Mahkumlarning huquqiy holati

Mahkumlarning huquqiy holati

O'quvchilarga / Huquq
Mahkumlarning huquqiy holati - rasmi

Material tavsifi

MAHKUMLARNING HUQUQIY HOLATI Mahkumlarning huquqiy holati - bu jazoni ijro etishda vujudga keladigan jazoning turi, maqsadi va mahkumning xulqi bilan bog'liq bo'lgan, asosiy fuqarolik va maxsus huquq va majburiyatlar yig'indisidan iborat huquqiy asoslardir. Mahkumlar huquqiy holatining belsilanishida asosiy uchta qonun va xalqaro huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan inson va fuqarolarning huquq va manfaatlari nazarda tutuilgan hujjatlar asisida belgilangan. Bular: O'zbekiston RespublikaSI JINOYAT-IJROIYA KODEKSI UMUMIY QISMI 2-BOBI aynan MAHKUMLARNING HUQUQIY HOLATI deb nomlanadi. Ushbu bobda mahkumlarning huquqiy holatining asoslari (8-modda), mahkumlarning asosiy huquqlari(9-modda), yuridik yordam olish huquqini ta'minanishi(10-modda), mahkumlarning shaxsiy xavfsizlik huquqi(11-modda), mahkumlarning vijdon erkinligini ta'minlanishi(12-modda) va ularning asosiy majburiyatlari(13-modda) ko'rsatib o'tilgan. Mahkumlar huquqiy holatining asoslari (8-modda) Mahkumlar, ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan istisno hamda cheklashlar inobatga olingan holda, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan huquqlar, erkinliklarga ega bo'ladilar va majburiyatlarni bajaradilar. Mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, shuningdek O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan huquqlar, erkinliklarga ega bo'lishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin. Mahkumlarning huquqlari va majburiyatlari muayyan jazo turini ijro etish tartibi va shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Mahkumlarning asosiy huquqlari (9-modda) jazoni o'tash tartibi va shartlari to'g'risida, o'z huquqlari va majburiyatlari haqida axborot olish; o'quv, badiiy va boshqa xil axborot materiallaridan foydalanish; o'z taklif, ariza va shikoyatlariga murojaat etilgan tilda javob olish. Murojaat etilgan tilda javob berishning iloji bo'lmagan taqdirda javob O'zbekiston Respublikasining davlat tilida beriladi. Javobni intizomiy qismga jo'natish va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs murojaat etgan tilga tarjima qilib berish jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ tomonidan ta'minlanadi; jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma'muriyatiga, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalariga o'z ona tilida yoki boshqa tilda taklif, ariza va shikoyatlar bilan murojaat etish; tushuntirish berish hamda yozishmalar olib borish, zarur hollarda tarjimonning xizmatidan foydalanish; Mahkumlarning asosiy huquqlari (9-modda) sog'lig'ini saqlash, shu jumladan tibbiy xulosaga ko'ra ambulatoriya-poliklinika va statsionar sharoitda tibbiy yordam olish; ijtimoiy ta'minot, shu jumladan qonunchilikka muvofiq pensiya olish. jazoni ijro etish muassasasining psixologik xizmat ko'rsatish xodimlari tomonidan ko'rsatiladigan psixologik yordamni olish. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning psixologik yordam ko'rsatish bilan bog'liq tadbirlarda ishtirok etishi faqat ularning roziligi bilan amalga oshiriladi; ob-havo sharoiti yo'l qo'ysa, ishdan bo'sh vaqtida toza havoda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish; mehnat to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq xavfsiz mehnat sharoitiga ega bo'lish, dam olish, ta'tilga chiqish, shuningdek mehnatiga haq to'lanishi; Mahkumlarning asosiy huquqlari (9-modda) Ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan va uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 93.81 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 93.81 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga