Mahkumlar guruhida nizolarning tuzilishi va kelib chiqish sabablari Reja: Nizo tushunchasi. Mahkumlar o'rtasidagi nizolarning oldini olish va bartaraf etishning ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlari Nizo qatnashchilarining xatti-harakatlari Nizolarning oldini olish va nizoni yuzaga keltiruvchi sabablar Mahkumlar guruhida nizolarning tuzilishi va kelib chiqish sabablari Nizo tushunchasi. Nizo o'z mohiyatiga ko'ra ijtimoiy hodisadir. Uni keng va tor manoda tushunish mumkin. Keng manodagi nizo - jamiyatdagi yangi va eski qarashlar o'rtasidagi kurash. Tor manodagi nizo - muayyan muammoni hal etish maqsadida har bir shaxsning o'z fikrini qattiq turib himoya qilishi jarayonida yuzaga keladi. Nizo ijtimoiy psixologiyada qanday tushuniladi? Nizo muomalaning buzilishi yoki ichki ruhiy kelishmovchilikdir. Buni olimlar turli sohalarda turlicha talqin qilishadi. Masalan, G. Kovalev shunday ta'rif beradi: «Nizo insonlar o'rtasida ijtimoiy va shaxsiy masalalarni yechishda yuzaga keladigan holat. Ammo har qanday qarshilik ham nizo bo'lavermaydi. Odamlar bir-birining fikri bilan kelishmasligi va o'zaro bahslashishlari mumkin. Har bir kishi o'z fikrida qoladi, lekin insonlar ko'p hollarda baribir kelishishga majbur bo'ladilar. Qarama-qarshilik, bazan yoqtirmaslik, emotsiya, tushunmaslik, ko'rabilmaslik kabilar nizoning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Nizo nafaqat qarama-qarshilik, balki o'ziga xos kurash ham. Ikkala tomon ham bunday holatda o'zini haq deb biladi va o'zaro kurashadi. Qarama-qarshi qarashlar negizida nizo yuzaga keladi. Uni, albatta, hal qilish kerak, aks holda hayot maromida davom etmaydi. Yuqorida aytib o'tilganlarni tahlil qilib, psixologik nuqtai nazardan, biz shunday ta'rif beramiz: «Nizo - shaxslardagi qarashlar, manfaatlar o'rtasidagi qarama-qarshiliklar natijasida yuz beradigan psixologik holat. U shaxslarning o'zaro munosabatlari jarayonidagina yuzaga keladi». Aslida, hayotni qarama-qarshiliklarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Nizoning oldini olish uchun muomala odobini mukammal bilish kerak. Agar muassasa xodimlari har doim o'z aytganini qilaversa va mahkumlar bilan til topishmasa, ularning ish faoliyati asta-sekin susayadi. Bu mahkumlar jamoasi yoki guruhida nosog'lom muhitni yuzaga keltiradi va guruhbozlikni paydo qiladi. Shunday holatlar ham borki, ular tarbiyaga salbiy ta'sir ko'rsatadi: mahkumning ijobiy tomonga o'zgarishiga to'sqinlik qiladi, hatto uning yomon tomonga «burilib» ketishiga zamin yaratadi. Bunday holatlar tarbiya jarayonini qiyinlashtiradi, ishlarning samaradorligini pasaytiradi. Mahkumda to'g'ri yo'lga kirish xohishining yo'qligi, tarbiyachi bilan mahkum yoxud mahkumlar orasidagi o'zaro tushunmovchiliklar salbiy psixologik holatlarni vujudga keltiradi. O'zining mazmuniga ko'ra, tarbiyaviy jarayondagi salbiy psixologik holatlar hissiyotli yoki aqliy bo'lishi mumkin. Salbiy psixologik holatlarda tarbiyalanuvchi tarbiyachi tomonidan qo'yilayotgan talablarni bilishi hamda yaxshi tushunishi mumkin, ammo o'sha talablarning manosini o'zgartirib, boshqacha talqin etadi, ularni bajarmaslikka harakat qiladi. Bu tarbiyaviy ta'sirlarga nisbatan «shaxsning ichki qarshiligi» hisoblanadi. Mahkumning turkum (otryad) boshlig'i yoki tarbiyachining talablarini bajarmasligi oqibatida ham salbiy psixologik holatlar shakllana boshlaydi. Natijada ular orasida psixologik to'siq paydo bo'ladi. Ushbu to'siq tarbiyalanuvchining ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.82 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.82 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:33 ]
Arxiv ichida: doc