etgan shaxs jabrdiydaga tovon to'lagani uchun jabr ko'rgan taraf uni kechirib, qozi (sud)dan aybdorni jazodan ozod qilishni talab etishga haqli bo'lgan. Jumladan, Burhoniddin Marg'inoniyning «Hidoya» asarida tovon haqi jazo sifatida qo'llanilgandan so'ng uni aybdor uch yil mobaynida to'lashi lozim, deb ko'rsatilgan. Jinoyatchini jabrlanuvchi bilan yarashtirish va yetkazilgan zararni qoplash haqidagi g'oyaning muayyan darajada ifodali talqiniga XVII asr mutafakkirlarining asarlarida duch kelish mumkin. Jumladan, ingliz huquqshunosi Iyeremiya Bentam (1748-1832) jinoyat qonunchiligiga jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni qoplashni nazarda tutuvchi normalarni kiritish jinoyatchini yanada og'irroq jazolash va qo'rqitish (muayyan jinoiy maqsadlarini amalga oshirishidan tiyish) imkonini beradi, deb hisoblagan. Italiyalik kriminolog Raffael Garofalo (1852-1934) ham jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni qoplashga aholini jinoyatchilardan himoya qilishni yanada kuchaytirish vositasi sifatida qaragan. Nemis kriminologi Sara Mardjori Fray (1894-1958) tadqiqotlarida jinoyatchini jabrlanuvchi bilan yarashtirish - jamiyatda tartib va totuvlikni barqarorlashtirishning omili sifatida bayon etilgan. Jinoyatchilikning muhim omili va kriminologiyaning tarkibiy qismi sifatida jabrlanuvchi faqat XX asrning birinchi yarmida tizimli ravishda tadqiq qilina boshlandi. Bu adabiyotlarda nemis kriminologi Gans fon Genting (188-1974)ning 1948-yilda nashr etilgan «Jinoyatchi va uning qurboni» asari bilan bog'lanadi. U o'z tadqiqotida jabrlanuvchiga jinoyat yuzaga kelishining omili sifatida qaragan. Shuningdek, u jinoyatchilikning jinoyatchi va uning qurboni o'rtasidagi o'ziga xos munosabat ekanligini ta'kidlagan. Gans fon Genting jabrlanuvchilar to'g'risida to'plangan ma'lumotlar asosida jinoyatchi va jabrlanuvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tiplarga ajratishni va bu holat jinoyatlar bilan uzviy bog'liqligini ham alohida ta'kidlagan. Shunga ko'ra, u nafaqat jinoyatning sodir etilishini tahlil qilishni, balki kelgusida qurbonlar kimlar ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.2 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.2 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:30 ]
Arxiv ichida: doc