Kriminalistika fani, uning vazifalari, tizimi, yuridik va boshqa fanlar bilan aloqalari

Kriminalistika fani, uning vazifalari, tizimi, yuridik va boshqa fanlar bilan aloqalari

O'quvchilarga / Huquq
Kriminalistika fani, uning vazifalari, tizimi, yuridik va boshqa fanlar bilan aloqalari - rasmi

Material tavsifi

Kriminalistika fani, uning vazifalari, tizimi, yuridik va boshqa fanlar bilan aloqalari Reja: 1. Kriminalistika fani va uning vazifalari 2. Kriminalistika tizimi 3. Kriminalistikaning yuridik va boshqa fanlar bilan aloqalari Kriminalistika jinoyatchilikni ochish va tergov qilishning taktik-metodologik usullari va shu maqsadda qo'llaniladigan ilmiy-texnik vositalar va ularni joriy qilish to'g'risidagi fan. Uning asosiy vazifasi tergov qilishda va jinoyatchilikni ochishda huquqni himoya qiluvchi organlarni ilmiy asoslangan usullar, vositalar va metodlar bilan qurollantirishdan iboratdir. Hozirgi kriminalistika tarkibiga kirgan g'oyalar, mulohaza va tavsiyalar juda qadimdan boshlab turli mamlakatlarda jinoyatchilikka qarshi kurash tajribasida shakllanib kelgan. Bu haqda I.F.Krilovning bir qator asarlarida batafsil bayon qilingan. Shuningdek, nemis olimi Lyudvig fon Yagemann jinoyatlarni tergov qilish nazariyasini 1838 yilda «Sud tergovi bo'yicha qo'llanma» kitobida atroflicha yoritib berdi XlX asrning oxirlarida sud tibbiyoti, jinoyatchilarni ro'yxatga olish, ashyoviy dalillarni tekshirish va tergov faoliyatining tashkiliy asoslariga e'tibor kuchaydi. «Kriminalistika» atamasi lotincha criminal - jinoyat so'zidan olingan. Birinchi marta XlX asr oxirida avstriyalik olim Gans Gross jinoyatning tergov qilish texnikasi, taktikasi va metodikasini o'rganadigan fanga nisbatan shu atamani qo'llagan edi. U jinoyat huquqiga nisbatan kriminalistikani yordamchi fan hisoblab, kriminalistika jinoyat huquqini amalga oshirishga qaratilgan ta'limot, deb atadi (Gross G. Rukovodstvo dlya sledovateley kak sistema kriminalistiki. 3-izd. SPb. 1908). «Agar tergovchi guvohning ko'rsatuvlarini tushuna olmasa, noto'g'ri baholasa, jinoyatchi qo'llagan usullarni bilmasa yoki kriminalistik qoidalar bilan umuman tanish bo'lmasa, barcha urinishlari besamar bo'lib qoladi -deb yozadi G.Gross. Kriminalistikani turli mamlakatlarda turlicha nom bilan atashgan: «ilmiy politsiya», «texnik politsiya», «jinoiy texnika» va h.k. Bizning davrimizda ham bu atama bir xilda qo'llanilmaydi. Bir qator mamlakatlarda u kriminalistik texnika ma'nosida ishlatiladi. Kriminalistika tarixi jinoyatni ochish, tergov qilish va oldini olish maqsadida tergov amaliyotini o'rganish va umumlashtirish, texnik va tabiiy bilimlardan faol foydalanish asosida shakllandi. Keyingi yuz yillik davomida boshqa fanlar erishgan qator yutuqlar kriminalistikada jinoyatni tergov qilish va ochish maqsadida keng foydalanildi. Kriminalistika maqsadlari uchun mo'ljallangan yoki maxsus tayyorlangan texnik vositalar, usullar va metodlar tizimini yaratish ishlari ancha faollashdi. Fotografiya kashf etilgandan keyin uning umumilmiy va amaliy qoidalaridan iborat kriminalistik texnikaning tarkibiy qismi hisoblangan sud fotografiyasi vujudga keldi. Kimyo va fizika fanlari erishgan yutuqlar hujjatlarni kriminalistik texnika vositalari va metodlari yordamida tadqiq etish; fiziologiya qonunlari dastxatni o'rganish, psixologiya qonunlari so'roq qilish taktikasini tashkil qilish uchun asos yaratib berdi. Ayni vaqtda tergov, sud tajribasini va ekspert amaliyotini o'rganish va o'zlashtirish kriminalistikani alohida fan sifatida tarkib topishiga sabab bo'ldi. Ammo bu fanning tabiati haqida umumiy tushuncha shakllanishi ko'p mashaqqatli bo'lgan. Masalan XX-asr boshlarida bu fanga jinoyatchilikka qarshi kurashda faqat amaliy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 56.19 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 56.19 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga