Kriminologik tadqiqotlarning tashkiliy asoslari va metodlari

Kriminologik tadqiqotlarning tashkiliy asoslari va metodlari

O'quvchilarga / Huquq
Kriminologik tadqiqotlarning tashkiliy asoslari va metodlari - rasmi

Material tavsifi

Kriminologik tadqiqotlarning tashkiliy asoslari va metodlari Reja: Jinoyatchilikni ilmiy-amaliy jihatdan o'rganishning nazariy asoslari Kriminologik axborot Jinoyatchilikni ilmiy-amaliy jihatdan o'rganishning nazariy asoslari Jinoyatchilikni ilmiy-nazariy jihatdan o'rganish o'ziga xos ijtimoiy- huquqiy yondashuvni talab etadi. Avvalgi boblarda bayon etilganidek, jinoyatchilik ijtimoiy hayotdagi mavjud yashash qoidalarining, jamiyat qonunchiligida qayd etilgan talablarning buzilishida namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham jinoyatchilikni ilmiy-nazariy jihatdan bilish amaliy jihatdan uni keltirib chiqaruvchi sabablarni o'z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etishga zamin yaratadi. Shuningdek, jinoyatchilikni nazariy jihatdan tahlil etish davlatning huquqni muhofaza qilish hamda huquq-tartibotini amalga oshirish faoliyatini to'g'ri yo'nalishda tashkil etish va shu orqali jamiyat a'zolarining huquqlarini ta'minlashning eng ma'qul yo'llarini belgilash imkoniyatini yuzaga keltiradi. Jamiyat taraqqiyotida, shu jumladan jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishda fan-texnika yutuqlarini rad etish, ushbu muammoga yuzaki qarash ish samarasining hamda kuch va vositalarni qo'llash unumining kamayishiga olib kelishini unutmaslik darkor. Qiyoslaydigan bo'lsak, harbiy sohada u yoki bu tadbirni amalga oshirish uchun avvalo dushmanning harbiy kuchi va maqsadini oldindan bilish hamda tahlil etish g'alabani ta'minlashda katta ahamiyatga ega. Jinoyatchilikka qarshi kurash ham mantiqan bayon etilgan holatlarni e'tiborga olishni talab etib, mazmunan o'z ichiga jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishda o'ziga xos yondashuv bo'lishini taqozo etadi. To'g'ri, jamiyatda qonun ustunligini ta'minlash va shu asosida jamiyat xavfsizligi hamda jamoat tartibini tashkil etish katta ahamiyatga ega. Buning uchun esa birinchi navbatda huquq-tartibotni ta'minlash hamda huquq buzilishi bilan bog'liq holatlarni, ayniqsa, qonun asosida qo'riqlanadigan shaxs manfaatlariga qarshi qaratilgan jinoiy tajovuzlarning oldini olish asosiy o'rin tutadi. Bunday jinoiy tajovuzlarga yo'l qo'ymaslikning eng muhim sharti zarur hollarda huquq-tartibotni yuqori darajada ta'minlanishidir. Albat- ta, bu chora-tadbirlar o'z mazmuniga ko'ra farqlanadi hamda jinoyatchilikning oldini olish uchun zarur bo'lgan chora-tadbirlarni belgilashda aniq maqsadlar qo'yiladi. Ilmiy jihatdan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun jinoyatchilik, uning mavjud holati yuzasidan aniq ma'lumotlarga ega bo'lish, jinoyatchilik tizimi va uning sur'ati, ya'ni dinamikasi xususida hamda ma'lum bir huquqbuzarliklarning umumiy va xususiy (aynan bir jinoyatga xos bo'lgan) sabablari hamda sharoitlarini bilish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, jinoyatchilikning hududiy mintaqalarda, tarmoqlarda, xalq xo'jaligi va ishlab chiqarish obyektlarida namoyon bo'lishining o'ziga xos farqlari, jinoyatchilik ko'p sodir etiladigan joylarni aniqlash va shu asosida jinoyat sodir etishga yo'l ochuvchi sharoitni tahlil etish va aniqlash ham g'oyat muhimdir. Eng asosiysi, jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishda yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni tanqidiy o'rganish, jinoyatchilikning oldini olishda samara beruvchi chora-tadbirlarni yaratishga alohida e'tibor berish lozim. Jinoyatchilikni ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan o'rganish barcha huquq- tartibot idoralari xodimlari uchun katta ahamiyatga ega. Xususan, ichki ishlar organlari xodimlari uchun jinoyatchilikning sabablari, sharoiti va, ayniqsa, jinoyatchining shaxsini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.25 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.25 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga