Kriminologiya fan sifatida Reja: Kriminologiya fanining tushunchasi, obyekti va predmeti Kriminologiya fanining tizimi, maqsadi va vazifalari Kriminologiya fanining tushunchasi, obyekti va predmeti Fan - ilmning muayyan soha bo'yicha tizimli bilimlar berishga ixtisoslashtirilgan yo'nalishi; tabiat, jamiyat va inson tafakkuri to'g'risidagi tushunchalarda, kategoriyalarda, qonunlarda aks ettirilgan, haqqoniyligi amaliyotda tasdiqlangan bilimlar tizimi; tabiat va jamiyatni, umuman, borliqni anglashning kaliti hisoblanadi. «Kriminologiya» atamasi lotincha srimen - jinoyat, grekcha logos - ta'limot so'zlarining birikishidan tarkib topgan. Ushbu ibora o'zbek tiliga aynan tarjima qilinganda «jinoyat haqidagi ta'limot» ma'nosini beradi. Lekin bu tushuncha kriminologiya sohasidagi ilmiy bilimlarning to'liq mazmunini qamrab ololmaydi. Chunki kriminologiya fani jinoyatlar majmui - jinoyatchilikni o'rganadi, shuningdek, ushbu fanning tahlil qamroviga nafaqat jinoyatchilik, balki jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va unga imkon yaratib berayotgan shart-sharoitlar, jinoyatchi shaxsi, jabrlanuvchi shaxsi, jinoyatchilik profilaktikasi haqidagi ilmiy bilimlar tizimi ham kiradi. «Kriminologiya fani» tushunchasiga uning hozirgi kundagi maqsadi, vazifalari va predmetidan kelib chiqib, quyidagicha ta'rif berish mumkin: kriminologiya - jinoyatchilik, uning sabab va shart-sharoitlari, jinoyatchi shaxsi, jabrlanuvchi shaxsi, jinoyatlar profilaktikasining mohiyati, xususiyati va qonuniyatlarini o'rganuvchi, jinoyatlar profilaktikasi samaradorligini oshirish choralarini ishlab chiquvchi hamda ular bilan jinoyatchilikka qarshi kurash amaliyotini ta'minlovchi ijtimoiy-huquqiy fan. Kriminologiya fani jinoyatchilik, jinoyatlarning sabab va shartsharoitlari, jinoyatchi shaxsi, jabrlanuvchi shaxsi, jinoyatlar profilaktikasining mohiyati, xususiyati va qonuniyatlari to'g'risidagi haqqoniyligi amaliyotda tasdiqlangan bilimlar tizimini shakllantiradi. Shuningdek, ushbu fan kriminologik ijtimoiy hodisalar haqidagi mavjud bilimlarni umumlashtiradi, yagona tizimga joylashtiradi, kriminologik ijtimoiy jarayonlar va o'zgarishlarning sodir bo'lish sabablari hamda mavjud bo'lish qonuniyatlarini o'rganish orqali ushbu hodisalarga doir yangi bilimlarni ishlab chiqadi. Kriminologik bilimlarning bebaholigi shundaki, ular jinoyatchilikka qarshi kurash amaliyoti subyektlarining profilaktik faoliyatida asosiy qo'llanma bo'lib xizmat qiladi. Kriminologiya fanining obyekti va predmeti. Har bir fan o'ziga xos obyekti va predmetiga ega. Fanning obyekti deganda, muayyan fan doirasida bilishning vosita va usullari yordamida ilmiy o'rganish (tahlil) qamroviga olinadigan voqea va hodisalar tushuniladi. Ilmiy bilish jarayonida voqea va hodisalarning fikriy modeli hosil qilinadi, mohiyatiga oid belgilari haqida tushuncha tizimi vujudga keltiriladi. Xuddi mana shu mohiyatga oid xususiyatlarni ochish fanning predmetini tashkil etadi. Fanning predmeti - u nimani va qaysi nuqtai nazardan o'rganadi, degan savolga javob beradi. Fanning predmetini to'g'ri belgilash asosiy muammo hisoblanadi. Chunki fan predmetining to'g'ri belgilanishi: ilmiy tadqiqot jarayonida fanning predmetini tadqiq etish va aniq ifodalashga imkon yaratadi; tadqiqot ishlarini olib borishda nazariy va metodologik jihatdan to'g'ri yo'nalishdan borishga yordam beradi; fanning maqsadi va vazifalarini aniq ifodalashda muhim omil hisoblanadi. Kriminologiya fanining obyektini jinoyatchilikning ijtimoiy salbiy hodisa sifatida jamiyatda mavjudligi va o'zgarib borishi hamda uning profilaktikasi bilan bog'liq keng ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.43 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.43 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:31 ]
Arxiv ichida: doc