Mahkumlar guruhi va shaxs muammosi

Mahkumlar guruhi va shaxs muammosi

O'quvchilarga / Huquq
Mahkumlar guruhi va shaxs muammosi - rasmi

Material tavsifi

Mahkumlar guruhi va shaxs muammosi Reja: Mahkumga xos bilish jarayonlari va emotsional irodaviy holatlar Mahkumlar guruhining vujudga kelishi va shakllanish jarayonida shaxslararo munosabat tizimi Mahkumga xos bilish jarayonlari va emotsional-irodaviy holatlar Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumning psixik jarayonlari va emotsional-irodaviy holati o'ziga xos maxsus xususiyatlarga ega bo'lib, ularni tahlil qilishni, avvalambor, bilish jarayonlaridan boshlagan maqul. Sezgi - eng oddiy psixik jarayon bo'lib, insonning atrofdagi voqea-hodisalarni anglashi bilan belgilanadi. Sezgi to'g'risidagi qonuniyatlarni jazoni ijro etish muassasalari xodimlari bilishlari lozim. Bu nima uchun zarur, degan savol tug'iladi. Ular: mahkumlarni kasbga tayyorlash va yo'naltirish maqsadida tanlov o'tkazish uchun; mahkumlarni kasbga yo'naltirish va mehnat tayyorgarligida sezgi organlarini tegishli mashq qildirish uchun; jazoni ijro etish muassasalarida umumta'lim samaradorligi-ni oshirish uchun kerak bo'ladi. Nisbatan murakkab bilish jarayonlaridan biri idrok qilish hisoblanadi. Sezgi bilan idrok qilish ajralmas jarayondir. Idrok qilishning asosiy xususiyatlaridan biri voqelikdagi narsa va hodisalarni yaxlit holda aks ettirishdir. Mahkumlarning idrok qilish jarayonida ozodlikdagi insonlarga nisbatan o'ziga xos xususiyatlari mavjud. «Vaqt» degan tushunchani idrok qilishda, ko'pincha, qisqa vaqt uzoq vaqtga nisbatan etiborga olinmaydi. Alohida ruhiy holatlar (kutish, zerikish, sog'inish va boshqalar), jazoni o'tash joyidagi bir xil hayot, bekorchilik, bo'sh vaqtdan to'g'ri foydalanmaslik fursat o'tishini sekinlashtiradi. Bunday hollarda mahkumlarga muddat juda sekin o'tayotganday tuyuladi va ular qandaydir yo'l bilan vaqtni «o'ldirish» uchun harakat qiladilar. Ko'pgina mahkumlar o'z aybini to'g'ri tushunmay, sodir etgan jinoyatlarini obyektiv tahlil qilmaydilar va belgilangan jazoni nohaq deb o'ylaydilar. Ular voqea va hodisalarga subyektiv yondashadilar. Ayrim mahkumlarda ma'naviy tarbiyasizlik yaqqol namoyon bo'lib, ular boshqalarni tinglashni xohlamaydilar, jinsiy hayotga mukkasidan ketgan bo'ladilar. Bu holat idrok qilishning salbiy yo'nalishda faollashib ketganligini bildiradi. Shu bois mahkumlarning ma'naviy tarbiyasiga etibor katta ahamiyatga ega. Sezish va idrok qilish jarayonida sodir bo'lgan hodisalar izsiz yo'qolib ketmay, balki inson ongida saqlanib qoladi. Tasavvur qilish idrok etish bazasida yuzaga keladi, lekin ular bir-biridan farqlanadi. Tashqi dunyodan ajratib qo'yilgan mahkumlar bunday sharoitda, ayniqsa, yakka tartibdagi qamoqda yoki mikromuhit ta'siri ostida (masalan, jinoyatchi «obro'mand» (avtoritet)lar ta'siri ostida) bo'lsa, ularda kelgusi ozodlikdagi hayoti to'g'risida xato yoki noto'g'ri tasavvurlar shakllanadi. Bunday mahkumlarning ozodlikka erishgandan keyingi hayotga moslashuvi qiyin kechadi. Tergov izolyatorlarida o'tirganlarning ongida koloniya va undagi tartib-intizom hamda mahkumlarning majburiyatlari haqida to'g'ri tasavvurlar hosil qilish ozodlikdan mahrum etilganlarni ruhiy tayyorlash hisoblanadi. Mahkumlarda tasavvurlar qanchalik aniq shakllantirilsa, ularning hayot tarziga moslashuvlari shunchalik oson kechadi. Mahkumlarda o'ziga xos xususiyatga ega bo'lgan xotira mavjud bo'ladi. Masalan, ularning ayrimlarida uzoq vaqt o'qimaganliklari uchun, alkogol ichimliklar va boshqa moddalar tufayli xotiraning pastligi va noaniqligi kuzatiladi. Mahkumlarning xotirasi o'zgarmay qolmaydi. Shaxsining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.17 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.17 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga