Mahkumlar jamoasidagi shaxslararo munosabatlarda nizolar va ijtimoiy psixologik hodisalar

Mahkumlar jamoasidagi shaxslararo munosabatlarda nizolar va ijtimoiy psixologik hodisalar

O'quvchilarga / Huquq
Mahkumlar jamoasidagi shaxslararo munosabatlarda nizolar va ijtimoiy psixologik hodisalar - rasmi

Material tavsifi

Mahkumlar jamoasidagi shaxslararo munosabatlarda nizolar va ijtimoiy psixologik hodisalar Reja: Mahkumlar o'rtasidagi muloqot va o'zaro munosabatlarga ijtimoiy-psixologik tavsif Mahkumlar shaxsini axloqiy shakllantirishga jamoaviy ta'sir ko'rsatishning samaradorligi Kommunikativ-atributiv vazifasi mahkumlar muloqotining kriminal deformatsiyasi Mahkum tatuirovkalari: Mahkumlar o'rtasidagi muloqot va o'zaro munosabatlarga ijtimoiy-psixologik tavsif Mahkumlarning axloqiy qarashlarini rivojlantirish maqsadli tashkil etilgan faoliyat jarayonida amalga oshiriladi. Muassasadagi sharoitlarga bog'liq holda bu hammaga turlicha ta'sir ko'rsatadi. Demak, foydali mehnat yoki tarbiyalash davomida har bir shaxs jamoadan ajralmagan tarzda o'zining qiziqish va ehtiyojlarini unga mos keltirishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Shundagina buning asosiy mazmuni o'z aksini topadi. Shuningdek, ozodlikdan mahrum etilgan har bir shaxsga muomala qilish jarayonida xalqaro qamoqxona qoidalarini samarali qo'llashga doir amaliy qo'llanmada belgilanganidek, jazo muddati uzoqligini hisobga olgan holda, mahkumlarda qonunlarga bo'ysunish va ozod bo'lgach o'zining yashashini ta'minlash istagini singdirishga intilish lozim. Mahkumlar bilan qilingan muomalada ularda o'z qadr-qimmatini anglash va mas'uliyatini tushunish tuyg'usini mustahkamlash lozim. Insoniyat tarbiyasida jamoatchilik muhim o'rin tutadi. Jamoaning shakllanishida ijtimoiy foydali qadriyatlarga ega bo'lgan kishilar guruhining ta'siri katta. Mahkumlar jamoasi esa boshqa jamoalarga nisbatan alohida xususiyatlarga ega. Ularning shakllanish tamoyillari turli xil: ishlab chiqarish, pedagogika, yoshiga nisbatan va hokazo. Masalan, jazoni ijro etish muassasalarida uch toifadan iborat mahkumlar jamoasi mavjud: brigada, otryad, koloniya. Ushbu jamoalarning har biri Jinoyat-ijroiya kodeksida o'z aksini topgan. Mahkumlarni tarbiyalashda jamoaning turg'unligi muhim shart sanaladi. U har bir shaxsni mukammal o'rganishda tarbiyaviy ta'sirlarning uzluksizligini ta'minlaydi va o'z-o'zini tarbiyalash jarayonining vujudga kelishiga imkon tug'diradi. Turg'un bo'lgan jamoada mahkum nafaqat tarbiya obyektiga, balki subyektiga ham aylanadi. Tarbiyalash subyekti, aniqroq qilib aytganda, boshqaruv subyekti sifatida mahkumlar jamoasining o'zi ham katta ahamiyatga ega. Jamoaning o'zi har tomonlama yetuk, ma'naviy sog'lom bo'lsagina, mahkumni tarbiyalashdagi mavqei yuqori bo'ladi. Jamoaning o'zi o'zaro munosabatlarni tartibga solib boradi. xalqaro qamoqxona qoidalarini samarali qo'llashga doir amaliy qo'llanmada: «Jinoyat sodir qilgan va aybi isbotlangan shaxslarni jazo tariqasida ozodlikdan mahrum etadilar, jazolash uchun emas», - deyilgan. Shundan kelib chiqqan holda aytish joizki, jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarga nisbatan g'ayriinsoniy xattiharakatlarning sodir etilishi ularning tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatibgina qolmasdan, balki davlatga, huquqni muhofaza qilish organlariga nisbatan nafrat hissining uyg'onishiga ham sabab bo'lishi mumkin. Mahkumlar ozodlikdan mahrum qilish joylarida hukmga ko'ra jazo muddatini o'taydilar. Ular jazo tariqasida shu joylarda saqlanadilar, ammo jazolanish uchun emas. Jazoning mohiyati - ozodlikdan mahrum qilinganlikda. «Jazoni ijro etish muassasalarida jamoaning imkoniyatlarini ortiqcha baholab yuborish ham mumkin emas. Bunda mahkumlarning faoliyati, o'ziga xos xususiyatlarini esdan chiqarmaslik lozim». Shu sababli, jamoa orqali tarbiyalash, mahkumning shaxsiga yakka tartibda ta'sir ko'rsatish bilan birga, uzluksiz ravishda olib borilishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.74 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.74 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga