Mahalliy hokimiyat organlari

Mahalliy hokimiyat organlari

O'quvchilarga / Huquq
Mahalliy hokimiyat organlari - rasmi

Material tavsifi

mahalliy hokimiyat organlari Reja: hokim institutining joriy etilishi. hokim vakolatlari. mahalliy hokimiyat organlarining asosiy vazifalari. hokim institutining vujudiga kelishi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach davlat organlarining tizimini takomillashtirish, ularning faoliyatini yaxshilash zarurati dolzarb masala bo'lib koldi. Ijrochi organlarining faoliyatini takomillashtirish, ularni ishlash imkoniyatini oshirish, huquq va majburiyatlarini yanada aniq belgilash maqsadida O'zbekistonda hokimlik lavozimi (instituti)ning joriy qilinishi alohida ahamiyatga ega buldi. «Yangi tarixiy jarayonda o'tmishda sinalgan an'anaviy boshqaruv idoralari - hokimliklar qayta tiklandi. Ularning faoliyati va islohotlarni kullab quvvatlayotgan ijtimoiy chiqishlar mavjudligi tufayli davlatimizda siyosiy va iqtisodiy barqarorlik saqlanib turibdi» hokimlik lavozimi, avval takidlangandek dastlab Toshkent shaxrida tasis etildi va u ( shahar hokimi) Toshkent aholisi tomonidan, umumiy, to'g'ri teng saylov prinsipi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan saylandi. O'zbekiston Oliy Kengashi 1992 yil 4 yanvarda «O'zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to'g'risida» qonun kabul qilib, O'zbekistonning tuman shahar va viloyat ma'muriy tuzilishlarida hokim lavozimini tasis etdi. qonunda kayd etilishicha, hokim lavozimini tasis etishning asosiy maqsadlaridan biri bozor iqtisodiyotiga utish sharoitida ijroiya hokimiyatini mustahkamlash zaruratidir. hokimlarning umumiy vazifalari mahalliy vakillik hokimiyati va ijroiya boshqaruv hokimiyatiga boshchilik qilishdir. Agar mahalliy vakillik organlari xalq deputatlari Kengashi negizida vujudga kelgan bulsa, hokim lavozimi mutlako yangi lavozimdir. Uning faoliyati asoslari Konstitutsiyadagi XXI bobnng 99, 101, 102, 10Z, 104, moddalarida mustahkamlangan. hokimlarning faoliyati qo'shimcha va konkret ravishda O'zbekiston Respublikasining «mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonunida belgilanadi. Ana shularga asosan, hokim vakillik va ijroiya organlariga rahbarlik qiladi joylarda oliy mansabdor shaxs hisoblanadi, vakolat muddati besh yil. hokim o'z faoliyatini yakkaboshchilik asosida olib boradi, bu esa uning masulyatini oshiradi. hokim o'zi rahbarlik qilayotgan organlar faoliyati uchun shaxsan javobgardir. mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimidan farq qilib hokimlar tumanga buysunuvchn shaharlarda va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda xam mavjud. Yani ular: viloyat, tuman va shaharlarda tashkil kilinadi. qonunga asosan viloyat hokimlari va Toshkent shahar hokimi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod kilinadi. By xakda masala xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar kengashlari sessiyasida tasdiklanadi. Tumanlarning va shaharlarning hokimlari, tarkibiga kirgan viloyat hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod kilinadi. hokimlarning bu xakdagi karorlari tegishli xalq deputatlari, yani tuman va shahar kengashlari tomonidan tasdiklanadi. shaharlardagi tuman hokimlari shu shahar hokimi (masalan Mirzo Ulugbek tuman hokimi Toshkent shahar hokimi tomonidan) lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod kilinadi. Bu tumanlarda xalq deputatlari Kengashlari yuk bo'lganligi uchun hokimning karori xalq deputatlari shahar kengashida tasdiklanadi. Tumanlarga 6uysungan shahar hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod kilinadi, bu hududiy 6irlikda xam vakillik organlari bo'lmagani uchun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.29 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.29 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga