Mahalliy davlat hokimiyati organlari yuridik xizmati faoliyatining asosiy yo'nalishlari Reja: 1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida qonuniylikni ta'minlashda yuridik xizmatning roli 2. Yuridik xizmatning mahalliy davlat hokimiyati organlari mulkini (munitsipal mulkni) saqlash hamda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda qonuniylikni ta'minlashdagi 3. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquq va qonuniy manfaatlarini sudda va boshqa organlarda himoya qilish Mahalliy davlat hokimiyati organlari mahalliy vakillik hamda ijroiya hokimiyatidan iborat bo'lib, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlari, viloyat, tuman va shahar hokimliklari esa ijroiya hokimiyat organi hisoblanadi. Viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududdagi vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100-moddasiga muvofiq qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash; hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig'imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg'armalarni hosil qilish; mahalliy kommunal xo'jalikka rahbarlik qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta'minlash; normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatiga kiradi. O'zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentabrdagi Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risidagi Qonunida ularning vakolatlari aniqlashtirilib, unga ko'ra xalq deputatlari Kengashi quyidagi asosiy vakolatlarga ega: - hokimning taqdimiga binoan mahalliy byudjet va uning ijrosiga doir hisobotni, hududni rivojlantirishning istiqboliga mo'ljallangan dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlash; - amaldagi qonunlarga muvofiq mahalliy soliqlar, yig'imlar, boj miqdorini belgilash, mahalliy byudjetga tushadigan mahalliy soliqlar, yig'imlar va to'lovlar bo'yicha imtiyozlar berish; - hokimni va uning o'rinbosarlarini lavozimga tasdiqlash, hokimni va uning o'rinbosarlarini lavozimdan ozod etish, ularning faoliyatiga doir hisobotlarini tinglash; - qonunda nazarda tutilgan hollarda hokim qarorlarini tasdiqlash; - xalq deputatlari Kengashining Ish tartibini, xalq deputatlari Kengashi doimiy va boshqa komissiyalari to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash, ularga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish; - xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalarini, boshqa organlarini tuzish, saylash va tugatish, ularning tarkibini o'zgartirish, ular ishiga doir hisobotlarni tinglash; -qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda xalq deputatlarining vakolatlarini e'tirof etish va muddatidan oldin to'xtatish, ularni javobgarlikka tortish uchun rozilik berish; -ijroiya hokimiyati bo'limlari, boshqarmalari, boshqa tuzulmaviy bo'linmalarining hisobotlarini tinglash; -xalq deputatlarining so'rovlarini qarab chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish; -hokimning va quyi Kengashning O'zbekiston Respublikasi qonunlariga mos kelmaydigan qarorlarini bekor qilish; - hokimning taqdimiga binoan hokimlik tuzulmasini, uning xodimlari shtatlari va ish haqi fondini tasdiqlash kiradi. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashga, atrof-muhitni muhofaza qilishga doir o'z vakolatlariga berilgan masalalarni, tashkiliy masalalar va O'zbekiston ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.17 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.17 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:32 ]
Arxiv ichida: doc