Majburiyat huquqi

Majburiyat huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Majburiyat huquqi - rasmi

Material tavsifi

Majburiyat huquqi Majburiyat huquqi Majburiyatlarga oid munosabatlarni tartibga solib turuvchi fuqarolik huquqiy normalar majmui. M. h. O'zbekiston Respublikasi FK 3-bo'limini tashkil qiladi va u 2 qismdan - majburiyatlar to'g'risidagi umumiy qoidalar hamda majburiyat turlari ko'rsatilgan maxsus qismdan iborat. Umumiy qoidalarda majburiyat tushunchasi va uning qo'llanilishi bilan bog'liq munosabatlar doirasi, majburiyatning vujudga kelish asoslari hamda majburiyatning taraflari tavsiflab berilgan, majburiyatni bajarish, bajarilishini ta'minlash usullari, majburiyatdagi shaxslarning o'zgarishi, majburiyatni buzganlik uchun javobgarlik, majburiyatning bekor bo'lishi asoslari ko'rsatib o'tilgan. Maxsus qism normalari alohida majburiyatlarni tartibga soladi. Majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar bo'lmaganida esa - ish muomalasi odatlariga yoki, odatda, qo'yiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak. Majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ta'minlanishi mumkin. Majburiyatlar qonunlarda yoki shartnomada nazarda tutilgan asoslarga ko'ra, to'liq yoki qisman bekor bo'ladi. Majburiyat va majburiyat huquqi tushunchalari Fuqarolik huquqida majburiyat deb shunday fuqarolik huquqiy munosabatga aytiladiki, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatlarni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulk topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko'rsatish, pul to'lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o'zini saqlashga majbur bo'ladi; kreditor esa, qarzdordan o'zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo'ladi (FK 234-modda). Yuqorida berilgan ta'rifga ko'ra, majburiyat keng ma'noda huquq subyektlari hisoblangan shaxslar (tashkilotlar va fuqarolar) o'rtasida bo'ladigan fuqarolik-huquqiy xarakterdagi munosabatlarni bildiradi. Majburiyat tushunchasi huquqning boshqa sohalarida ham, chunon-chi, ma'muriy huquq, oila huquqi, mehnat huquqi sohalarida ham beriladi. Majburiyat atamasi boshqa ma'nolarda ham ishlatiladi, masalan, majbu-riyat deb faqat muayyan bir harakatni qilishga, chunonchi, ijara haqini to'lashga, sotib olingan narsaning qiymatini to'lashga qaratilgan burchga ham aytiladi. Majburiyat subyektlari va obyektlari uning muhim unsurlari hisoblanadi. Majburiyat subyektlari muayyan huquqlarga ega bo'lgan va zimmasiga majburiyat olgan shaxslardir. Har bir majburiyatda, albatta, ikki taraf ishtirok etadi. Muayyan bir harakatning qilinishini yoki muayyan harakatni qilishdan saqlanishni talab etishga haqli bo'lgan taraf - kreditor deb ataladi. Muayyan harakatni qilishga yoki harakat qilishdan saqlanishga majbur bo'lgan taraf esa qarzdor deb ataladi. Majburiyatda ishtirok etuvchi kreditorning huquqi nisbiy huquq bo'ladi, chunki kreditor faqat ma'lum shaxs yoki shaxslarga (bir qarzdor yoki bir necha qarzdorlarga) nisbatan talab qo'yish huquqiga ega. Majburiyatda kreditorning talab qilish huquqi va shunga yarasha qarzdorning burchi nimaga qarata belgilangan bo'lsa, shuning o'zi majbu-riyat obyekti hisoblanadi. Jumladan, huquq va burchlar biron-bir ashyoni olishga, topshirishga, muayyan pul summasini to'lashga, biron-bir ishning bajarilishiga qaratilgan huquqiy harakatlardan iborat bo'lishi mumkin. Majburiyatlar majburiyat huquqi tushunchasini keltirib chiqaradi. Majburiyat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 459.74 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 459.74 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga