Liberalizm siyosiy va huquqiy g'oyalarining shakllanishi va rivojlanishi

Liberalizm siyosiy va huquqiy g'oyalarining shakllanishi va rivojlanishi

O'quvchilarga / Huquq
Liberalizm siyosiy va huquqiy g'oyalarining shakllanishi va rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Liberalizm siyosiy va huquqiy g'oyalarining shakllanishi va rivojlanishi R e j a: 1. Liberalizm siyosiy va huquqiy ta'limoti g'oyalarining shakllanishi 2. Benjoman Konstant, Meremmya Benjamning siyosiy va huquqiy qarashlari 3. XX asr liberalizmining xususiyatlari 4. Mavzu yuzasidan tayanch so'z va iboralar Liberalizm siyosiy va huquqiy ta'limoti g'oyalarining shakllanishi XVII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmida g'arbiy Evropada kapitalizm qaror topdi va rivojlandi. Sanoatda yuz bergan keskin o'zgarishlar manufaktura ishlab chiqarishning yirik mashina indistriyasi bilan almashuv jarayonining tezlashtirdi. Bu jarayon eng oldin Angliyada, keyin Frantsiya va boshqa Yevropamamlkatlarida yuz berdi. Yirik sanoat, savdo, aloqa vositalarini rivojlanishi, umumjahon bozorining vujudga kelishi va boshqalar kapitalizmning jahon ijtimoiy-iqtisodiy tizimiga aylanishini ta'minladi. Mana shu o'zgarishlarga mos holda siyosiy-huquqiy tizim vujudga kela boshladi. XIX- asrning birinchi yarmida inson huquqi va erkinliklarining mustahkamlanishiga mos konstitutsiyalar qabul qilindi. Xususiy va davlat huquqi tizimi tashkil topdi. Siyosiy partiyalarning harakati faollashdi. Konstitutsionalizm va siyosiy vakolatchilik institutlari vujudga kela boshladi. Konstitutsion monarxiya va Respublika shaklidagi zamonaviy vakolatli davlatlar paydo bo'la boshladi. Siyosiy hayotda erkinlik va taraqkiyotga, qonunchilikka intilish kuchaydi. g'arbiy Evropada o'rnatilgan kapitalistik tuzum o'zining mafkurasini liberalizmda ifoda qildi. Liberalizmning asosiy g'oyalari: har bir shaxs qadr-qimmat va erk egasi va o'z xarkatlari uchun mas'uldir; shaxs erkinligining zaruriy sharti xususiy mulkdir; erkin bozor, erkin raqobat va erkin tadbirkorlik, teng imkoniyatlar; siyosiy sohada-hokimiyatlar bo'linishi, qonun ustivorligi, huquqiy davlat g'oyasi; shaxsning asosiy huquk va erkinliklarini kafolatlash; umumiy saylov ququqi va boshqalar. Liberalizm turli ijtimoiy-tarixiy va milliy-madaniy sharoitlarda shakllandi va rivojlandi. Unda turli xil bir-biridan farq qiladigan qirralar, bosqichlar va qarama-qarshiliklar borligini ko'rish mumkin. Turli davrlarda u har xil shakllarda namoyon bo'ldi. Bu xolni hisobga olsak turli xil liberalizm borligi haqida tasavvur paydo bo'lishi mumkin. Lekin liberalizmning xillari ko'p bo'lishidan qat'iy nazar uning ildizlari, asosiy g'oya, tamoyil va ideallari umumiydir. Mana shu umumiylik liberalizmning ijtimoiy-siyosiy fikrning maxsus turi sifatida namoyon qiladi. Liberalizmning ildizlari uyg'onish davrlari bilan bog'liq. Uning boshlanishida J.Lokk, Sh.L.Montesk'e, I Kant, T.Djefferson va boshqalar turgan edilar. Liberalizmning shakllanishiga ma'rifatparvarlik harakatining namoyondalari, nemis klassik falsafasi vakillari ham muhim xissa qo'shdilar. Yuqorida ko'rganimizdek, ular o'z qarashlari bilan bir biridan farq qilsalarda, ularning barchasi o'z davrining muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarini hal qilishda eskirib qolgan qadriyat va yondashuvlarni, o'z samaradorligini yo'qotgan ijtimoiy-siyosiy va davlat institutlarini yangidan qurish zarurligini anglaganlar. Mana shunday yondashuv asosida klassik liberalizm merosiy hokimiyat shakllarini, tabaqaviy imtiyozlarni inkor qildi. Uning vakilalari yakka individning erki va tabiiy qobiliyatlarini birinchi o'ringa qo'ydilar. Har bir odamning yashash, erkinlik va xususiy mulkka ega bo'lish huquqlari g'oyasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.74 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.74 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga