Mahkumlarni to'g'ri yo'lga solishning asosiy vositalariga ijtimoiy psixologik tavsif Reja: Mahkumlarni to'g'ri yo'lga solish jarayoniga psixologik tavsif Mahkumlarni mehnat orqali tarbiyalashning psixologik o'ziga xosligi Mahkumlarni to'g'ri yo'lga solish jarayoniga psixologik tavsif O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining yangidan qabul qilinishi mahkumlarni axloqan tuzatish borasidagi bir qancha to'g'ri yo'nalishlarni belgilab berdi. Ushbu kodeksning 7-moddasida mahkumlarni axloqan tuzatish va uning asosiy vositalari batafsil ko'rsatib o'tilgan. Mahkumni axloqan tuzatish - unda qonunga itoatkor xulq-atvorni, insonga, jamiyatga, mehnatga, turmush qoidalari va an'analariga hurmat munosabatini shakllantirishdan iborat. Takidlab o'tish joizki, JIKning ijobiy tomonlaridan biri kodeksda «axloqan tuzatish» tushunchasiga normativ ta'rif berilibgina qolmay, uni siyosiylikdan xoli qildi va amalga oshirishni yanada oydinlashtirdi. Yaqin o'tmishda ozodlikdan mahrum etish joylaridagi tarbiyaviy ishlar mafkuraviy prinsiplar asosida olib borilar edi. Endilikda axloq tuzatish muassasalaridagi tarbiyaviy ishlar va muassasa faoliyatini mafkuradan, siyosatdan xoli qilishga kirishildi. Hozirgi kunda ozodlikdan mahrum etish muassasalarida shaxslarga, avvalambor, inson, mulk, jamiyat, davlat va qonunlarga hurmat ruhini singdirish birinchi o'ringa qo'yilmoqda. Masalan, mehnat tarbiyasi mahkumlarda mehnatga nisbatan vijdonan, ongli munosabatda bo'lishni, huquqiy tarbiya esa mahkumlarning qonunlarga ongli ravishda rioya qilishini shakllantirishga qaratilgan. Mahkumlarning tarbiyasida estetik va iqtisodiy tarbiya kabilardan ham foydalaniladi. Tarbiyaviy ish mahkumlarni axloqan tuzatishning asosiy vositalaridan biri bo'lib, mahkumlarda qonun talablariga va jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor qoidalariga rioya etishga, shuningdek bilim va madaniy saviyasini oshirishga intilishni shakllantirishga qaratiladi. JIEMlarda ma'naviy, huquqiy, jismoniy va boshqa tarbiya olib boriladi. Mahkumlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar kun tartibida belgilangan vaqtda yakka tartibda, guruh bilan va ommaviy shaklda olib boriladi. Mahkumlarni tarbiyaviy ishlarga oid tadbirlardagi faol ishtiroki JIEM ma'muriyati tomonidan rag'batlantirib borilishi va ularning axloqan tuzalish darajasini aniqlashda etiborga olinishi shart. Tarbiyaviy ish differentsiatsiya asosida, JIEM turini, jazo muddatini va saqlash sharoitini, shuningdek mahkum shaxsining xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Mahkumlar bilan tarbiyaviy ish olib borishda matbuot, radio, televideniye, kinofilmlardan, kutubxona va boshqa vositalardan foydalaniladi. Mahkumlarning foydali tashabbusini kuchaytirish, ularning mehnati, maishiy hayoti va bo'sh vaqtini tashkil etish masalalarini hal etishda qatnashish, intizomni va ichki tartibni saqlab turishda JIEM ma'muriyatiga ko'maklashish maqsadida mahkumlarning turli tashkilotlari tuzilishi mumkin. Ushbu tashkilotlar JIEM ma'muriyati rahbarligi ostida faoliyat olib boradi. Mahkumlarning bunday tashkilotlarga azo bo'lishi ularni mehnatga jalb etishdan ozod etmaydi. JIEMlarda JIEM boshlig'ining qarori bilan mahkumlarning jamoa kengashlari tuzilishi mumkin. Ushbu kengashlar qoshida huquqbuzarliklar profilaktikasi va ichki tartib, ishlab chiqarish, ommaviy-madaniy, umumiy ta'lim va kasb-hunar ta'limi, maishiy-sanitariya, jismoniy va boshqa tarbiyaviy seksiyalar faoliyat ko'rsatadi. tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar mahkumlarni tarbiyalashda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda ishtirok etadilar. Tarbiyaviy ish differentsiatsiya ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.25 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.25 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:33 ]
Arxiv ichida: doc