Kriminalistik identifikatsiya

Kriminalistik identifikatsiya

O'quvchilarga / Huquq
Kriminalistik identifikatsiya - rasmi

Material tavsifi

Kriminalistik identifikatsiya Reja: 1 Kriminalistik identifikatsiya tushunchasi, vazifalari, prinsiplari va shakllari 2 Kriminalistik identifikatsiya obyektlari 3 Identifikatsiya obyektlarining tasnifi 4 Identifikatsiyaviy tadqiqot jarayoni 5 Kriminalistik diagnostika Identifikatsiya atamasi lotincha ldem (aynan o'sha) so'zidan olingan bo'lib, aynanlikni aniqlashni bildiradi. Bu atamani birinchi marta fransiyalik olim Alfons Bertilon odamlarni ro'yxatga olishga bag'ishlangan o'z ixtirosida qo'llagan. Kriminalistik identifikatsiya jinoyat ishi bo'yicha qidirilayotgan, aniqlanishi lozim bo'lgan muayyan (odam, buyum) obyektning aynan o'zi ekanini bildiradi. Tabiatda va jamiyatda barcha obyektlar bir-biridan farq qiladi va faqat o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bir obyekt boshqa obyekt bilan aynan teng bo'lolmaydi. Obyektlar o'zaro juda o'xshash, bir xildagi belgilarga ega bo'lishi mumkin. Aynanlik falsafiy asoslarga ega: 1) har bir moddiy obyekt faqat o'ziga teng; 2) obyektlar doimo o'zgarishda, lekin bu o'zgarishlar nisbiy bo'lib, ularni aniqlash va hisobga olish imkoniyati mavjud; 3) obyektlar o'zaro munosabatda, boshlanishda bo'lgani sababli, ularning belgilari boshqa obyektlarda o'z aksini topadi. Har bir obyekt boshqa obyekt kabi o'xshash xususiyatlarga ega. Shu asosda u muayyan guruh, turga oid hisoblanadi. Demak, aynanlikdan tashqari ba'zi hollarda o'xshashlik, ya'ni obyektlarning biror guruhga oidligini aniqlash bilan kifoyalanadi. Aynanlik va o'xshashlikni aniqlash vositasida jinoyat ishiga oid bir qancha holatlar aniqlanadi. Chunonchi: narsaning belgilari - uni qaysi korxona, qachon yasab chiqarganini; hodisa sodir bo'lgan joydagi moddiy izlar - u yerda kim, qanday harakat qilganini; o'q va gilzani tekshirib, otish qurolining turi va aynan o'zini; dastxat bo'yicha uni yozgan shaxsni; odam oyog'ining izi bo'yicha - shu odamning bo'yini; qog'oz va siyohning belgilari bo'yicha hujjatning necha yil muqaddam yozilganini aniqlash imkoniyatlari bor. Jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida turli obyektlarni qidirish va aniqlash zaruriyati doimiy hodisa sodir bo'lgan joyda qolgan qo'l izi bo'yicha - shaxs, g'ildirak izlari bo'yicha - avtotransport vositalari, kiyim yoki poyabzaldagi tuproq va o'simlik qoldiqlari bo'yicha joy kabilar aniqlanadi. Identifikatsiya jarayonida iz qoldirgan obyekt qolgan iz bilan taqqoslab ko'riladi. Agar izni shu obyekt qoldirgan bo'lsa, aynanlik qayd etiladi. Iz deganda faqat moddiy izlar (qo'l, oyoq, buzish qurollari va h.k.) tushunilmay, balki tasviri bor barcha buyumlar: qo'lyozma, fotosurat, narsaning qoldiqlari, qismlari kabilarni, shuningdek, xotirani tasavvur etish lozim. Boshqacha aytganda, kriminalistik identifikatsiyada «izlar» atamasi keng ma'noda qo'llaniladi. Jinoyatni tergov qilish jarayonida o'xshashlik tushunchasi, uni aniqlash prinsiplari va metodikasiga oid qoidalar va amaliy tavsiyalar majmui kriminalistik identifikatsiya to'g'risidagi nazariyani tashkil etadi. Mazkur ta'limotning kelib chiqishi S.M.Potapov nomi bilan bog'liq. U 1940-yilda «Kriminalistik identifikatsiya prinsiplari» asarini e'lon qildi. N.V.Terziyev va V.Y.Koldinning tadqiqotlarida kriminalistik identifikatsiya nazariyasiga oid umumiy masalalar tadqiq etildi. Shu bilan birga kriminalistik, kimyoviy, biologik va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 71.61 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 71.61 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga