Kriminologiya fanidagi tadqiqot metodlari

Kriminologiya fanidagi tadqiqot metodlari

O'quvchilarga / Huquq
Kriminologiya fanidagi tadqiqot metodlari - rasmi

Material tavsifi

Kriminologiya fanidagi tadqiqot metodlari Reja: Kriminologik tadqiqotlarni tashkil etish Kriminologik tadqiqotlarni o'tkazishga tayyorgarlik ishlari. Kriminologiya fanidagi tadqiqot metodlari Kriminologiya fani olib boradigan ilmiy tadqiqotlarning maqsadlariga erishish uchun amalga oshiriladigan va ichki ishlar organlarida hisobot yuritish uchun olib boriladigan statistik axborot ishlarini yuritish bilan birga, kriminologiyada axborot to'plashning bir qator metodlari ham mavjud. Har bir to'plangan axborot oxir-oqibat majburiy statistik ishlovdan o'tishi lozim va, tabiiyki, bunda ma'lum bir dasturiy yondashuv talab etiladi (kuzatuv, hujjatlarni tadqiq etish, mas'ul shaxslar o'rtasida so'rov ishlarini o'tkazish kabilar). Kriminologik tadqiqotlarni o'tkazishda sotsiametriya va eksperiment metodlarini joriy etish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir. Tadqiqot ishlari orqali u yoki bu jarayonning qanday yuz berishi, unga ta'sir etuvchi omillar hamda natijasi qanday bo'lishi to'g'risida aniq ma'lumotlar olish mumkin. Eng asosiysi, kuzatuv ishlari orqali ma'lum bir hodisa yoki voqelik yuzasidan zarur xulosalar chiqarishga imkoniyat tug'iladi. Ya'ni har qanday ilmiy gipoteza (faraz) albatta laboratoriya tekshiruvlari asosida isbotlanishini e'tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Shuning uchun tadqiqot ishlarini olib borishda dastavval uning dasturi ishlab chiqilishi zarur. Dasturda qayd qilinishi kerak bo'lgan fakt va raqamlar, ularning yuzaga kelishi asoslarini tatbiq etish ko'zda tutilishi lozim. Tadqiqotlar jarayonidagi kuzatuv hodisalar va ularning yuzaga kelish qonuniyatlarini bevosita ko'rishga hamda avval noma'lum bo'lgan holatlarni aniqlashga imkon beradi. Bu esa kriminologik tadqiqotlarni olib borishda katta ahamiyatga ega. Chunki u yoki bu ijtimoiy holatni, ushbu o'rinda esa jinoyatchilikning ba'zi xususiyatlarini, faqat kuzatish orqali aniqlash mumkin. To'g'ri, kuzatuv asosida bir yo'la barcha zarur va ahamiyatga molik holatlarni aniqlash mumkin emas. Chunki kuzatuv jarayoni o'ziga xos ravishda ko'p vaqt ajratilishini talab etadi. Shuningdek, hodisalar jarayonida kuzatuvchi shaxsning ishtiroki nazorat qilishni tashkil etishda bir muncha noqulayliklar tug'dirishi mumkin. Ayniqsa, bu holat bevosita jinoyatga taalluqli vaziyatlarni tahlil etish bilan bog'liq bo'lsa, kuzatuv samarasi, tabiiyki, kamayadi hamda kuzatuv olib borayotgan tadqiqotchining o'ziga xos shaxsiy xususiyatlari dastur talablaridan kelib chiqqan holda kuzatilishi lozim bo'lgan holatlarni ro'y berishi va o'zaro bog'liqligini yoki kutilmagan natijalarning kelib chiqishini to'g'ri anglamasligi ham ishda aniq axborotlar olishga imkon bermasligi mumkin. Shu bois kriminologik tadqiqotlarning jinoyatchilikni ilmiy bashorati jarayonida kuzatuv ishlarini tashkil etilishiga kam ahamiyat qaratilayotganligi tadqiqot samarasining kamayishini ko'rsat- moqda. Bunday yo'l tutish esa o'z-o'zidan jinoyatchilik to'g'risida aniq axborot to'plashga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Kriminologik tadqiqotlarni o'tkazish borasida olib boriladigan huj- jatlarni tahlil va tadqiq etish o'ziga xos metod sifatida shakllanganini ko'rish mumkin. Binobarin, jinoyatchilik bilan bog'liq har bir rasmiy hujjat, o'z xususiyatlariga ko'ra, ma'lum bir jihatdan tadqiqot ishlarida manba bo'lib xizmat qiladi. Kriminologiya talablari uchun zarur axborot manbai hisoblanuvchi jinoyatchilik bilan bog'liq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.08 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.08 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga