Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o'zini - o'zi boshqarish organlari

Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o'zini - o'zi boshqarish organlari

O'quvchilarga / Huquq
Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o'zini - o'zi boshqarish organlari - rasmi

Material tavsifi

OLIY TA'LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'zbekiston MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI KONSTUTSIYAVIY HUQUQ fanidan KURS ISHI Ilmiy rahbar: Bajardi: Yurisprudensiya: Biznes huquqi 1-kurs talabasi TOSHKENT - 2023 Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari Mundarija Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O'zbekiston Respuplikasi Konstutsiyasining XXI bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bilan bog'liq hisoblanadi. XXI bobning dolzarbligi bunda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyat tartibining asosiy yo'nalishlari, faoliyati amalga oshiriladigan hudud birligi bundan tashqari vakillik organlari va ijroiya organlarni tashkil etish tartibi, tizimini tartibga solish ham Konstutsiyaning XXI bobi bilan amalga oshirilishi bu bobning dolzarbligini korsatadi. O'zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonida ko'plab vazifalar belgilangan edi. Eng muhim vazifalardan biri Respublikada davlat hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarini yangi sharoitlarga mos keladigan tizimini yaratish edi. Hozirgi amalda bo'lgan mahalliy vakillik organlari yangi organlar bo'lmasdan, xalq deputatlari Sovetlari negizida tashkil qilingan. 1992-yil 4-yanvarda «O'zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to'g'risida»gi Qonun qabul qilindi. Bu qonun mamlakatimizda mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organi - vakillik va ijro organlari tizimiga boshchilik qiladigan hokimlik va hokimlar lavozimi joriy etildi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi «Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari » deb nomlanib, unda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimi, vazifalari, tuzilish tartibi mustahkamlandi. Konstitutsiyaga ko'ra, avvalgi mahalliy vakillik organlarining nomi Kengashlar deb o'zgartirildi. Ularning samarali ishlashini ta'minlash uchun viloyat, tuman va shahar Xalq deputatlari Kengashlari vujudga keltirildi. O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinguncha mahalliy vakillik organlarining uch bo'g'inli tizimi mavjud bo'lib, ular: 1) viloyatlar hamda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari - yuqori bo'g'in hisoblanardi; 2) tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari - o'rta bo'g'in; 3) qishloq, posyolka, ovul xalq deputatlari Kengashlari - quyi bo'g'in. Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining ikki bo'g'inli tizimini mustahkamladi, ya'ni quyi bo'g'in olib tashlandi. Ular o'rniga fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tuziladigan bo'ldi. Shunday qilib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvifiq, mahalliy davlat hokimiyati, hokimiyat organlari ikki mustaqil organlarga - vakillik va ijroiya hokimiyatiga bo'lindi. Mahalliy vakillik organlariga - xalq deputatlari Kengashlari kiradi. Ular o'z faoliyatini jamoaviy (kollegial) asosda olib boradi. Xalq deputatlari Kengashlari ishining asosiy tashkiliy - huquqiy shakli sessiya hisoblanadi. Mahalliy davlat hokimiyat organlari sud hokimiyati organlari, prokuratura, ichki ishlar organlari, adliya singari huquqni muhofaza qilish organlari bilan o'zaro hamkorlikda ish olib boradi. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari. O'zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo'liga kirgach, O'zbekistonga xos va mos fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari vujudga keldi. Xususan, hozirda deyarli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 47.1 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:32 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 47.1 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga