Mahkumlarni ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlashning qonuniyligi ustidan nazorat

Mahkumlarni ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlashning qonuniyligi ustidan nazorat

O'quvchilarga / Huquq
Mahkumlarni ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlashning qonuniyligi ustidan nazorat - rasmi

Material tavsifi

Mahkumlarni ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlashning qonuniyligi ustidan nazorat Reja: Mahkumlarni ozodlikdan mahrum etish ja'zolarini ijro etish joylarida jazoni ijro etish koloniyasini o'zgartirish (boshqa rejimga o'tkazish)ning qonuniyligi ustidan prokurori nazorati. Muddatidan ilgari jazodan shartli ravishda ozod qilish va jazoni engilrog'i bilan almashtirishning qonuniyligini ta'minlash ustidan prokuror nazorati. Mahkumlarni ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlashning qonuniyligi ustidan nazorat O'zbekiston Respublikasi prokuraturasi idoralari tizimidagi ixtisoslashgan prokurorlar -yani, jinoiy ja'zolarni ijro etish joylarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi maxsus prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi. Ular hududiy viloyat prokurorlariga bo'ysunadilar. Masalan: Toshkent viloyatida joylashgan jinoiy ja'zolarni ijro etish joylaridagi qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni Zangi Ota tumanida joylashgan ixtisoslashgan jinoiy ja'zolarni ijro etish muassasalarida qonunlarga rioya etilishi uchun nazoratni amalga oshiruvchi maxsus prokuror amalga oshiradi. Uning vakolatiga Toshkent viloyatida joylashgan barcha jinoiy ja'zolarni ijro etish muassasalarining qonunga asosan faoliyat ko'rsatishi, u yerda saqlanayotgan shaxslarning huquq va erkinliklariga qay darajada rioya qilinayotganligi va aniqlangan qonunbuzilish holatlariga zudlik bilan prokuror ta'siri choralari qo'llash vakolati kiradi. Ular o'z vakolat doirasidagi muassasalarga xizmat guvohnomalarini ko'rsatib, sutkaning xoxlagan vaqtida, xoxlagan mahkumlarining yashash kameralari va intizomiy jazoga tortish xonalari, ularning ishlash joylariga kirib borishlari va qonunlarga rioya etilishini nazorat qilishlari mumkin. Jinoiy ja'zolarni ijro etishda qonunlarga rioya etilishi, ustidan nazorat sohasida: Tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida qonuniylik ahvoli, ja'zolarni ijro etish qonuniyligi masalalari yuzasidan qabul qilingan qarorlarning asosliligi prokurorlar tomonidan doimiy ravishda o'rganilib, tahlil qilib borilsin, aniqlangan qonunbuzilishlarning oldini olish va bartaraf etish borasida o'z vaqtida tegishli choralar ko'rilishi zarurligi; Tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida mahbus va mahkumlarni saqlab turishning qonuniyligi va belgilangan muddatlarga rioya etilishi, ularga nisbatan qo'llanilgan intizomiy - ja'zolarning qonuniyligi, voyaga yetmaganlar va ayollarning jazo o'tash tartibi va sharoitlarini belgilovchi qonun talablarining bajarilishi ahvoli oyida kamida bir marta tekshirib borilishi shartligi; Asossiz ravishda qamoqda saqlanayotgan shaxslar zudlik bilan ozod etilsin. Aniqlangan qonunbuzarlik holatlariga barham berib, aybdor mansabdor shaxslarning tegishli javobgarligi hal qilinishi lozimligi; Viloyat prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar hamda ularning o'rinbosarlari bunday tekshirishlarda shaxsan qatnashishlari lozimligi qayd etilgan. O'zbekiston Respublikasi IIV jazoni ijro etish Bosh boshqarmasiga qarashli tergov hibsxonasi va jazoni ijro etish muassasalaridagi qonuniylik va jinoyatchilik ahvolidan kelib chiqqan holda tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda reja asosida yalpi tekshirishlar o'tkazilishi lozim; Ushbu tekshirishlarda mahbus hamda mahkumlarning huquqlari erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar ijrosini o'rganish bilan birgalikda, ularni ish bilan ta'minlash, davlat mulkining saqlanishi, shuningdek, jinoiy-ijroiya tizimini moliyaviy ta'minlash masalalari va byudjet mablag'larining maqsadli ishlatilishi ahvoliga alohida etibor qaratilishi kerak; Boshqarma va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.29 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.29 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga