Kriminalistik taktikaning umumiy qoidalari Reja: 1. Kriminalistik taktika tushunchasi va uning vazifasi 2. Kriminalistik taktika tizimi 3. Taktik usullar, taktik qarorlar, tergov vaziyatlari va kriminalistik taktikaning boshqa qoidalari Kriminalistik taktika - kriminalistika fanining bo'limlaridan biri hisoblanadi. «Taktika» atamasini jinoyatlarni tergab-tekshiruvchi shaxslarning ishiga tatbiqan birinchilardan bo'lib XIX asr oxirida nemis muallifi A.Veyngardt qo'llagan. «Taktika» atamasi asosan harbiy bilimlar sohasida qo'llanadi. Taktikaga harbiy fanning jang mohiyatini, uning qonuniyatlarini, uni olib borish usullarini o'rganuvchi hamda strategiya va tezkor mahoratga (grekcha taktika - qo'shinlarni safga tizish mahorati so'zidan) nisbatan tobe holatni egallab turuvchi tarmog'i tariqasida qaraladi. Jinoyatlarni ochish va tergov qilishni amalga oshiruvchi shaxslar raqib bilan jang olib bormasligi sababli, «taktika» atamasi kriminalistikada shartli ravishda, tergov faoliyatini va uni tashkil etish mahoratini belgilash uchun qo'llaniladi. Tergov faoliyati - bu yuridik amaliyotning maxsus vakolatli shaxslari - tergovchilar va surishtiruvchilarning jinoyatlarni oldini olish, ularni fosh etish va tergov qilish bo'yicha qonun normalarida nazarda tutilgan ishlaridan iborat. Uning mazmun va mohiyati xilma-xil bo'lib, jinoyat ishlari bo'yicha tergovchilar mehnatining me'yoriy, tashkiliy, psixologik, mantiqiy, empirik va boshqa jihatlarini o'z ichiga oladi. Dastavval kriminalistikada taktik jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish bilan shug'ullanadigan shaxslarga ularning ishlarini rejalashtirish yuzasidan beriladigan nazariy jihatdan asoslangan tavsiyalarining majmui tariqasida maydonga kelgan. Bora-bora uning mazmun-mohiyati o'zgarib, an'anaviy qoidalar bilan bir qatorda kriminalistik taktikaga tergov faoliyatini tashkil etish bilan bog'liq talay yangi nazariyalar, ta'limotlar, tavsiyalar qo'shila bordi. Kriminalistik taktikaning eng muhim qoidalari jumlasiga quyidagilar kiradi: - jinoyatlarni tergov qilish chog'idagi tergov harakatlarining oqilona taktik usullari; - kriminalistik taktik kombinatsiyalar (harakatlar majmui) va operatsiyalar; - jinoyatlarni tergov qilishni rejalashtirish va tezkor-qidiruv xodimlari bilan tergovchining o'zaro hamkorligi; - jinoyatlarni tergov qilishda jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining yordamidan foydalanish; - jinoyatlarni tergov qilishda gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining shaxsini o'rganish; - jinoyatlarni tergov qilishda maxsus bilimlardan foydalanish; - tergovchining jinoyatlarni oldini olishga doir faoliyati. Dastlab kriminalistik taktika faqat jinoyatlarni tergov qilishni tashkil etish asoslari to'g'risidagi bilimlar va ayrim tergov harakatlarini o'tkazish bo'yicha tavsiyalarnigina o'z ichiga olgan. Keyinroq esa jinoyatlarning ayrim turlarini tergov qilishni tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari ham ko'rib chiqila boshlandi. Hozirgi vaqtda kriminalistik taktika kriminalistikaning tergov faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarini qonuniylik talablariga qat'iy muvofiq holda ishlab chiqish maqsadida ana shu faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish qonuniyatlarini o'rganuvchi mustaqil bo'limi hisoblanadi. Kriminalistik taktikaning qoidalari, tavsiyalari va xulosalari kriminalistika fanidagi barcha qolgan bo'limlarining mazmuni bilan uzviy bog'liqdir. Kriminalistik taktik nazariyalari, ta'limotlari va kategoriyalari kriminalistikaning metodologik asoslari, kriminalistik identifikatsiyalash va diagnostikalash, jinoyat sodir ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.9 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.9 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:31 ]
Arxiv ichida: doc