Mahalliy byudjet qonuniy - huquqiy asoslari

Mahalliy byudjet qonuniy - huquqiy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Mahalliy byudjet qonuniy - huquqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

MAHALLIY BYUDJET QONUNIY-HUQUQIY ASOSLARI 1-daraja - O'zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi - byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko'rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag' jalb qilish va byudjet to'g'risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. 2-daraja - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining byudjet masalalaridagi qarorlari. 3-daraja - O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyruqlari, farmoyishlari va byudjet sohalariga taalluqli bo'lgan boshqa me'yoriy hujjatlari (nizomlar, yo'riqnomalar, qoidalar). 4-daraja - mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va boshqa me'yoriy hujjatlari (masalan, tegishli viloyat, tuman (shahar) mahalliy byudjeti parametrlarini tasdiqlash to'g'risidagi Xalq deputatlari Kengashlarining va hokimlarining qarorlari). O'zbekiston Respublikasi byudjet qonunchiligi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O'zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjet huquqlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli moliyaviy yil uchun qabul qilinadigan Davlat byudjeti to'g'risida O'zbekiston Respublikasida davlat moliyasini isloh qilish bo'yicha muhim qadamlar: 2004-yil 26-avgustda O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetining g'azna ijrosi to'g'risidagi 664-II-sonli Qonuni Ushbu qonunning maqsadi O'zbekiston Respublikasi davlat byudjetining (shu jumladan, davlat maqsadli jamg'armalarining) va byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag'larining g'azna ijrosi sohasidagi munosabatlarini tartibga solishdan iborat bo'ldi. Mazkur qonunda davlat byudjeti g'azna ijrosini tashkil etish va g'aznachilik faoliyati bilan bog'liq holatlar o'zining huquqiy asosiga ega bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 69-sonli (04.08.2009) buyrug'i bilan tasdiqlangan va O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-raqam (16.09.2009) bilan ro'yxatga olingan Davlat byudjetining g'azna ijrosi Qoidalari. Mazkur Qoidalar O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi va uning hududiy bo'linmalari tomonidan Respublika va hududiy g'azna hisobvaraqlarini qo'llash sharoitida Respublika byudjeti, Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning g'azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilab berdi. O'zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi O'zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan bo'lib, 9 ta bo'lim, 28 ta bob, 192 moddadan iborat. Ushbu Kodeks: - O'zbekiston Respublikasining byudjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslarini; - O'zbekiston Respublikasining davlat byudjetini tuzish prinsiplari va uning tuzilmasini; - davlat byudjetini tuzish, ko'rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini; - davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari daromadlarini shakllantirish va ularning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini; - davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni; - davlat byudjeti mablag'lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartiblarini belgilab beradi. Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjetlarni boshqarishdagi huquq 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risidagi № 913-XII sonli qonuniga muvofiq Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo'ysunadigan shaharlardan, shuningdek, shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.38 MB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:32 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.38 MB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga