Kriminalistik ballistika

Kriminalistik ballistika

O'quvchilarga / Huquq
Kriminalistik ballistika - rasmi

Material tavsifi

Kriminalistik ballistika Reja: 1. Ballistika tushunchasi va tekshiruv obyektlari 2. O'q-otish qurollarining turlari va qismlari 3. Otilgan o'q va gilzalar asosida otish qurolini identifikatsiyalash 4. Otishdan qoladigan jarohatlarni, otish masofasini, o'qning yo'nalish tomonini aniqlash 5. Portlovchi moddalarni tekshiruv 6. Sovuq qurollarni tekshirish Sud ballistikasi kriminalistika texnikasining bir tarmog'ini tashkil qilib, jinoyat hodisasi bilan bog'liq bo'lgan o'qotar qurollar, o'q-dorilar, portlatish moddalari, o'q otishdan, portlatishdan hosil bo'ladigan o'zgarishlar, izlar va qoldiq moddalarni tekshirish bilan shug'ullanadi. Ballistika (grek tilida ballo otaman so'zini bildiradi) ning asosiy mohiyatini o'q (sochma o'qlar)ning qurol ichidagi va havodagi harakatini o'rganish tashkil etadi. Kriminalistik ballistikada harbiy ballistika va texnikaning ayrim ta'limotlaridan, hozirgi kun yutuqlarini o'z vazifasiga moslashtirilgan holda foydalaniladi. Ballistika sohasiga otish qurollarining tuzilishi, turlari, otishdan hosil bo'ladigan o'zgarishlar, o'q-dorilarni (patron, o'q-gilzalarni) qaysi quroldan otilganligini tekshirish masalalari kiradi. Kriminalistik ballistika fanning boshqa sohalari, ayniqsa trasologiya bilan chambarchas bog'liqdir. Otishdan hosil bo'ladigan o'q va gilzalardagi izlarning vujudga kelish mexanizmini o'rganish va tekshirish, trasologiya nazariyasining umumiy ilmiy asoslariga tayanadi. O'q otishdan hosil bo'ladigan turli alomat va jarohatlar inson tanasida yuz bersa, ular sud-tibbiyot tekshiruvida obyekt bo'lib hisoblanadi, boshqa to'siqlardagi barcha o'zgarish, jarohatlar kriminalistik ballistika sohasiga tegishlidir. Kriminalistik ballistika tekshiruviga quyidagi obyektlar kiradi: o'q-otar quroli, unga o'xshash bo'lgan moslama va yasama qurollar, qurolning ayrim qismlari, otilgan-otilmagan harbiy snaryadlar, portlovchi moddalar va ularning qoldiq zarrachalari, otishdan hosil bo'ladigan turli to'siqlardagi izlar va jarohatlar, alohida otilgan o'q (snaryad), gilza, sochma o'q donalari (drob, kartech) va boshqalar. Hodisa joyidan, jabrlanuvchi tanasidan topilgan va olingan o'q-gilzalar bilan bir qatorda, solishtirib tekshirish uchun eksperimental otishdan hosil qilingan o'q va gilza, porox qoldiqlari, sochma o'q namunalari ham tekshiruv obyektlari qatoriga kiradi. Ballistik tadqiqot o'tkazish vazifasi quyidagi masalalarni o'z ichiga oladi. 1. Tasniflashga oid masalalar bular quyidagilardir: o'q-otar qurollarining tuzilishi bo'yicha turlari, ularning har bir tur yoki guruhga tegishli bo'lgan qismlari; o'q, gilza qanday quroldan otilganligini (aynanlik yoki guruh mansubligini) aniqlash; otish qurollarini, patron, portlovchi moddalar va ularning qismlarini kelib chiqish (ishlab chiqish) usulini aniqlash; otish quroliga o'xshash buyumlarni otish quroli qatoriga kiritish. 2. Diagnostik masalalar: otish qurolining soz-nosozligi, otishga yaroqli ekanligi va quroldan o'q o'z-o'zidan otilib ketishi mumkinligini aniqlash; 3. Identifikatsiyaviy masalalar: otilgan o'q va gilza avval bitta patronni tashkil qilganligini aniqlash; o'q va gilzalar aynan qaysi quroldan otilganligini aniqlash. 4. Otish qurolini qo'llashdagi turli vaziyatlar: otish sharoiti-holati (joyi, masofasi, o'qning yo'nalishi) va boshqa holatlarni aniqlash). O'q otishdan hosil bo'ladigan izlar, jarohatlar inson tanasida, kiyimida yuz bersa sud-tibbiyot tekshiruvi bilan bir qatorda kriminalistik tekshiruv ham o'tkaziladi. Masalan, jabrlanuvchiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 62.03 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 62.03 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga