Kriminalistik tergov metodikasining umumiy holatlari

Kriminalistik tergov metodikasining umumiy holatlari

O'quvchilarga / Huquq
Kriminalistik tergov metodikasining umumiy holatlari - rasmi

Material tavsifi

Kriminalistik tergov metodikasining umumiy holatlari Reja: 1. Jinoyatlarni tergov qilish kriminalistik metodikasi tushunchasi, tuzilishi, tergov vaziyatlari 2. Jinoyatlarning kriminalistik tavsifi 3. Tergov va tezkor qidiruv xodimlarining o'zaro hamkorligi Jinoyatlarni tergov qilish metodikasi kriminalistika fanining to'rtinchi qismida bo'lib, u qonuniylik talablariga muvofiq holda, tergov va surishtiruvni samarali o'tkazish bo'yicha ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida jinoyatlarni ochish, ter-gov qilish hamda ularning oldini olishni tashkil qilish va amalga oshirish qonuniyatlarini o'rganadi. Bu qonuniyatlar jinoyat alomat-lari bo'lgan hodisalar haqidagi dastlabki axborotni tekshirish, ji-noyatlarni tergov qilish chog'ida isbotlanishi lozim bo'lgan holat-larni aniqlaydi. Shuningdek, jinoyat ishlarining har xil turlari bo'yicha haqiqatni aniqlash uchun tergov harakatlarini va jinoyat-protsessual qonunida nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlarning dasturlarini ishlab chiqish, jinoyatlarni tergov qilish uchun qo'lla-niladigan tergov harakatlarini tayyorlash hamda o'tkazish va shu kabi holatlarning eng muhim xususiyatlarini ham aks ettiradi. Ularni bilishga jinoyatlarni ochish, tergov qilish va oldini olish bilan bog'liq obyektlarni kriminalistik nuqtai nazaridan o'rganish, ter-gov faoliyatining asosiy rivojlanish yo'nalishlarini umumlashti-rish va aniqlash, shuningdek tergov va surishtiruvni tashkil etish hamda ularni o'tkazishdagi o'ziga xos aloqalar va o'zaro bog'liqlik-ning barqaror jihatlarini tekshirish hamda aniqlash yo'li bilan erishiladi. Kriminalistik metodika o'rganadigan qonuniyatlar o'z xususiyatiga ko'ra ikki qismdan: umumiy qoidalar va jinoyatlarni tergov qilishning xususiy (turga oid) kriminalistik uslubiyotlar tizimidan iborat. Umumiy qoidalar - kriminalistik metodikaning nazariy asoslari bo'lib, u kriminalistikaning mazkur qismining mavzui (predmeti)ni, ilmiy bilimlarning boshqa sohalari bilan aloqa-larini, xususiy kriminalistik metodikalarni tuzish, ishlab chiqish va ulardan foydalanishga oid eng muhim masalalarni hamda jinoyat-larni ochish, tergov qilish va ularning oldini olish muammolarini tadqiq etishni o'z ichiga oladi. Pirovard natijada samarali xususiy kriminalistik metodikalarning yaratilishi va ularning jinoyatchi-likka qarshi kurashda muvaffaqiyatli qo'llanilishi ana shu masala-larning qanchalik puxta ishlab chiqilganligiga bog'liq bo'ladi. Xususiy metodlar kriminalistika fanining pirovard «mahsuloti» bo'lib, amaliy xususiyatga ega bo'lgan hamda tergovchilar va surishtiruvchilarga jinoyatlarning har xil turlarini ochish, tergov qilish va bartaraf etishda ularning ishlarini muvofiqlashtirish uchun mo'ljallangan, nazariy jihatdan asoslangan tavsiyalar majmuidan iboratdir Kriminalistik metodikalarning umumiy qoidalaridan farqli o'laroq xususiy uslubiyotlar bu - jinoyatlarning ayrim turlarini ochish, tergov qilish va jinoyatchilikni bartaraf etishni tashkil qilish bo'yicha uslubiy toifalashtirilgan tizimidir. Kriminalistik tavsiyalar - jinoyatlarning muayyan turla-rini ochish, tergov qilish va ularning oldini olishni tashkil etish hamda amalga oshirish bo'yicha ilmiy ishlab chiqilgan va amalda tekshirilgan qoidalar (takliflar)dir. Har bir xususiy uslubiyot amalda turli sharoitlarda ishlash uchun o'zaro bir-biriga bog'liq masla-hatlar tizimini (majmuini) hosil qiluvchi bir necha tavsiyani o'z ichiga oladi. Tergov qilish metodikasi bu - jinoyat ishini yuritishga doir qonun talablaridan, vujudga kelgan tergov vaziyati xususiyatlaridan, jinoyatlarning mazkur turini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 60.28 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 60.28 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga