Mahsulot yetkazib berish sohasidagi tadbirkorlik

Mahsulot yetkazib berish sohasidagi tadbirkorlik

O'quvchilarga / Huquq
Mahsulot yetkazib berish sohasidagi tadbirkorlik - rasmi

Material tavsifi

Mahsulot yetkazib berish sohasidagi tadbirkorlik mahsulot yetkazib berish tadbirkorlar ishtarokida tuziladigan shartnomalardan biri bo'lib, bozor iqgisodi sharoitida uning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Bu shartnomaning ta'rifi O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 437-moddasida berilgan. Unda belgilanishicha «mahsulot yetkazib berish shartnomasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan mahsulot yetkazib beruvchi - sotuvchi shartlashiyagan muddatda yoki muddatlarda o'zi ishlab chiqaradigan yoxud sotib oladigan tovarlarni sotib oluvchiga tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun yoki shaxsiy, oilaviy maqsadlarda, ro'zgorda va shunga o'xshash boshqa maqsadlarda foydalanish bilan bog'liq bo'lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchuntopshirish, sotib oluvchi esa tovarlarni qabul qilish va ularning xaqini to'lash majburiyatini oladi (FKning 437-moddasi). mahsulot yetkazib berish shartnomasi ikki tomonlama xaq baravariga tuziladigan, konsensual shartnomalar jumlasiga kiradi. Bu shartnomaning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat. Ma'lumki, mahsulot yetkazib berish shartnomasi turli xildagi mulk shakllaridan qat'i nazar tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan subyektlar bilan sotib oluvchi tashkilotlar o'rtasida tuziladi. Bunday holda mulkka egalik qilish huquqi mahsulot yetkazib beruvchidan mahsulot oluvchiga o'tadi. Agar shartnoma davlat tashkilotlari o'rtasida guzilsa mulkka egalik huquqi yetkazib beruvchvdan mahsulotni oluvchiga o'tsada, mulqdor ya'ni mulk egasi o'zgarmaydi, mulk davlat mulki bo'lib qoladi. Garchi davlat korxonalariga shartnoma tuzish erkinligi berilgan bo'lsada, uning rejali xarakteri ma'lum darajada saqlanib qolgan. Davlat korxonalariga mustaqillikning berilishi mahsulot yetkazib berishning mutlaqo rejasiz ish ko'rilishi degani emas, albatta[1].Mazkur shartnoma bo'yicha mahsulot davlat korxonasidan nodavlat korxonasiga yetkazib berilganida, mulkka egalik huquqi davlatga aloqadorsiz korxonaga o'tib, mulk xususiy mulkka aylanadi.mahsulot yetkazib berish shartnomasining iiggirokchilari davlat korxonalari, xususiy korxonalar, kooperashv va jamoat tashkilotlari bo'lishi mumkin.Ma'lumki, shartnomada ko'rsatilgan mahsulotlar ko'pincha kelgusida shartnomada belgilangan muddatlarda tayyorlanishi yoki yetkazib berilishi lozim bo'lgan mahsulotlar bo'ladi. Shartnoma tuzuvchilar o'rtasidagi bir muncha vaqt davom etadigan munosabatlardir. Shunga ko'ra shartnoma bir yilga yoki uvdan ko'proq muddatga tuzilishi mumkin.mahsulot yetkazib bershp shartnomasi xalqxo'jaligini moddiy-texnika jihatidan ta'minlash va xalq iste'moliga oid tovarlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish yuzasidan tuziladigan shartnomalardan biri hisoblanadi[2].Ushbu shartnoma vositasida tadbirkorlarning xom ashyoga, materiallarga, buyumlarga, tovarlarga bo'lgan ehtiyojlari ta'minlanadi. U mahsulot ayirboshlash vazifasini xam bajaradi.Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlar mahsulot yetkazib berish shartnomasi tuzish vositasida o'z faoliyatlari uchun zarur bo'lgan xom ashyo, uskunalar, materiallar, ulgurji va chakana ravishda sotish uchun tovar olsalar, ikkinchi taraf esa ishlab chiqargan mahsulotlar va tovarlarni mahsulot yetkazib berish shartnomasini tuzish yo'li bilan sotadilar. mahsulot yetkazib berish shartnomasi chekana oldi-sotdi shartnomasidan o'z xususiyati bilan farq qiladi.Birinchidan, chakana oldi-sotdi shartnomasi fuqarolar bilan tashkilotlar o'rtasida tuzilsa, mazkur shartnoma faqat korxona, tashkilot yoki tadbirkor shaxslar o'rtasida tuziladi.Ikkinchidan, mahsulot yetkazib berish shartnomasi ma'lum darajada rejali tavsifga ega. Oddi-sotdi munosabatlarini tartibga soluvchi rejali hujjatlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.26 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.26 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga