Reja: 1. Majburiyat va majburiyat huquqi tushunchalari 2. Majburiyatlarning vujudga kelish asoslari Majburiyat va majburiyat huquqi tushunchalari Fuqarolik huquqida majburiyat deb shunday fuqarolik huquqiy munosabatga aytiladiki, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatlarni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulk topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko'rsatish, pul to'lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o'zini saqlashga majbur bo'ladi; kreditor esa, qarzdordan o'zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo'ladi (FK 234-modda). Yuqorida berilgan ta'rifga ko'ra, majburiyat keng ma'noda huquq subyektlari hisoblangan shaxslar (tashkilotlar va fuqarolar) o'rtasida bo'ladigan fuqarolik-huquqiy xarakterdagi munosabatlarni bildiradi. Majburiyat tushunchasi huquqning boshqa sohalarida ham, chunon-chi, ma'muriy huquq, oila huquqi, mehnat huquqi sohalarida ham beriladi. Majburiyat atamasi boshqa ma'nolarda ham ishlatiladi, masalan, majbu-riyat deb faqat muayyan bir harakatni qilishga, chunonchi, ijara haqini to'lashga, sotib olingan narsaning qiymatini to'lashga qaratilgan burchga ham aytiladi. Majburiyat subyektlari va obyektlari uning muhim unsurlari hisoblanadi. Majburiyat subyektlari muayyan huquqlarga ega bo'lgan va zimmasiga majburiyat olgan shaxslardir. Har bir majburiyatda, albatta, ikki taraf ishtirok etadi. Muayyan bir harakatning qilinishini yoki muayyan harakatni qilishdan saqlanishni talab etishga haqli bo'lgan taraf - kreditor deb ataladi. Muayyan harakatni qilishga yoki harakat qilishdan saqlanishga majbur bo'lgan taraf esa qarzdor deb ataladi. Majburiyatda ishtirok etuvchi kreditorning huquqi nisbiy huquq bo'ladi, chunki kreditor faqat ma'lum shaxs yoki shaxslarga (bir qarzdor yoki bir necha qarzdorlarga) nisbatan talab qo'yish huquqiga ega. Majburiyatda kreditorning talab qilish huquqi va shunga yarasha qarzdorning burchi nimaga qarata belgilangan bo'lsa, shuning o'zi majbu-riyat obyekti hisoblanadi. Jumladan, huquq va burchlar biron-bir ashyoni olishga, topshirishga, muayyan pul summasini to'lashga, biron-bir ishning bajarilishiga qaratilgan huquqiy harakatlardan iborat bo'lishi mumkin. Majburiyatlar majburiyat huquqi tushunchasini keltirib chiqaradi. Majburiyat huquqi - mulk topshirish, ishlarni bajarish, xizmat ko'rsatish yoki pul to'lash bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan fuqarolik huquqiy normalar yig'indisidir. Majburiyat huquqi jamiyatimizda mulkiy munosabatlarning eng muhim va keng sohasini, o'zining fuqarolik-huquqiy xarakteridagi qoidalari bilan tartibga soladi. U tashkilotlar bilan fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarni ham, chunonchi, fuqarolarga xilma-xil tovarlar, oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda, ularga har turdagi xizmatlar ko'rsatish, uy-joylar berish va boshqa hollarda vujudga keladigan munosabatlarni ham tartibga soladi. Jamiyatdagi majburiyatga oid huquqiy munosabatlar fuqarolar va tashkilotlarning xilma-xil ehtiyojlarini qondirish, ta'minlash maqsadlarida o'rnatiladi. Majburiyatlar to'g'risidagi normalar mulkning bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o'tishini, ishlab chiqarish va maishiy xizmat ko'rsatish korxonalari orqali xilma-xil xizmatlar ko'rsatilishini tartibga soladi. Maj-buriyatlar vositasida mulk va mulkiy huquqlar qo'riqlanishi ta'minlanadi, fuqaroning sog'lig'iga zarar yetkazilganda, fuqaro o'ldirilganida ko'rilgan zararlar qoplanadi va hokazo. Majburiyat huquqi fuqarolar bilan fuqarolar o'rtasidagi munosabat-larni ham, jumladan, bozorlarda oziq-ovqat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:03:16
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.65 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:03 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.65 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:33 ]
Arxiv ichida: doc