Mahsulot, bajarilgan ish, ko'rsatilgan xizmat sifatining davlat tomonidan tartibga solinishi Reja: 1. Sifat to'g'risidagi qonunlar va ularning ahamiyati 2. Standartlashtirish va sertifikatlashtirishni amalga oshiruvchi tashkilotlarning tizimi va ularning vakolatlari. 3. Standartlashtirish bo'yicha normativ hujjatlarning turlari va ularning qo'llanish tartibi. 4. Mahsulotlar va ko'rsatilgan xizmatlar sifatini huquqiy tartibga solish. 5. Standartlar va sertifikatlar to'g'risidagi qonunlarga rioya qilish yuzasidan tekshirish va nazorat o'tkazishning huquqiy tartibga solinishi. 6. Mahsulot, bajarilgan ish va ko'rsatilgan xizmatning sifatini ta'minlashda shartnomaning roli. Sifat to'g'risidagi qonunlar va ularning ahamiyati O'zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatidagi taraqqiyoti aholining moddiy ashyolarga va turli xildagi xizmatlarga bo'lgan ehtiyojlarini ta'minlashga keng imkoniyat yaratadi. Shu sababli, Respublikamizda tovar ishlab chiqarish, iste'molchilarga xizmat ko'rsatish va ish bajarib berish borgan sari rivojlanib bormoqda. Endigi asosiy vazifalardan biri ishlab chiqarilgan tovarning, ko'rsatilgan xizmatning sifatli bo'lishiga erishishdir. Sifatsiz mahsulot ishlab chiqargan tadbirkor raqobatga bardosh berolmay, sinib qolishi mumkin. Har bir tadbirkordan sifatli xizmat ko'rsatish bilan birga iste'molchi bilan samimiy ishchanlik muomalasida bo'lish ham talab etiladi. Buning asosiy mezoni xizmat ko'rsatuvchining ishi natijasidan iste'molchilarning mamnunligidir. Shu sababli, tovar ishlab chiqaruvchi, ish bajaruvchi va xizmat ko'rsatuvchilar bajarilgan ishning miqdor ko'rsatkichi bilan birga uning sifatini oshirib borishga ham alohida e'tibor beradilar. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko'rsatuvchilarning ijtimoiy munosabatlardagi o'rni, mavqei asosan iste'molchilarga ko'rsatilgan sifatli xizmati bilan belgilanadi. Ushbu munosabatlar Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan tegishli qonunlar bilan tartibga solinadi. Bunday qonunlar jumlasiga O'zbekiston Repsublikasining «Standartlashtirish to'g'risida»gi, «Metrologiya to'g'risida»gi, «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to'g'risida»gi Qonunlari va boshqa qonun hujjatlarini kiritish mumkin. Bu Qonunlarning har biri ishlab chiqiladigan mahsulot, bajariladigan ish va ko'rsatiladigan xizmatlarning avvalo aholining hayoti, sog'lig'i va mol-mulkiga, atrof-muhit uchun xavfsiz bo'lishiga va resurslarni tejash masalalariga iste'molchilarning va davlat manfaatini himoya qilish bilan birgalikda ularning sifatli bo'lishini ham belgilab berishga qaratilgan. Binobarin, O'zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to'g'risida»gi Qonunining mahsadi mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning aholi uchun xavfsiz bo'lishini, mahsulotlarning o'zaro almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini, mahsulotlarning sifatini va raqobat qila olishini ta'minlashdan, fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xo'jaligining ehtiyojlariga muvofiq holda bo'lishiga muvofiqlashtirishdan iborat. Standartlashtirishning maqsadi yana barcha turdagi resurslar tejalishiga ko'maklashishdan, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini yaxshilashdan, ijtimoiy-iqtisodiy ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarini amalga oshirishdan, xalq xo'jaligi obyektlarining xavfsizligini, o'lchovlarning yagona birlikda bo'lishini ta'minlashdan; iste'molchilarni mahsulot nomenklaturasi hamda sifati to'g'risida to'liq va ishonchli axborot bilan ta'minlashdan iborat. O'zbekiston Respublikasining Metrologiya to'g'risidagi Qonuni ham ishlab chiqiladigan mahsulotning, bajariladigan ishning va ko'rsatiladigan xizmatning sifatli bo'lishini ta'minlashga qaratilgan huquqiy hujjatlardan biridir. Chunki metrologiya - o'lchovlar, ularning yagona birlikda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.03 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.03 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:33 ]
Arxiv ichida: doc