Kriminologiya fanining metodlari

Kriminologiya fanining metodlari

O'quvchilarga / Huquq
Kriminologiya fanining metodlari - rasmi

Material tavsifi

Kriminologiya fanining metodlari Reja: Kriminologik bilish jarayonida Kriminologik ijtimoiy hodisalarni o'rganishda Kriminologiya fanining metodlari Metod grekcha «metodos» so'zidan olingan bo'lib, «biror narsaga erishish yo'li», «bilish usuli» ma'nolarini anglatadi. Metod tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini o'rganish, bilish, tadqiq etish usulidir. Ilmiy izlanishning muvaffaqiyati ko'p jihatdan foydalaniladigan usullarning samaradorligiga bog'liq. Tadqiqot olib borishning usullari, vositalari, metodlarini doimo takomillashtirib borish yangi bilimlarga erishishning, taraqqiyot qonuniyatlarini ochishning ishonchli garovidir. Fanning metodi amaliyotni, hayotni o'rganuvchi nazariyadir. O'z navbatida, har qanday nazariya, metodning bilim hosil qiluvchi va yaratuvchanlik funksiyasining hosilasidir. Fanda universal metodning o'zi yo'q. Har qaysi metod o'ziga xos ijobiy va salbiy tomonlariga egadir. Shuning uchun metodlarni mustahkamlash prinsipiga asoslangan holda to'ldirish va bir-birini nazorat qilish orqali tadqiqot olib borish maqsadga muvofiqdir. Faqat bitta metodga ahamiyat berib, boshqalarini nazardan chetda qoldirish noto'g'ri xulosalar chiqarishga olib kelishi mumkin. Bir qancha metodlardan foydalanishni bilish va ularni yetarli darajada asoslagan holda qo'llash sifatli, har tomonlama to'liq axborot olish imkonini beradi hamda xulosa, taklif va tavsiyalarning asoslantirilganligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. U yoki bu voqelikni tahlil etishda ushbu voqelikka xos bo'lgan barcha ma'lumotlarni to'plash shart emas. Eng asosiysi, voqelikni ilmiy bilishning to'g'ri yo'lini topmoq kerak. Jinoyatchilikni ilmiy bilishda mavjud va tahlil etish mumkin bo'lgan ma'lumotlar asosida ish ko'rish maqsadga erishishdagi katta omil bo'lishini inobatga olish lozim. Kriminologiyaning metodi deganda, kriminologik ijtimoiy hodisalarni o'rganishga, ularning qonuniyatlarini ochishga yo'naltirilgan ilmiy usullar, yo'llar, tamoyillar va vositalar tushuniladi. Kriminologiya o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarishda barcha metodlarning bir butun tizimiga tayanadi. Shu bois kriminologiyaning metodlarini umumiy ilmiy va xususiy ilmiy metodlarga ajratish mumkin. Umumiy ilmiy metodlar - tabiat, jamiyat va tafakkur hodisalarini o'rganishda qo'llaniladigan eng umumiy yondashuvlar, usullar, bilishning umumiy prinsiplaridir. Kriminologik bilish jarayonida quyidagi umumiy ilmiy metodlar qo'llaniladi: dialektik metod; abstraksiya metodi; deduksiya metodi; induksiya metodi; analiz (tahlil) metodi; sintez metodi; umumlashtirish metodi; qiyoslash metodi; mantiqiy metod; statistik-matematik metod; tarixiy metod; sotsiometriya metodi; kibernetik metod; Internetdan foydalanish metodi va boshqalar. Shu o'rinda ushbu umumiy ilmiy metodlar mazmuniga kriminologiya nuqtai nazaridan qisqacha to'xtalib o'tish joiz. Dialektik metod - barcha fanlar uchun umumiy, universal metod. Dialektika nazariyasi - voqeliklarning umumiy aloqadorligi va doimiy rivojlanish holatida bo'lishi to'g'risidagi ta'limot. Dialektik metod - o'rganilayotgan masalalarni tarixiy voqealar bilan bog'lab, ilmiy obyektivlik asosida o'rganish usuli. Ilmiy obyektivlik o'rganilayotgan mavzuning jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida obyektiv zarurat tarzida vujudga kelganligi, uning rivojlanishi jamiyatning boshqa sohalari bilan o'zaro bog'liq va aloqadorlikda ekanligi, o'z qonuniyatlari asosida rivojlanishini inobatga olishni taqozo etadi. Kriminologik ijtimoiy hodisalarni o'rganishda dialektika qonunlari va kategoriyalari haqidagi ta'limotlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.56 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.56 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga