Mahkumlarni yangi turmush tarziga moslashtirish va psixologik tayyorlash

Mahkumlarni yangi turmush tarziga moslashtirish va psixologik tayyorlash

O'quvchilarga / Huquq
Mahkumlarni yangi turmush tarziga moslashtirish va psixologik tayyorlash - rasmi

Material tavsifi

Mahkumlarni yangi turmush tarziga moslashtirish va psixologik tayyorlash Reja: Mahkumlarni yangi turmush tarziga psixologik jihatdan tayyorlashning ahamiyati Mahkumlarni ozodlikka va keyingi hayotga psixologik jihatdan tayyorlash Mahkumlarni yangi turmush tarziga moslashtirish va psixologik tayyorlash Belgilangan shart-sharoitdagi yashash, atrofdagi ijtimoiy muhit, maxsus talablardan iborat jazo o'tash rejimi kabilarga mahkumning moslashishi JIEMga kelib tushishning ilk davrlarida juda og'ir kechadi. Moslashish shaxsning muayyan muhitga o'zining xatti-harakatlari bilan singib ketishi hisoblanadi. Yangi muhitga moslashuv jarayoni ijtimoiy-psixologik mexanizm tufayli sodir bo'ladi. Bunda shaxsning yangi muhitdagi shart-sharoit hamda o'zaro munosabatlarga moslashishida uning faoliyatiga qo'yiladigan turli normalar va o'zini tutish qoidalari o'rganiladi. Yuqoridagi holatlarning har biri mahkumning jazoni ijro etish muassasasidagi yangi muhitga ijtimoiy-psixologik tarzda moslashuv darajasini ifodalaydi. Ushbu adaptatsiyaning yakuniy natijasi ijobiy yoki salbiy bo'lishi ham mumkin. Ijtimoiy-psixologik moslashuv natijasi mahkumning guruh (brigada, turkum) asosida faoliyati o'tadigan jamoaga, jazoni ijro etish muassasasi kun tartibi va rejim talablariga, o'tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarga nisbatan ijobiy munosabatda bo'lishi hamda shaxsiy maqomi (statusi) bilan belgilanadi. Moslashuv jarayonining muvaffaqiyatli bo'lishi va biror natija chiqishiga obyektiv va subyektiv omillar majmui katta ta'sir ko'rsatadi. obyektiv omillarga quyidagilar kiradi: mahkumning odatdagi ijtimoiy atrof-muhitdan uzoq muddat ajralgan holda bo'lishi, muhitning nisbatan doiraviy cheklanganligi - hayot tarzining bir xilligi va ijtimoiy axborotning tanqisligi, kuchaytirilgan nazorat, hayot tarzidagi odatiy vaqthushliklarning yo'qligi, jinsiy aloqalarning detrivatsiyasi, kichik guruhlarning faoliyat ko'rsatishi shular jumlasidandir. subyektiv omillarga esa jazoni o'tashga kelgan yangi mahkumdagi shaxsiy xususiyatlar va ijtimoiy-psixologik muhit ta'siri ostida yuzaga keladigan yuqori darajadagi his-hayajon, havotir, muloqotning yetishmasligi singari omillar kiradi. Mahkumlarning jazoni ijro etish muassasasi hayotiga moslashuvidagi xususiyatlariga baho berish maqsadida ekspert baholash uslubi, hujjatlarni tahlil qilish, ijtimoiy kuzatuv, mahkumlardan intervyu va anketa so'rovnomalari olish kabilar o'tkaziladi. Jazoni ijro etish muassasasining saqlash rejimiga ko'ra mahkumlarning moslashuv davri tahlil qilinganida, qattiq va umumiy rejimli JIEMdagi mahkumlar maxsus rejimdagilarga qaraganda hayot tarziga tezroq moslashib borishlari oydinlashdi. Umumiy rejimdagi mahkumlarning 50% va qattiq rejimdagilarning 42% uchun moslashuv davri 3 hafta, maxsus tartibli muassasalardagi mahkumlarning 28% uchun esa 3-4 hafta davom etadi. Takidlab o'tish joizki, bazi mahkumlarning moslashuv davri olti oydan bir yilgacha, hatto undan ham ko'proqqa cho'ziladi (bu ko'rsatkich umumiy rejimdagi muassasalarda 10%, qattiq rejimlida 6%, maxsus rejimlida esa 13% ni tashkil etadi). Ushbu toifadagilarga psixologik va shaxsi buzuq mahkumlar kiradi. Ular oddiy sanitar-gigiyenik talablarga rioya qilmay, odam o'ldirganliklari yoki yosh bolalarni zo'rlaganliklari uchun ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlardir. Muassasa xodimlari ularni tarbiyalash jarayonida alohida psixologo-pedagogik xarakterdagi tadbirlar majmuidan foydalansalar, mahkumlarning moslashuv davri tezroq kechadi. Jazoni ijro etish muassasasida hayot tarziga tez moslasha olgan, lekin tarbiyaviy ta'sirlarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.07 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.07 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga