Kriminalistik ro'yxatga olish Reja: 1. Kriminalistik ro'yxatga olish tushunchasi va uning ahamiyati 2. Kriminalistik ro'yxatga olish tizimi Kriminalistik ro'yxat (jinoyatni qayd qilish) deb, jinoyat sodir qilgan shaxs, shuningdek, jinoiy voqea bilan sababli bog'lanishda bo'lgan narsalar haqida ma'lumotlarni qayd qilish, yig'ish va tartibga solishning ilmiy usuliga aytiladi. Undan jinoyatni tergov qilish va oldini olish maqsadlarida foydalaniladi. Jinoyatlarni ochish va tergov qilishda tergovchi va tezkor xodim kriminalistik ro'yxatga olish deb ataluvchi turli xildagi hisobga olish axborotlaridan muntazam foydalanadilar. Ro'yxatga olish yordamida shaxslar, izlar, narsalar va boshqa turli obyektlar haqida kriminalistik jihatdan ahamiyatli axborot olinadi. Bunday axborot tergov va tezkor-qidiruv yo'li bilan to'planadi. Hisobga olish tizimi muntazam takomillashib bormoqda. Dastlab u jinoyatlarni ro'yxatga olish tariqasida boshlanib, so'ngra jinoiy ta'qib qilingan shaxslarni hisobga olgan. Hozirgi vaqtda bunday shaxslardan tashqari bir talay boshqa obyektlar ham hisobga olinadi. Shu sababli «kriminalistik ro'yxatga olish» atamasi «jinoyatlarni ro'yxatga olish»dan ko'ra zamonaviy hisoblarni to'laroq aks ettiradi. Kriminalistika amaliyoti bu xil axborotlarni ularning yaroqliligi jihatidan tekshiruvdan o'tkazadi, bir xillari ko'p yillar davomida mavjud bo'ladi, boshqalari o'zgaradi va bekor qilinadi. Jinoyat-protsessual qonunida kriminalistik ro'yxatga olish nazarda tutilmagan, u qonun osti hujjatlari - buyruqlar, yo'riqnomalar, dastur-qo'llanmalar bilan tartibga solinadi. Amaliyotda tergovchining, tezkor xodimning, prokurorning, sudyaning so'rovi hamda qiziqtiruvchi obyekt ro'yxatga olishdan o'tkazilganini ko'rsatuvchi holatlar mavjud. Ular ilgarigi ro'yxat bo'yicha tekshiriladi. Tekshirish natijalari yuzasidan javob tayyorlanib, so'rovchiga yuboriladi. Ba'zan tergovchi va prokuratura xodimlari o'zlari so'rab olmay, bu ishni qonunga muvofiq surishtiruv organlariga topshiradilar. Kriminalistik hisobga olishlar yordamida qidirilayotgan va vafot etgan fuqaroning shaxsini, avvalgi sudlanganlikni, jinoyatlarni sodir etishda ilgari qatnashganlikni, qurol, raqamlangan ashyolar singari narsalarning kimga tegishliligini, bir xil usulda, bir shaxs, shaxslar guruhi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar turkumini aniqlash mumkin bo'ladi. Kriminalistik ro'yxatga olishni kriminalistik ma'lumotlarni to'plash, tizimlashtirish, saqlash, izlash va qiyosiy tekshirish bo'yicha faoliyat sifatida ta'riflash mumkin. Ro'yxatga olish jarayonini hisobga olish obyektlarini aniqlashdan, ularning guruh holidagi va xususiy alomatlarini, shu alomatlarni qayd etish usulini, hisobga olish shaklini, ro'yxat hujjatlarini joylashtirish, kerakli obyektlar to'g'risida va obyektlarni hisobdan chiqarish qoidalari haqida ma'lumotlar olish tartibini belgilab qo'yishdan iborat. Hisobga olinishi lozim bo'lgan obyektlar jumlasiga ma'lum va noma'lum odamlar, narsalar izlar, hujjatlar, hayvonlar, ochilmagan jinoyatlar kiradi. Ma'lum odamlar - bular qidiruv e'lon qilingan, hibsga olingan, ushlab turilgan, sudlangan, bedarak yo'qolgan, daydilik va tilamchilik bilan shug'ullanuvchilar tezkor qiziqish uyg'otuvchi shaxslardir. Noma'lumlar - tanilmagan murdalar, yashiringan jinoyatchilar, ruhiy kasallar va shaxsi aniqlanmagan bolalardir. Ma'lum narsalar - yo'qolgan o'qotar qurol, o'g'irlangan ashyolar, olib qochilgan avtomobillardir. Noma'lum ashyolar esa, aniqlangan o'qotar qurol, soxta pul birliklari va turli hujjatlarni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.46 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.46 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:31 ]
Arxiv ichida: doc