Kriminalistika metodlari

Kriminalistika metodlari

O'quvchilarga / Huquq
Kriminalistika metodlari - rasmi

Material tavsifi

Kriminalistika metodlari Reja: 1. Kriminalistikada qo'llaniladigan metodlar tasnifi 2. Umumilmiy kriminalistik metodlar 3. Maxsus kriminalistik metodlar Metod - bu ma'lum maqsadga erishish uchun tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalarni tadqiq etish usullari degan ma'noni anglatadi. Faqat tadqiqot natijalari emas, balki unga olib boradigan yo'l ham haqiqiy bo'lishi kerak. Har qanday fanlar kabi kriminalistika ham tabiat va jamiyat voqeliklarini hamda predmetlarni bilishning umumfalsafiy va mantiqiy usullariga suyanadi. Lekin har bir fan o'zi tekshiradigan jabhalarning mohiyati va tadqiq qilishning maqsad-vazifalariga xos bo'lgan turli muayyan uslublardan foydalanadi, shuningdek, yangi uslublar yaratadi. Kriminalistikada turli xil metodlar qo'llaniladi, ularni tasniflashda, eng avvalo, kriminalistikaning fan va amaliyot borasidagi metodlarini farq qilish kerak. Ulardan foydalanish imkoniyatlari tergov harakatlarini amalga oshirish maqsadi, shart-sharoiti va usullari bilan belgilanadi. Masalan, tergov eksperimenti amaliy faoliyat metodi sifatida faqat protsessual qonun bilan qat'iy tartibga solingan holda qo'llaniladi va ish uchun ahamiyatli bo'lgan ma'lumotlarni tekshirish hamda aniqlab olish maqsadida amalga oshiriladi. Ilmiy ekspertimentlarga bunday talablar qo'yish shart emas. Kriminalistika, amaliy faoliyatda metodlar protsessual qonunlar va kriminalistikaning nazariy qoidalari asosida yaratiladi va foydalaniladi. Shu bilan birga kriminalistik metodlar boshqa barcha fanlar to'plagan ilmiy qoidalarga ham suyanadi. Masalan, shaxsni so'roq qilishda sud psixologiyasi qoidalari asos bo'lib xizmat qiladi, mantiq qoidalari tergov versiyalarini yaratish va foydalanishda muhim rol o'ynaydi. Kriminalistikada metodlar quyidagi talablarni qanoatlantirishi kerak: qat'iy ilmiy asosga suyanish; qonunlarni buzmaslik; axloq normalariga rioya qilish; xavfsiz bo'lish. Kriminalistikada qo'llaniladigan metodlar tasnifi turli asoslarga ega. Ular mazmuniga ko'ra umumilmiy va maxsus turlarga bo'linadi. 2. Umumilmiy kriminalistik metodlar Umumilmiy metodlar ichida, eng avvalo, dialektik metod muhim o'rin egallaydi. Unga binoan har bir buyum boshqalari bilan o'zaro aloqalarda, harakatda, muayyan sharoitlarda kelib chiqishi va yo'qolishi mumkin. Jinoyatni ochish va tergov qilishda kelib chiqadigan har qanday masalani hal etishda dialektika tadqiq etilayotgan hodisaga obyektiv yondashuvning munosabatlari va aloqalarini, shuningdek, unga xos barcha xususiyatlarni e'tiborga olishni talab etadi. Dialektika qonunlari barcha narsalar va voqeliklarning mohiyatini tadqiq qilish, bilish, shunday ekan jinoyatni ochish va uni sodir etgan shaxsni aniqlash imkoniyati bor, degan bilish nazariyasiga asoslanadi. Dialektik metod turli munosabat va aloqalar e'tiborsiz qolib ketishidan, bir tomonlama tergov qilishdan, faqat bir xil holat bilan qiziqishdan saqlaydi. Umumilmiy metodlarning muayyan turlariga kuzatuv, qiyoslash, o'lchash, tasvirlash, eksperiment o'tkazish, modellashtirish va boshqalar kiradi. Kuzatuv. Predmetlar va hodisalarni faol bir maqsadga qaratilgan reja asosida va bevosita qabul qilish kuzatuv orqali amalga oshiriladi. Kuzatuv amaliy faoliyatda tintuv va boshqa tergov harakatlarini amalga oshirish chog'ida alohida ahamiyatga ega. Kuzatuv vazifalari predmet yoki hodisa xarakteriga qarab belgilanadi. Bir holatda - qidirilayotgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.83 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.83 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga