Kriminalistik trasologiya

Kriminalistik trasologiya

O'quvchilarga / Huquq
Kriminalistik trasologiya - rasmi

Material tavsifi

Kriminalistik trasologiya Reja: 1. Trasologiya tushunchasi va izlarning tasniflari 2. Qo'l barmoq izlari 3. Oyoq va poyabzal izlari 4. Buzish qurollaridan qolgan izlar 5. Transport vositalarining izlari 6. Izlarni ko'zdan kechirish va protsessual rasmiylashtirish 7. Trasologik ekspertiza hal qiladigan masalalar Trasologiya so'zi fransuzcha «la tras» - iz, grekcha «logos»-ta'limot so'zlarining birikuvidan hosil bo'lib, izlar haqidagi ta'limot degan ma'noni anglatadi. Trasologiya jinoyatlarni fosh qilishda va unga qarshi kurashda qo'llaniladigan kriminalistik texnikaning muhim sohalaridan biridir. Izlar haqidagi ta'limot deganda keng ma'noda jinoyat sodir qilish natijasida vujudga keladigan barcha o'zgarishlar to'g'risidagi bilimlarni tushunamiz. Izlar jinoyat sodir etilgan joyda, jinoyatchining badanida va kiyimida hosil bo'ladi. Kriminalistikada izlar ikki guruhga ajratiladi: Hodisa yoki uning ayrim holatlari inson ongiga singib xotirasida saqlanadi va ma'lum vaqtlarda ma'lumot-axborot shaklida tiklanadi. Bu xildagi izlarni shartli ravishda xotiraviy izlar desa bo'ladi. Izlarning bu turi subyektiv xarakterga ega bo'lib insonning sezish, qabul qilish, tafakkur qilish, xotirasida mustahkam va uzoq muddatgacha saqlash qobiliyatiga, shuningdek, boshqa jismoniy va ruhiy xususiyatlariga bog'liqdir. Moddiy izlar-jinoiy hodisa bilan bog'liq bo'lgan turli harakatlar natijasida bir obyektdan ikkinchi obyektda uning ma'lum qismidan aksi, modda qoldig'i yoki boshqa o'zgarish alomatlari qoladi. Izni hosil qiluvchi obyekt izni o'zida aks ettiruvchida faqat kontakt bo'lgan tashqi tuzilishining biror qismidangina iz qoldiradi. Shu asosda iz hosil bo'lishida ikki obyekt o'zaro munosabatda bo'lib, birinchisi izni hosil qiluvchi, ikkinchisi izni o'zida aks ettiruvchi obyektlar guruhini tashkil qiladi. Izlarni hosil bo'lish mexanizmi deyilganda, bir obyektning ikkinchi bir obyektda o'z tasvirini qoldirish jarayonini tushunish kerak. Ular individualligi va o'ziga xos xususiy belgilariga ega. Ana shu belgilar bir obyektning ikkinchi obyektga ta'siri natijasida iz hosil qiladi. Trasologiya bu - izlarning hosil bo'lish mexanizmini, iz hosil qiluvchi obyektlarning guruh va individual mansubligini aniqlash, izlarning aksini qidirib topish, qayd etish va tekshirish uchun qo'llaniladigan ilmiy-texnika vositalari va metodlarini ishlab chiqish haqidagi ta'limotdir. Izlar quyidagicha tasniflanadi: 1. Kelib chiqish shakli bo'yicha: - botiq izlar; - yuzaki izlar; 2. Hosil bo'lish mexanizmi bo'yicha: - statik izlar; - dinamik izlar; 3. Izlarning zarrachalar hisobidan hosil bo'lishiga qarab: - lokal izlar; - periferik izlar. Amaliy jihatdan izlarni tasniflash ularni qidirib topish, nusxasini olish, tadqiq etishda har bir izni qay usulda hosil bo'lganligini protsessual hujjatlarda to'g'ri-aniq ifodalash imkonini beradi. Botiq izlar - qabul qiluvchi yuzaning iz qoldiruvchi obyekt bilan kontaktda bo'lgan joyning to'qnash kelgan qismidagi o'zgarish hisobiga hosil bo'ladi. Buning natijasida iz qoldiruvchi obyektning tasviri qabul qiluvchi obyektda botiq holatda o'z aksini topadi. Yuzaki izlar qabul qiluvchi obyektda iz qoldirgan obyekt yuza qismining aksi o'tishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.57 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.57 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga