Mavzu: «Mahalliy davlat hokimiyati organlari» fanining tushunchasi, predmeti, tizimi. 1. Fanning predmeti, fanning o'rganish uslubi. 2. Fanning boshqa ijtimoiy fanlar bilan o'zaro munosabati. 3. Fanning tizimi. 4. Fanni o'rganish uslublari (tadrijiy, tizimli yondoshish, ijtimoiy tadqiqot, taqqoslash, tarixiy, mantiqiy qiyoslash va tahlil qilish). Fanning predmeti «Mahalliy davlat hokimiyati organlari» fanining predmeti «Konstitutsiyaviy huquq» fanining ta'limotlariga tayanadi. Chunki O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini va boshqa uning asosida qabul qilingan qonunlar, me'yoriy hujjatlarni chuqur o'rganmasdan, uni atroflicha tahlil qilmasdan turib, ushbu fanni o'quv kursi sifatida o'rganishni tasavvur etib bo'lmaydi. Konstitutsiyaviy huquq fani, davlat huquqini tashkil etuvchi huquqiy me'yorlarni o'rgatadi, bu normalar esa, davlat va jamiyatni tashkil etish asosi bo'lib, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solib turadi. Ushbu fanning predmeti bakalavriat o'quv yo'nalishida o'quv rejasiga kiritilgan, «Konstitutsiyaviy huquq» va «Davlat hokimiyatining vakillik organlari» fanining davomidir. Shuningdek, fanning predmetini o'rganishda quyidagi huquk sohalarining bir-biri bilan uzviy bog'liq ekanligini ko'ramiz. Fanning boshqa ijtimoiy fanlar bilan o'zaro munosabati Demokratik davlatlarda inson huquqlari maqomi, siyosiy institutlar, halq hokimiyatchiligi, hokimiyatning bo'linishi, davlat boshlig'i, parlament, hukumat, mahalliy davlat boshqaruvi va o'zini-o'zi boshqarish organlarining huquqiy holati, faoliyat ko'rsatish haqidagi hozirgi davrdagi manbaalarni yoritib beradi. Bu esa ushbu fanining predmetini o'rganishda milliy shart-sharoitlarni inobatga olgan holda taqqoslash uslubida qo'llaniladi yani uni mazmunan boyitishda alohida o'rin egallaydi. Konstitutsiyaviy huquq va xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi fani bilan aloqasi xalqaro huquq fani bilan aloqasi Har bir davlat xalqaro huquqining subyektidir. Hozirgi kunlarda xalqaro huquqning tizimi, siyosiy institutlar va tarmoqlari, xalqaro ommaviy huquqining umum tan olingan normalari bilan talablarini o'rganish, xalqaro shartnomalar, xalqaro o'zini-o'zi boshqarish organlari xukuqiy holati kabi ta'limotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu fanni o'quv kursining tahlil qilish darajasini kengaytiradi. Moliya huquqi fani bilan aloqasi O'zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyoti sharoitiga o'tishda, jamiyatimiz hayotida moliya tizimining ahamiyati va o'rni ortib bormoqda. Moliya, moliyaviy davlat faoliyati byudjet, soliq, bank huquqi, pul va valyuta haqidagi tushunchalar va uning huquqiy asoslari tartibga solish mazmuni masalalarini o'rganish nazariyasini tushuntirib, o'rganadi. Bizga malumki, davlat va jamiyatda iqtisodiy islohotlarni doimiy ravishda rivojlantirib bormasdan turib, mavjud bo'la olmaydi. Davlat va jamiyat rivojlanib borgan sari ijtimoiy, siyosiy munosabatlar, jamoat birlashmalari va inson haqidagi bilimga o'lgan ehtiyoj ortib boraveradi. Insoniyat taraqqiyotining zirgi bosqichida sotsiologik bilimlarga ega bo'lmasdan urib jamiyatni oqilona boshqarib bo'lmaydi. Inson, axs, ijtimoiy guruhlar va jamiyat to'g'risidagi ilmiy-azariy va amaliy bilimlar hosil qilish kabi nazariy oyalarni tadqiq qiladi ushbu fanda bu ta'limotlar, ning mohiyatini aniqlashda muhim o'rin tutadi. Sotsiologiya fani bilan aloqasi O'zbekiston Respublikasi ma'muriy huquq fanining kelib chiqishi ushbu fanning bosh sohasi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.28 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:32
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.28 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:32 ]
Arxiv ichida: ppt