Kriminologiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi Reja: Kriminologiya fani rivojlanishining hozirgi holati Kriminologiyaning fan sifatida rivojlanish bosqichlari. Kriminologiya fani asoschilari. Kriminologiyaning rivojlanish bosqichlari. Kriminologiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi Kriminologiya boshqa fanlar tizimida alohida o'rin tutib, bir qator ijtimoiy-huquqiy, tabiiy fanlar bilan o'zaro munosabatga kirishadi. Bunday munosabatlarda asosan uch yo'nalishda yondashuvlar mavjudligini ko'rish mumkin. Dastlabki yondashuv, o'z mazmuniga ko'ra, kriminologiyaga umumijtimoiy fan sifatida qarashni taklif etadi. Chunki kriminologiya jinoyatchilikni ijtimoiy holat sifatida bilish va unga qarshi kurashni tashkil etishda shakllanadi. Uning ijtimoiy, ya'ni sotsiologiya, iqtisodiyot, psixologiya va pedagogika kabi fanlar bilan o'zaro bog'liqlikda o'rgani- lishiga e'tibor qaratiladi (Kovalev M. I., Saxarov A. B., Utevskiy B. S. kabilar). Aynan shunday yondashuv Amerika olimlariga xosdir. Ularning fikrlariga ko'ra, kriminologiya sotsiologiya fanining bir tarmog'i hisoblanadi. Germaniya, Italiya va Fransiya davlatlari olimlarning fikricha, bu fan ijtimoiy-tabiiy fan sifatida e'tirof etilmoqda. Kriminologiya fanining o'rni xususidagi ikkinchi yondashuvda uni huquqiy fanlar, ayniqsa, jinoyat huquqidan ajratmaslik lozim deb uqtiriladi. Kriminologiya jinoyat huquqining uzviy tarmog'i bo'lib, ushbu fanning ijtimoiy - aniq muammolarini o'rgansa, jinoyat huquqi o'z tadqiqot doirasida jinoiy-huquqiy munosabatlarni o'rganadi (Gersenzon A. A., Menshagin V., Piontkovskiy A. A., Romashqin P. S., Strogovich M. S. kabilar). Uchinchi yo'nalishda kriminologiya ijtimoiy-huquqiy fan sifatida e'tirof etiladi. Ushbu yo'nalish hozirgi kunda ko'pchilik olimlar tomonidan qo'llab- quvvatlanmoqda. Bu yo'nalishning asosiy mazmuni kriminologiya pred- metiga kiruvchi ba'zi muammolar (jinoyatchilikning sabablari, jinoyatchining shaxsi, jinoyatlarning oldini olish va unga yo'l qo'ymaslik)ni huquqiy munosabatlar nuqtai nazaridan ko'rib chiqish chegarasidan chetga chiqqan bo'lsa-da, aslida uning tadqiqot doirasi tegishli huquq tarmoqlari tizimiga kiruvchi huquqiy munosabatlarni (jinoyat, jinoyatchi, jinoyatlarning oldini olish, jinoiy va ma'muriy javobgarliklar kabi) jinoyat, jinoyat-protsessual huquq bilan bog'liq holda tadqiq etadi. Ko'rinib turibdiki, kriminologiya ikki ijtimoiy fan - sotsiologiya va huquq fanlari bilan o'zaro hamkorlikda tadqiq etiladi. Shuning uchun ham kriminologiya fanini ijtimoiy-huquqiy fan deyishga to'liq asoslar mavjud. Shu o'rinda kriminologiyaning jinoyatchilik bilan bog'liq muammolarni ko'rib chiquvchi fanlar bilan o'zaro bog'liqligi qanday va ular nimalarda namoyon bo'ladi, degan savol tug'iladi. Yuqorida ta'kidlanganidek, kriminologiya birinchi galda jinoyat huquqi bilan uzviy aloqada bo'ladi. Uning asosiy muammolari jinoyat va jinoyatchi shaxsi bilan bog'liq. Biroq kriminologiya jinoyat va jinoyatchini jinoiy-huquqiy jihatdan ta'riflash bilan birga, aynan shular bilan bog'liq bo'lgan jinoyatlarni o'ziga xosligini, jinoyatchilik va uning sabablarini, jinoyat qurbonlari yoki jabrlanganlarni hamda aynan jinoyatchi shaxsini atroflicha tadqiq etadi. Shuningdek, kriminologiya va jinoyat huquqi fanlarining o'zaro bog'liqligi jinoyat huquqidagi mavjud jinoyat qonunchiligining yaratilishida, uni tatbiq etishdan kelib chiqadigan samara bilan bog'liq muammolarni hal etishda yaqqol namoyon bo'ladi. O'z navbatida sotsiologiya va jinoyat huquqi nuqtai ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.9 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.9 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:31 ]
Arxiv ichida: doc