Kriminologiya fani uning predmeti va metodlari

Kriminologiya fani uning predmeti va metodlari

O'quvchilarga / Huquq
Kriminologiya fani uning predmeti va metodlari - rasmi

Material tavsifi

Kriminologiya fani uning predmeti va metodlari Reja: Kriminologiya fanining tizimi, predmeti va metodlari Huquqbuzarliklar (yoki jinoyatlar)ning profilaktikasi xususida Kriminologiya fani predmetining tizimi. Kriminologiya fanining metodi. Kriminologiya fanining tizimi, predmeti va metodlari Jamiyat ijtimoiy hayotida eng dolzarb muammolardan biri jinoyatchilik va unga qarshi kurashni tashkil etish muammosidir. Shuning uchun ham insoniyat o'z taraqqiyoti davomida ushbu muammoni hal etish uchun jinoyatchilik, uning sabablari hamda sodir etilishiga shart-sharoit yaratuvchi muhitni o'rganish va ilmiy jihatdan bilishga harakat qilgan. Bunga esa o'z davrining fan-texnika taraqqiyoti darajasida ilmiy-nazariy jihatdan yondash- ganligini ko'rish mumkin. Jinoyatchilikni ilmiy bilishda falsafa, jamiyatshunoslik, psixologiya va huquqshunoslik yo'nalishlarida har bir soha o'z tadqiqot nuqtai nazaridan yondashganligi hamda bu tadqiqotlarning mohiyati jinoyatchilikning oldini olish va unga umuman yo'l qo'ymaslikka qaratilganligi bilan e'tiborga loyiqdir. Jinoyatchilikdek ijtimoiy illatni ilmiy bilishga qiziqish tarixan qadimiy bo'lsa ham XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib uning o'ziga xos xususiyatlari hamda sodir etilishi mexanizmining ichki qonuniyatlarini o'rganish borasida yuzaga kelgan ehtiyoj mustaqil kriminologiya fani shakllanishiga asos bo'ldi. XX asrda esa bu fanning tadqiqot obyektiga taalluqli tizim yaratildi. Shu bilan birga, kriminologiya fanining predmeti xususida ham fanda bir qator ilmiy-nazariy qarashlar mavjud . Bu kabi ilmiy- nazariy qarashlar fan taraqqiyotida muhim omil bo'lishi tabiiydir. Kriminologiya fanining predmeti. U yoki bu fanning eng asosiy muammosi uning predmetini to'g'ri belgilashdan iborat. Bunday yondashuv ilmiy tadqiqot jarayonida fanning predmetini tadqiq etish va aniq ifodalashga imkon yaratadi. Shu bilan birga, fan predmetining to'g'ri belgilanishi ushbu fanda tadqiqot ishlarini olib borishda nazariy va metodologik jihatdan zarur yo'nalishda borishning boshlang'ich nuqtasini aniqlashga ham yordam beradi. Fan predmetining to'g'ri belgilanishi uning maqsadi va vazifalarini aniq ifodalashda muhim omil ekanligini yodda tutish zarur. Har bir fanning predmeti va metodini aniq belgilash bilan uning tadqiqot obyektiga qanday muammolar kiradi va ilmiy bilishning qaysi metodlaridan tadqiqot jarayonida foydalaniladi, degan savolga javob topish mumkin. Tabiiyki, ilmiy bilishning falsafiy asoslari kriminologiya fanining predmetini to'g'ri belgilashga bevosita taalluqlidir. Chunki hozirgi kunga qadar kriminologiya fanining predmetini belgilash olimlar o'rtasida munozaraligicha qolmoqda. Kriminologiya fani tadqiqot doirasining o'ziga xosligini oydinlashtirish uchun uning boshqa bir qator fanlar tizimiga kiruvchi muammolar bilan o'zaro bog'liqligini e'tiborga olish lozim. Xo'sh, bu bog'liqlik nimalardan iborat va kriminologiya fanining predmetini belgilash hamda tadqiq etish xususida qanday qarashlar mavjud? Avvalo, ta'kidlash joizki, kriminologiya huquqiy fandir, shu bilan birga, kriminologiyani ijtimoiy fan sifatida yoqlovchi qarashlar ham mavjud. Bir qator mualliflar kriminologiyani huquq tarmog'i sifatida ta'rif- laydilar. Shu o'rinda kriminologiyani ijtimoiy fan sifatida sotsiologiya bilan o'zaro aloqadorligini e'tibordan chetda qoldirib bo'lmaydi. Chunki huquq- shunoslikning barcha sohalari, jumladan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.22 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.22 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga