Kriminalistik texnikaning umumiy qoidalari

Kriminalistik texnikaning umumiy qoidalari

O'quvchilarga / Huquq
Kriminalistik texnikaning umumiy qoidalari - rasmi

Material tavsifi

Kriminalistik texnikaning umumiy qoidalari Reja: 1. Kriminalistik texnika tushunchasi va uning vazifalari 2. Kriminalistik texnika tekshiruv vositalari va uslublari 3. Kriminalistik texnikaning tergov va tezkor-qidiruv ishlarida qo'llanilishi Kriminalistik texnika - fanning bir bo'limi bo'lib, jinoyatlarni tergov qilish jarayonida dalillarni topish, mustahkamlash, ko'chirib olish va tadqiq etishda qo'llanadigan maxsus asbob-uskunalar, texnik vositalar haqidagi ilmiy-nazariy bilimlar tizimi hisoblanadi. Shu bilan birga kriminalistik texnika dalillarni topish, ularni tekshirish jarayonida qo'llanadigan amaliy bilimdir. Kriminalistik texnika bo'limi jamiyatning ilmiy va texnik rivojini ta'minlaydigan tabiiy fanlar (biologiya, fizika, ximiya va boshqalar) yangi texnika-texnologiya vositalari (kompyuter texnologiyasi, informatika kabilar) yutuqlari kriminalistik faoliyatda, ayniqsa jinoyatni tergov qilishda va oldini olishda keng qo'llaniladi. Texnik vositalar deganda, faqat asbob-anjomlarni (yorituvchi, o'lchovchi va boshqalarni)gina emas, balki texnik qurilmalarni, maxsus kriminalistik faoliyatda qo'llaniladigan mikroskoplar, nurlarni va ranglarni ajratuvchi spektrograflar, ovoz yozish, tasvir yozish va boshqalar nazarda tutiladi. Kriminalistik texnika bo'limiga tergov jarayonida zarur bo'lgan informatik ma'lumotlar: izlarni topish va tekshirish, otish qurollarini identifikatsiya qilish, turli ma'lumotlarning manbai bo'lgan hujjatlarni tadqiq etish masalalaridan iborat. Mazkur bo'lim tizimiga, shuningdek, odamlarning tashqi qiyofa belgilari asosida identifikatsiya qilish va kriminalistik ro'yxat ma'lumotlarini qo'llashning maxsus qoidalari ham kiradi. Kriminalistik texnika tizimida turli obyektlarni, izlarni tadqiq etishda qo'llanadigan uslublar ham muhim ahamiyatga ega. Kriminalistik texnikaning vazifasi sodir etilgan jinoyatga doir ma'lumotlarni qidirish, topish, tadqiq etish va aniqlashdan iboratdir. Jinoyat esa, tekshirilayotgan voqea holatining moddiy xossalarida o'z aksini topadi. Kriminalistik texnika deganda jinoyatni aniqlash, ochish va uning oldini olish uchun foydalaniladigan turli texnika qurilmalari, uskunalar, apparatlar, asboblar, buyumlar va moslamalarni tushunish kerak. Kriminalistik texnikada O'zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarining ilg'or tergov tajribasi, shuningdek, kimyo, biologiya, fizika va boshqa fanlardan foydalaniladi. Kriminalistik texnika jinoyatchilikka qarshi kurashda yuqorida ko'rsatilgan fanlarning ayrim yutuqlarini tergovni olib borish vazifalariga moslaydi, ijodiy boyitadi va muayyan maqsadda qo'llaydi. Shuningdek, kriminalistikaning o'z negizida maxsus yo'l-yo'sinlari, uslublari va kriminalistikada, bir tomondan, tabiiy va texnika fanlari, boshqa tomondan, jinoyatlarni ochish va ularni oldini olish uchun yaratilgan uslublar tizimi jamlangan. Kriminalistik texnikaning mohiyati jinoyat voqeasi bilan bog'liq bo'lgan moddiy vaziyatni aniqlash, o'rganish, qayd etish, texnik vositalar, yo'llar va uslubdan foydalanish, ularni tadqiq qilish, shuningdek, texnik-kriminalistik jihatdan tavsiflash kriminalistik ahamiyatga ega bo'lgan obyektlarni qidirish, identifikatsiyalash uslublarini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iboratdir. Jinoyat - yuz bergan, sodir etilgan voqeadir. Jinoyatchini topish va keyinchalik o'rganishda voqea yuz bergan joyda, jabrlangan odamning tanasida, kiyim-kechagida qoladigan moddiy izlarning ahamiyati kattadir. Kriminalistik texnika har qanday iz va ashyoviy dalillarni topish, saqlab qolish, qayd etish, olish va tadqiq etish vositalari, yo'l-yo'riqlari va uslublarini ishlab chiqish bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 65.37 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 65.37 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga