Kriminologiyaning fanlar tizimidagi o'rni va boshqa fanlar bilan aloqasi Reja: Kriminologiya fani jinoyatchilikni umumiy va ijtimoiy miqyosda o'rganadi Kriminologiya musulmon huquqi bilan ham uzviy bog'liq. Kriminologiya statistika, ayniqsa, uning mustaqil sohasi bo'lgan jinoyatga oid statistika bilan chambarchas bog'liq. Kriminologiyaning fanlar tizimidagi o'rni va boshqa fanlar bilan aloqasi Kriminologiya fanlar tizimida alohida o'ringa ega bo'lib, bir qator ijtimoiy-huquqiy, tabiiy fanlar bilan o'zaro munosabatga kirishadi. Kriminologik adabiyotlarda ushbu fanning fanlar tizimidagi o'rni xususida uch xil yondashuv qayd etilgan. Birinchi yondashuvga ko'ra, kriminologiya umumijtimoiy fan sifatida e'tirof etiladi. Kriminologiya jinoyatchilikning sotsiologik, iqtisodiy, psixologik va pedagogik jihatlarini o'rganadi, deb tushuntiriladi. Ayrim rivojlangan xorijiy mamlakatlarda, masalan, AQSH va Angliyada kriminologiya sotsiologiyaning bir qismi hisoblanadi va ijtimoiy fanlar qatorida o'qitiladi. Fransiyada kriminologiyaga ijtimoiy fanlarga nisbatan tabiiy fanlarga yaqinroq, deb qarashadi. Italiyada hozirgacha Ch. Lombrazo antropologiya maktabining ta'siri kuchli. Germaniyada esa bir qator olimlar kriminologiyani biologiya fanlariga yaqin, deb hisoblaydilar. Ikkinchi yondashuvga ko'ra, kriminologiya huquqiy fan sifatida e'tirof etiladi. Kriminologiyani jinoyat huquqidan ajratmaslik lozim, u jinoyat huquqining uzviy tarmog'i hisoblanadi va ushbu fanning ijtimoiy muammolarini o'rganadi, jinoyat huquqi esa, o'z tadqiqotlari doirasida jinoiyhuquqiy munosabatlarni o'rganadi, deb tushuntiriladi. Uchinchi yondashuv namoyandalari kriminologiyani ijtimoiy-huquqiy fan sifatida e'tirof etadilar. Kriminologiya asosiy ijtimoiy hodisalar (ayniqsa, jinoyatlarning sabab va sharoitlari, jinoyatchi shaxsi, jabrlanuvchi shaxsi, jinoyatlar profilaktikasi)ni o'rganishda huquqiy munosabatlar doirasidan chetga chiqadi, biroq ushbu ijtimoiy hodisalarning asosiy tayanch nuqtalari (xususan, jinoyat, jinoyatchi, jabrlanuvchi) huquqning tegishli tarmoqlari (jinoyat huquqi, jinoyat protsessi) bilan belgilanadi, deb tushuntiradilar. Kriminologiyaning fanlar tizimidagi o'rni xususidagi uchinchi yondashuv umume'tirof etilgan. Chunki kriminologiya ikki ijtimoiy fan - sotsiologiya va huquq tutashgan joyda turadi. Shuning uchun ham kriminologiya fanini ijtimoiy-huquqiy fan deyishga to'liq asoslar mavjud. Shu o'rinda kriminologiyaning jinoyatchilik bilan bog'liq muammolarni u yoki bu darajada o'rganuvchi fanlar bilan o'zaro bog'liqligi qanday va ular nimalarda namoyon bo'ladi, degan savol tug'iladi. Kriminologiyaga eng yaqin fan jinoyat huquqi hisoblanadi, chunki jinoyat va jinoyatchi (jinoyat subyekti) tushunchalari jinoiy-huquqiy normalar bilan belgilanadi. Kriminologiya kelgusida jinoyatchilikda ro'y beradigan o'zgarishlarni bashorat qiladi va bu bilan jinoyat qonunining rivojlanishiga asosiy ta'sir ko'rsatadi. Ya'ni, jinoyat qonunida jinoyat deb belgilangan qanday qilmishlarning ijtimoiy xavfliligi oshib ketayotganligi yoki qanday qilmishlarning ijtimoiy xavflilik darajasi kamayib ketganligini ko'rsatib, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalarining sanksiyasini kuchaytirish yoki yumshatish, jinoyat qonunida javobgarlik belgilangan qilmish uchun javobgarlikning boshqa turlari (masalan, ma'muriy javobgarlik)ni belgilash kabi masalalarni hal qilishda jinoyat huquqiga yordam beradi. Natijada kriminologiya sohasidagi bilimlar nafaqat kriminologiya fanining, balki jinoyat huquqi fanining rivojlanishiga ham jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, kriminologik bilimlar jinoyatchilikka qarshi kurash choralarini ishlab chiqishning ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.71 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.71 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:31 ]
Arxiv ichida: doc