Mahkumlarga ta'sir ko'rsatishga nisbatan pedagogik psixologik vositalarning ishlab chiqilganlik darajasi

Mahkumlarga ta'sir ko'rsatishga nisbatan pedagogik psixologik vositalarning ishlab chiqilganlik darajasi

O'quvchilarga / Huquq
Mahkumlarga ta'sir ko'rsatishga nisbatan pedagogik psixologik vositalarning ishlab chiqilganlik darajasi - rasmi

Material tavsifi

Mahkumlarga ta'sir ko'rsatishga nisbatan pedagogik psixologik vositalarning ishlab chiqilganlik darajasi Reja: Jinoiy xatti-harakatlarning oldini olish va mahkumni axloqan tuzatish uchun faoliyatning umumiy psixologik tavsifi Mahkumlarga nisbatan pedagogik-psixologik ta'sir ko'rsatish yo'llarini tanlashda ularning ijtimoiy-demografik va ijtimoiy psixologik tizimlarini aniqlash zarur. Mahkumdagi indivudual-psixologik xususiyatlar Mahkumlarga ta'sir ko'rsatishga nisbatan pedagogik psixologik vositalarning ishlab chiqilganlik darajasi Insonni tarbiyalash usullarini ishlab chiqish psixologiyadagi doimiy muammolardan biri bo'lib, shaxsga ta'sir etish, uning xulqatvorini boshqarish va xatti-harakatlarini tizimlash dolzarb masala hisoblanadi. Agar chuqurroq mulohaza yuritilsa, har bir subyektga o'z organizmini boshqarish qanchalik qiyin kechishini his qilgan holda o'zga shaxs bilan bog'liq holatlarni boshqarish yanada murakkabroq ekanligi sir bo'lmay qoladi. Inson psixologiyasining barcha sohalarini tahlil qilish, unga xos qonuniyatlarni bilish va ular yordamida amaliy chora-tadbirlar belgilash ham fikrni tasdiqlaydi. Tarbiyaning jismoniy va ruhiy jihatlari mavjudligi doimo etirof etiladi. Ularning uyg'unlashganligi shaxsning mukammalligi va kamolotidan dalolat beradi. Afsuski, gohida jismoniy nuqsonlar va ruhiy buzilishlar ham uchrab turadi. Normal muhitdagi ijtimoiy munosabatda mahkumlarning axloq me'yorlarini kamol toptirish va shaxsiy sifatlarini ko'zlangan maqsadga mos ravishda rivojlantirish mumkin. Bunday sharoitda sekinastalik bilan o'zini o'zi tarbiyalashga o'tiladi. Lekin tashqaridan ta'sir ko'rsatish usul va vositalariga zarurat bo'lgan holatda uni qabul qilmasdan va unga bo'ysunmasdan to'g'ridan-to'g'ri bu jarayonga o'tish og'ir kechadi. Shu bois jamiyatda yuz berayotgan jinoiy xattiharakatlarning sababini jamiyatga qarshi ijtimoiy munosabatlar tizimida vujudga keladigan ruhiy zaxiradan qidirish maquldir. Jinoiy xatti-harakatlarning oldini olish va mahkumni axloqan tuzatish uchun faoliyatning umumiy psixologik tavsifi bilan birga shaxsning yoshiga xos xususiyatlarini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Har qanday «kasallik»ning sababi aniqlangach, unga mos «davolash» vositalari tanlanadi. Chunki inson o'z faoliyati mobaynida atrofdagi kishilar bilan ko'p tarmoqli bog'lanishlarda bo'ladi, jamiyat bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishadi va shu asosda malum bir faoliyatni amalga oshiradi. Faoliyat, mazmuniga ko'ra, ijtimoiy xarakterga ega. Inson o'z faoliyati orqaligina shaxs sifatida shakllanishi mumkin. S. L. Rubinshteynning fikriga ko'ra, inson faoliyatining o'ziga xos xususiyati ongli va maqsadga yo'nalganlikdan iborat. U orqali inson o'z maqsadini amalga oshiradi hamda hosil bo'ladigan g'oya va fikrlarini obyektivlashtirishga erishadi. Faoliyatning bir tomonlama namoyon bo'lishi xulq-atvor tarzida gavdalanadi. Shunga ko'ra, xulq-atvor kishining atrofdagilar bilan munosabatida aks etadigan faoliyatning tashqi ko'rinishidir. Xulqatvor axloqiy, ma'naviy, huquqiy faoliyat tarzida namoyon bo'ladi. Xulq-atvorning jinoiylik jihatlarini tahlil qilish ham psixologik xususiyatlarga ega. Hatto yosh psixologik nuqtai nazardan o'smir va o'spirin yoshdagilarning xulqidagi o'zgarishlar tahlil qilinganda, ulardagi ikki xil buzilishlarni kuzatish mumkin: 1) boshqalarning xulq-atvoriga ta'sir ko'rsatuvchilar; 2) o'zgalar ta'siriga tushib qoluvchilar. Ayni damda yuridik psixologiya, xulq-atvor, tarbiya hamda shaxs psixologiyalari xulq-atvorning ijobiy mazmun hosil qilishiga, kishining jamiyatga muvofiq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.1 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.1 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga